Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi: O‘zbekistonda to‘rt yil ichida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalar
Download 65.63 Kb.
|
CERR maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- IT mutaxassislarini tayyorlash
- Xulosa
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalarPrezidentning 2020 yil 5 oktyabrdagi farmoni bilan "Raqamli O‘zbekiston - 2030" Strategiyasi tasdiqlandi, unda kelgusi ikki yilda mamlakatimiz hududlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq loyhalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. «Raqamli O‘zbekiston — 2030» Strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlar
Yaqin kelajakda raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirish maqsadi qo‘yildi. Keyingi ikki yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun qariyb 2,5 milliard dollar investitsiyani jalb qilish rejalashtirilgan. Toshkent shaharlaridagi uchta yirik ma’lumotlar markazlarini (5 Pbaytdan 10 Pbaytgacha kengaytirish), Buxoro va Qo‘qonda (har biri 50 Pbaytgacha) ishga tushirish, shuningdek, belgilangan telekommunikatsiya tarmog‘ini yanada kengaytirish va mobil aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Natijada har bir aholi punktida uy xo‘jaliklari kamida 10 Mbit/s tezlikda Internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. IT mutaxassislarini tayyorlashO‘zbekistonda 120 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari faoliyat yuritmoqda, ularning har birida raqamli ta’lim moduli joriy etilmoqda va inkubatsiya markazlari ochilmoqda. Vertikal ta’limning mutlaqo yangi tizimi yaratishga qaratilgan IT-ta’limni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2020 yilda "bir million" dasturchi nomli loyiha amalga oshirilishi boshlandi, bu esa dasturiy ko‘nikmalarni bepul o‘qitish imkonini yaratdi va uning doirasida 130 mingdan ortiq tinglovchilar ta’lim olishmoqda. Respublika tumanlarida IT-ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun keng ko‘lamli ta’lim dasturlarini ta’minlovchi o‘quv markazlari tashkil etilmoqda. Hozirda 100 dan ortiq bunday markazlar ochilgan bo‘lib, 85 mingdan ortiq tinglovchi o‘qitiladi, 2021 yilda qo‘shimcha ravishda 200 ga yaqin mana shunday markaz ochish ko‘zda tutilmoqda. Treningdan so‘ng, markaz bitiruvchilari mamlakatning har bir mintaqasida ochilgan IT-Park filiallari tarmog‘ida frilancyerlar, startaplar va hatto IT kampaniyalarining asoschilari sifatida o‘zlarining potensialini ochib berishi mumkin. XulosaO‘tgan 2020 yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilindi va kelgusi 5 yil davomida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish asosiy ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning istiqbollari va rentabelligi muvaffaqiyatli biznesni rivojlantirishning turli misollarida uchraydi. Kapitallashuv bo‘yicha dunyodagi o‘nta eng yirik kompaniyaning sakkiztasi «Apple», «Microsoft», «Alphabet», «Amazon», «facebook», «Alibaba Group», «Tencent», «Visa Inc.» raqamli hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida keng sohalarda rivojlanmoqda va cheklangan miqdordagi kompaniyalar tomonidan, ularga maxsus vakolatlar va resurslar berilgan bo‘lsa ham, odatda qurilmaydi. Shuning uchun raqamli iqtisodiyotda asosiy rolni kuchli tadbirkorlik va innovatsion yondashuvga ega bo‘lgan xususiy biznes egallashi, davlat esa xususiy tashabbus uchun infratuzilma va sharoit yaratishi bilan shug‘ullanish kerak. Eng muhimi, mamlakatda AKTni, shu jumladan, arzon narxda yuqori tezlikdagi Internetni rivojlantirish, xususiy biznesning mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, ishlab chiqarish va daromadni oshirish uchun turli ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qiziqishi bilan hamnafas bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha davlat o‘z rolini muvaffaqiyatli uddalamoqda, bu erishilgan natijalar va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan ulkan maqsadlardan dalolat beradi. Download 65.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling