Iqtisodiy tadqiqotlarda sotsialistik yo`nalish
Download 1.13 Mb.
|
iqtisodiyot mustaqil ish
Sobiq Ittifoqda iqtisodiy sotsiologiya muammolarini o‘rganishlik 80-yillardan boshlandi. Bir guruh. Novosibirsklik iqtisodchilar va sotsiologlar 70-80 - yillar o‘rtasida mamlakatda paydo bo‘lgan krizis holatning sotsial-iqtisodiy sabablarini aniqlashga kirishdilar. Ma'lumotlarni tahlil qilishlik esa olimlardan iqtisod rivojining sotsial regulyatorlarini, ya'ni uning sotsial mexanizmlarini o‘rganishlikni taqozo etdi. Bu esa o‘z navbatida boshqa muammolarni keltirib chiqardi, xususan, aholining turli sotsial guruhlarining ho‘jalik yuritishning yangicha shakllariga munosabati, ularning yangi sharoitlarda ishlashga tayyorligi shular jumlasidandir.Yangi muammolar esa o‘zining echimi uchun iqtisodiy va sotsiologik tushunchalar «tutish» ligiga asoslangan yangi metodologiyani talab qila boshladi. Iqtisodiy sotsiologiyaning metodologiyasini ishlab chiqishlik jarayoni hozir davom etayapti. Iqtisod va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar O‘zbekistonlik olimlarning ham e'tiborini o‘ziga tortayapti. Ayniqsa bozor munosabatlariga o‘tishning sotsial oqibatlari va bunda davlatning roli, axborotlar, kabi muammolari, O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari kabi dolzarb muammolar bugungi kunda iqtisodiy sotsiologiyaning fundamental muammolari hisoblanadi. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan yosh davlat oldida jamiyatni isloh qilishlik uchun 2 ta yo‘nalish mavjud edi: birinchisi «shok terapiya»si bo‘lib u bozor islohatlarining jarayonlarini sun'iy jadallashtirishga asoslanadi; ikkinchisi esa mo‘'tadillik asosida islohatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadi."O‘zbekistonning o‘z bozor munosabatlariga o‘gishning o‘z modeli aynan ushbu ikkinchi yo‘nalish asosida yaratilayapti. Bu modeliing mohiyati shundan iboratki, unda milliy xususiyat determinantlik xususiyatiga egadir. Iqtisodiy sotsiologiyaga ma'lum bir ta'rifni berishdan ilgari iqtisodiy va sotsial sohalarning sharhlanishini aniqlab olish lozim. Sotsial sohaning eng keng tarqalgan sharti quyidagicha: Sotsial soha ijtimoiy hayotning shunday sohasiki, unda insonni ham ishlab chiqarish kuch sifatida, ham shaxs sifatidagi keng takror ishlab chiqishlik yuz beradi. Bunday sohaga odatda ishlab chiqarishlik, oila, ta'lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash madaniyati taalluqli hisoblanadi. Iqtisodiy soha deb odatda insonlar turmush faoliyatlari uchun zarur hisoblangan ishlab chiqarish, taqsimot, ayirbosh va iste'mol uchun mas'uliyatli bo‘lgan jamiyatning yaxlit tushinchasi tushuniladi. Iqtisodiy soha jamiyatning yaxlit struktur-funktsional tizimchasi sifatida siyosat, ta'lim, kommunikatsiya va boshqa faoliyat sohalari bilan aktiv o‘zaro harakatda bo‘ladi. Shunday qilib sotsial-iqtisodiy jarayon bu iqsodning va sotsiallikning o‘ziga xos «payvand» i bo‘lib u insonning iqtisodiy taraqqiyotga ta'siri ostida bunyod bo‘ladi. Inson jamiyatdagi iqtisodiy va sotsial sohalar aloqa sistemasining yadrosini tashkil etadi.Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling