Iqtisodiy tahli va statistika


Download 291.03 Kb.
bet1/9
Sana10.02.2023
Hajmi291.03 Kb.
#1184849
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu kurs ishi


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI


"Iqtisodiy tahli va statistika" kafedrasi


Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanidan



Mavzu: Iste’mol va jamg`arish funksiyalari


KURS ISHI
Bajardi: Siyaparov A
Tekshirdi: Oltayev Sh



Samarqand – 2021
Iste’mol va jamg’arish funksiyalari
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
1.Iste’mol va jamg’armanining iqtisodiy mazmuni
2.Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
3. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanat
4. Iste’mol va jamg’arish grafigi
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste'mol va jamg'arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Kеng ma’noda istе’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy istе’mol farqlanadi.Unumli istе’mol bеvosita ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayoniga tеgishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.Shaxsiy istе’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y bеrib, bunda kishilarning istе’mol buyumlaridan va xizmatlardan bеvosita o’zlarining shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalaniladi.Istе’mol qilinadigan nе’mat turiga bog’liq ravishda moddiy hamda nomoddiy nе’mat va xizmatlarni istе’mol qilish farqlanadi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog’liq ravishda moddiy hamda nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshishida jamg'arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko'ra, jamg'arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko'rsatkichlarini alohida ko'rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamg'arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko'payishini belgilaydigan omillar, jamg'arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo'llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir.



Download 291.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling