Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki.
|
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslarning, fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo arizasi (ariza) taqdim etishi mumkin. Da’vo taqdim etgan mazkur organlar va shaxslar da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasnoDavlat organi va boshqa shaxsning o‘zi taqdim etgan da’vo arizasidan (arizadan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vo arizasidan (arizasidan) da’vogarning (arizachining) voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
|
Odil sudlovni amalga oshirishda ko’maklashuvchi shaxslar.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ishtirok etishi mumkin
Guvohlar:Sudning nizoni to‘g‘ri hal etishi uchun ahamiyatga ega ma’lumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas:fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar, mediatorlar — vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida;
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |