Iqtisodiy siyosat
Download 86.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqMUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSh bilan ziddiyatlar
Iqtisodiy rejalar
Bu yilgi yig’inda Xitoy kelgusi besh yil uchun yangi iqtisodiy rejasini e’lon qilishi kutilyapti. Ammo joriy yil uchun iqtisodiy o’sish prognozlari e’lon qilinmasligi mumkin. Bunga koronavirus tufayli iqtisodiy vaziyatning hanuz mavhum ekani sabab qilib ko’rsatilmoqda. Xitoy yetakchilari investitsiya va eksportga asoslangan iqtisodiyotda mahalliy iste’molchilikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishi kutilyapti. 2060-yilgacha issiqxona gazlari chiqishini butunlay to’xtatish ham maqsad qilingan. Ayni paytda Xitoy dunyoning tabiatga eng ko’p uglerod gazlarini chiqaruvchi mamlakati sanaladi. AQSh bilan savdo aloqalari taranglashishi ortidan Xitoy tashqi bozorlarga bog’liqlikni kamaytirishga ham urinadi. Elektronika mahsulotlari uchun kerak bo’ladigan chip va yarimo’tkazgichlar ishlab chiqarishni ko’paytirish shu maqsad yo’lidagi choralardan biri. AQSh bilan ziddiyatlar Xalq vakillari muhokama qiladigan mavzular markazida AQSh va Xitoy o’rtasidagi strategik raqobat turishi sir emas. Pandemiyaga qaramay, Xitoy iqtisodiyotining o’sishda davom etishi, aksincha, bu davrda AQSh iqtisodiyotining qisqarishi Xitoyning eng katta iqtisodiyotga aylanish muddatini yanada tezlatishi aytilmoqda. Hozirgi hisob-kitoblarga ko’ra, 2028-yilga borib Xitoy AQShni quvib o’tib, dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanadi. Bu pandemiyadan avvalgi taxmindan besh yil erta yuz bermoqda. AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan Xitoy mahsulotlariga qo’yilgan import cheklovlari Xitoyning barqaror o’sishiga to’siq bo’la olmadi. Prezident Jo Bayden Xitoyga nisbatan avvalgi ma’muriyatga qaraganda iliqroq munosabatda bo’lishi kutilyapti, ammo Vashington-Pekin aloqalari bundan buyon qanday davom etishi hozircha aniq emas. Inson huquqlari muammosi Bayden ma’muriyati inson huquqlari masalasida Xitoyni keskin tanqid qilib keladi. Bir milliondan ortiq uyg’ur va boshqa ozchilik musulmon elatlarning lagerlarga tashlangani, Gonkongdagi namoyishlarning Pekin bosimi ostida kuch bilan bostirilishi xalqaro maydonda Xitoyga nisbatan tanqidlarni kuchaytirgan. Tahlilchilar fikricha, Xitoy Gongong va ozchilik elatlar bo’yicha siyosatini o’zgartirmaydi, aksincha, yanada kuchaytirishi mumkin. Xitoy so’nggi paytlarda o’zini mustaqil boshqaruvchi Tayvanga nisbatan ham munosabatini keskinlashtirmoqda. Pekin bu orol davlatni va Janubiy Xitoy dengizidagi bir qator hududlarni o’ziga qarashli deb biladi. Denning ochiqlik siyosati, albatta, Xitoyning iqtisodiy o‘sishida katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin, ammo keyingi rahbarlar davrida ham mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish davomiyligini qanday tushunish kerak? Xitoyning bugungi kunga qadar davom etayotgan iqtisodiy taraqqiyoti zamirida kuchda qolish uchun o‘zini davomiy yangilab turuvchi yangi siyosiy-iqtisodiy tuzum yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu tuzumning mantig‘i ikki muhim tamoyilga asoslangan: siyosiy kuch hamda qaror qabul qilishda demokratik element va kollektiv boshqaruv aralashmasiga asoslangan partiya avtoritarizmi, davlat aralashuvi va erkin bozor prinsiplari aralashmasidan tashkil topgan bozor avtoritarizmi. Bugungacha davom etayotgan bu tuzumning negizida Denning byurokrativ boshqaruvni hisobdorlik, raqobat va kuchga to‘siqlar o‘rnatish kabi demokratik omillar bilan boyitgani yotadi. Mazkur o‘zgarishlarning eng ahamiyatlisi, byurokratik boshqaruvda yakka hukmronlikdan voz kechilib, kollektiv boshqaruvga o‘tilishi va yuqori partiya elita qatlami uchun muddat cheklovlari hamda majburiy pensiya yoshi joriy etilishi bo‘ldi. Boshqaruvdagi bu o‘zgarishlar boshqa davlatlardagidek siyosiy ko‘rinish kasb etmasa-da, ular vaqt o‘tib, noyob gibrid siyosiy institutni hosil qildi: demokratik xususiyatlarga ega partiya avtokratiyasi. Davlat boshqaruvi tizimidagi eski qoida, yaʼni ideologiya asosidagi tayinlovlarning moddiy rag‘batlantirish tomon o‘tishi zanglab yotgan kommunistik byurokratiyani o‘ta moslashuvchan kapitalistik mashina va rivojlanish agentiga aylantirdi. Xitoyda shakllangan tuzumning ikkinchi tamoyili siyosiy kuchga bo‘ysundirilgan yangi iqtisodiy mantiq bozor avtoritarizmiga asoslanadi. Bozor avtoritarizmining asosiy xususiyatlaridan biri – bu bir tomondan kapitalistik iqtisodiyot hamda bozor erkinliklarining mavjudligi bo‘lsa, boshqa tomondan demokratik erkinlik va huquqlarning chegaralanishidir. Siyosiy kuchda qolish uchun iqtisodiy rivojlanishni asosiy maqsad qilgan bu model strategik sohalarda yuqori davlat aralashuvini, davlat korxonalarini, vaqti-vaqti bilan bozor kuchlarini tiyib turish va baʼzida tadrijiy islohotlar qilib, siyosiy ahamiyatga ega bo‘lmagan sohalarda bozor erkinliklarini chegaramaslik, xususiy mulkchilik va kompaniyalarni qo‘llab- quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Albatta, bir qarashda bunday kapitalist iqtisodda xususiy mulkka nisbatan tajovuz, korxonalarni milliylashtirish va davlat mansabidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish kabi salbiy illatlar urchishi tabiiy. Ammo, byurokratiyaning isloh qilinib, moddiy rag‘batlantirilishi hamda baʼzi demokratik prinsiplarni o‘zida jamlagan kollektiv boshqaruv Xitoyda yumshoq bozor avtoritarizmi shakllanishiga olib kelgan. Baʼzi olimlar daʼvo qilganidek, yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Xitoy modelining mustahkam va barqaror ekanligini anglatmaydi. Xitoy modelining ishlashiga yuqoridagi sabablardan tashqari, ushbu davlat iqtisodining o‘ziga xosligi (aholi soni, iqtisodiy sektorlarning to‘yinmaganligi va yuqori investitsiya)ni va bu model natijasida paydo bo‘lgan, haligacha yechimini topmay, portlashga tayyor turgan iqtisodiy muammolar (yuqori qarz, sohilbo‘yi va ichki shaharlardagi rivojlanish tafovuti, iqtisodiy o‘sish pasayishi, atrof-muhit ifloslanishi)ni-da, unutmaslik kerak. Va nima bo‘lganda ham, iqtisodiy taraqqiyot hamisha bir tekis davom etavermasligini tarix allaqachon isbotlagan. Download 86.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling