Iqtisodiy tahlil” fanidan mustaqil ish topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Suyunov Qabul qildi: Y. Azimov Jizzax 2023 Mavzu: Pul oqimlari tahlili Reja


Ishlab chiqarish xarajatlarining tahlili


Download 41.62 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi41.62 Kb.
#1387735
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqt. tahlil 1-MT

Ishlab chiqarish xarajatlarining tahlili
Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar (yana q. muomala harajatlari).
Mahsulot yetishtirish uchun xom-ashyo, materiallar, yem-xashak, mehnat va boshqalar sarflanadi. Demak, mahsulot yetishtirish uchun sarflangan ishlab chiqarish xarajatlarini pul shaklida ifoda etilishi mahsulot tannarxi deb ataladi. Tannarx xo`jalik faoliyatining asosiy ko`rsatgichlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Mahsulot birligining tannarxi darajasiga qarab, uning moliyaviy faoliyatiga bilvosita baho berish mumkin. Mahsulot tannarxi eng muhim natijaviy ko`rsatgichdir. Uning yordamida xo`jalik hisobini takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish va hokazo omillarning ta’siri namoyon bo`ladi.
Mamlakatimizda rejalashtirishning hozirgi tuzumida korxona faoliyatini baholashda foyda iqtisodiy ko`rsatkichi asosiy ko`rsatkich qilib olingan, ammo bu mahsulot tannarxi ko`rsatkichining ahamiyatini kamaytiradi degan gap emasdir, korxonalarning ishlab chiqarish moliya rejasini tuzishda mahsulot tannarxi iqtisodiy ko`rsatkichiga alohida ahamiyat beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o`rin tutadi. Xarajatlar, mahsulotlarni ishlab chiqarish, Tovar sotish, ish bajarish va xizmat ko`rsatish bilan bog`liqbo`lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Korxonalarda xarajat turlari va moddalarining yuzaga kelishi ularning asosiy moliyaviy va investitsiya faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxona xarajatlari asosan xom-ashyo, materiallar, yoqilg`I va mehnatga haq to`lash xarajatlaridan iborat bo`ladi.
Respublikamizda xarajat moddalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan1 “Mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida”gi Nizomga asoslanadi. Bu nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin.

Download 41.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling