Iqtisodiy tahlil” fanidan mustaqil ish topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Suyunov Qabul qildi: Y. Azimov Jizzax 2023 Mavzu: Pul oqimlari tahlili Reja


Asosiy vositalar tarkibiy tuzilishi va dinamikasining tahlili


Download 41.62 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi41.62 Kb.
#1387735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqt. tahlil 1-MT

Asosiy vositalar tarkibiy tuzilishi va dinamikasining tahlili
Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda Asosiy vositalar tarki-biga xizmat muddati bir yildan ortiq va tan narxi bazavi xisoblashning baravaridan kam boʻlmasligi kerak boladi). Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida xoʻjalikka qabul qilingan boshlangʻich bahoda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangʻich bahosiga ularni sotib olish (bino va inshootlarni qurish) uchun qilingan haqiqiy harajat kiriti-ladi. Asosiy vositalar toʻliq xizmat muddati davomida boshlangʻich qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Asosiy vositalarlarni qayta baholash faqat hukumat qarori bilan amalga oshiriladi.
Budjet muassasalarida asosiy vositalarni tahlil qilishda, eng avvalo, ularning xususiyatlarini e’tiborga olish, tarkiban joylashtirish va tasniflash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda budjet muassasalari asosiy vositalarini quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin.Muassasaning moliyaviy faoliyatida asosiy vositalarning qatnashuviga ko‘ra:
aktiv asosiy vositalar;
– passiv asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning foydalanish jarayonida ishtirokiga ko‘ra:
– foydalanishdagi asosiy vositalar;
– foydalanishdan olib qo‘yilgan (konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning turlarga ajratilishiga ko‘ra:
– yer;
– binolar;
inshootlar;
– uzatish moslamalari;
– hisoblash texnikasi va kompyuterlar;
– mashina va uskunalar;
transport vositalari;
– asbob-uskunlar;
– xo‘jalik jihozlari;
– ishlab chiqarish inventarlari;
ishchi va mahsuldor hayvonlar;
– ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy vositalar.
Mulkiy egaligiga qarab:
– o‘ziga tegishli asosiy vositalar;
– ijaraga olingan asosiy vositalar.
Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarni boshqa xususiyatlari bo‘-yicha ham tasniflash mumkin.Bozor sharoiti budjet muassasalaridan asosiy vositalarning barcha turlari-ni kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini taqozo etadi.
Asosiy vositalarning tarkibi, ularning tuzilishini o‘rganish bilan bir qatorda dinamik o‘zgarishlariga ham baho beriladi. Asosiy vositalarning dinamikasi deganda ularning davrlar (yillar) bo‘yicha o‘zgarishi tushuni-ladi. Dinamik o‘zgarishlar asosida korxonada asosiy vositalarning yillar bo‘yicha mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.

Download 41.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling