Iqtisodiy siyosatni amalga


Iqtisodiy liberalizm, iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli, muammolari va uning mazmuni


Download 50.42 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi50.42 Kb.
#1380219
1   2   3   4
Bog'liq
Liberalizm

2.Iqtisodiy liberalizm, iqtisodiy rivojlanishda davlatning roli, muammolari va uning mazmuni .


Liberalizm (fransuzcha: libéralisme)— odamlarning oʻzini, xatti- harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan. Liberalizm 17-18-asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon Lokk, Adam Smit, Sharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm gʻoyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda „Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi―da
(1789) mujassam boʻlgan. 19-asr va 20-asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquklari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda liberalizm gʻoyalariga koʻra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogʻda bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. 20-asr oxirida liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya gʻoyalari bir- biriga yaqinlashdi.
Iqtisodiy liberalizm - davlatning iqtisodiyotga minimal aralashuvi va shunga mos ravishda iqtisodiyotdagi shaxslarning to'liq erkinligi haqidagi konservativ ijtimoiy fikrning tarkibiy qismi bo'lgan mafkura hisoblanadi. Iqtisodiy liberalizm liberal, fiskal va libertar konservatizm, shuningdek, o'ng libertarizm, klassik va konservativ liberalizm falsafasining bir qismidir.
Iqtisodiy falsafada iqtisodiy liberalizm laissez-faire iqtisodiyotini qo'llab- quvvatlaydi va targ'ib qiladi. Iqtisodiy liberalizm tarafdorlari erkin bozor, mukammal raqobat va ―bozorning ko’rinmas qo’li‖ni (Adam Smitdan) qo’llab- quvvatlash uchun falsafiy dalillardan foydalanadilar.
Bu mafkura erkin bozorga davlat iqtisodiy aralashuvini va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni rad etadi va keyingi nazariyalardan farqli ravishda savdo va raqobatning maksimal erkinligini qo'llab-quvvatlaydi:
Fridrix Listga ko‘ra iqtisodiy liberalism quyidagi kamchiliklarga ega: Liberal maktab qonuniyatlar davlat va xo‘jalik sub‘ektlariga insonlar xususiyatlari sun‘iy ravishda ko‘chiradi.
Liberal maktab tomonidan davlat institutlarining iqtisodiy rivojlanishdagi roli va mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini har tomonlama rivojlantirish zaruriyati e'tiborsiz qoldiriladi
Liberal maktab mamlakatning sanoat rivojlanishi ahamiyatini e'tiborsiz qoldiradi Liberal maktab mehnat taqsimoti va kooperatsiyani milliy iqtisodiyot miqyosida tan olmaydi
Liberal maktab protektsionizmni tadbirkorlik erkinligini cheklash va monopoliyani o'rnatishda adolatsiz ayblaydi.
Liberal maktab savdo balansi va to'lov balansi zarurligini inkor etadi
Liberal maktab erkin savdo rejimi tomonidan yaratilgan muammolarga befarq Liberal maktab xalq (mamlakat) yalpi kapitalini shakllantirish mexanizmini individual kapital va yalpi kapitalning shakllanishini farqlamaydi.
Liberal maktab savdoni ulug'laydi, uni ishlab chiqarishdan ustun qo'yadi, ishlab chiqarish va savdoning iqtisodiyot rivojlanishidagi haqiqiy rolini tushunmaydi.
Liberal maktab tomonidan iqtisodiy tarixga e'tibor bermaslik va tarixiy faktlarni noto'g'ri talqin qilish katta kamchilik hisoblanadi.



Download 50.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling