“iqtisodiy tahlil” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi a. B. Abdullayev tomonidan tayyorlangan “moliyaviy tahlil” fanidan taqdimot


Obyektivlik, aniqlik va ishonchlilik


Download 71.61 Kb.
bet9/22
Sana27.02.2023
Hajmi71.61 Kb.
#1234231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil” kafedrasi 1-mavzu. Moliyaviy tahlil fanining n-fayllar.org

Obyektivlik, aniqlik va ishonchlilik

Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi ma’lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham korxonada doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib borilishi talab etiladi




Ta’sirchanlik

Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning natijalariga bevosita aralashishi, rezervlarni, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi lozimligini ifoda etadi




Rejalilik

Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‘rtasida taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda etadi




Samaradorlik

Tahlilni o‘tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi




Operativlik

Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, qarorlar qabul qilish va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va tezkorlikni taqozo qiladi




Demokratik

Tahlilni o‘tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini jalb qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi


Tahlil fanining “Audit” fani bilan bog‘liqligi.



Audit – mustaqil ekspertlar, auditorlar tomonidan korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni anglatadi. Bunda nafaqat tekshirish balki korxonaning iqtisodiy, moliyaviy faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha ham tavsiyalar ishlab chiqiladi.


Download 71.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling