Iqtisodiy tadqiqotlarda sotsialistik yo`nalish


turgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab, yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo`lgan


Download 1.13 Mb.
bet7/7
Sana15.09.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1678991
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
iqtisodiyot mustaqil ish

turgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab, yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo`lgan. 

O`sha yillarda insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan, unda islohotchilik g`oyalari 

shakllandi. Biroz kеyinroq (1820 yildan boshlab)hayoliy sotsializmga xos bo`lgan 

fikrlar va tashviqotga asosiy e'tiborni qaratdi.

R.Ouenning «Jamiyatga yangicha qarash yoki xaraktеrni shakllantirish haqida tajribalar»,«Yangi ahloqiy dunyo kitobi»,«Adolatni almashuv bozori», «Ulug`milliy hunar ittifoqi» asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan.R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xaraktеrlixususiyati shundan iboratki, u fransuz hayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o`z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mеhnat nazariyasiga tayanadi.Qiymatning asosiy manbai dеb mеhnatni hisobladi. Xususiy mulkka qarshi chiqadi.R.Ouen qiymatning so`nggi o`lchovi bo`lmish puldan voz kеchib, mеhnat xarajatlarining ekvivalеnti sifatida - «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib, «ishlab chiqarish uyushmalarini» tashkil etishga harakat qildi.

Xulosa Sen-Simon va Furye ta'limotlari bilan tanishgan chogimizda ularning g`oyalari to`liq sotsialistik bo`lmay, hali xususiy mulkni saqlab qolganliklari, kapitalistlarning sinf sifatida saqlab qolinishi va ularning ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib, foyda olishlari mumkinligini kuzatamiz. Ouen sistemasi esa ulardan farq qilib, nafaqat sotsialistik qarashlarni rivojlantirdi, shu bilan birga ikkinchi yuqori faza bo`lmish kommunizmni ham tasvirladi. Lekin Ouen ta'limoti ham qarama-qarshiliklar va tartibsizliklardan xoli emas edi. Chunki sinfiy munosabatlarning yetilmaganligi jamiyatni qayta qurish imkoniyatini bermas edi. Garchand Ouen ishchilar sinfining tutgan o`rnini to`g`ri tushunmagan bo`lsada, o`z g`oyalari bilan marksistik iqtisodiy ta'limotning vujudga kelishida alohida o`rin egallagan edi.

XIX asrning oxiri va XX asr boshida kapitalizmning monopoliyalashgan davrida leninizm ta'limoti yuzaga kelgan bo`lib, marksizm to`ldirildi va rivojlantirildi. Bu ta'limotga ko`ra kapitalizmning yemirilishi va inqilob nisbatan past rivojlangan, imperializm zanjirlari bo`sh bo`lgan ayrim mamlakatlarda ham ro`y berishi mumkinligi ko`rsatildi. Bu bashorat XX asr boshida qisman Rossiya, Mongoliya, II Jahon urushidan keyin bir qancha Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida oqlandi. 70 yildan ortiq davom etgan "sotsialistik" jamiyat qurish tajribasi o`zini to`la oqlamadi. Ayniqsa, sof bozor munosabatlaridan voz kechish, davlat mulkining yetakchi bo`lib olishi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi, xususiy mulk va xususiy savdoning inkor etilishi, yerga davlat monopoliyasi, erkin raqobatning musobaqa bilan almashtirilishi, baholarning yuqoridan qat'iy belgilanishi, planlashtirishning yuqoridan qat'iy joriy qilinishi, erkin tanlash huquqining cheklanganligi va boshqalar bozor munosabatlarining yangi shakli - ma'muriy-buyruqbozlik asosidagi iqtisodiyotni keltirib chiqardi, erkin bozorga zid iqtisodiyotni vujudga keltirdi. Oqibatda sobiq SSSR va boshqa "sotsialistik" deb atalgan mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy inqiroz ro`y berdi, ular parchalandi va bozor iqtisodiyoti yo`liga o`tishga majbur bo`ldi.

Foydalanilgan internet manzillari 1. https://fayllar.org/ 2. https://uz.templeprotestant.org/ 3. https://uz.mgwiki.top/

Foydalanilgan adabiyotlar 1. A. Razzoqov, Sh. Toshmatov, N. O`rmonov, P. Xoshimov, F. Egamberdiyev IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXI (o’quv qo’llanma) Toshkent 2005


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling