Iqtisodiy tahlil” kafedrasi 1-mavzu. Moliyaviy tahlil fanining nazariy asoslari
“IQTISODIY TAHLIL” KAFEDRASI DOTSENTI VAZIFASINI BAJARUVCHI A.B.ABDULLAYEV TOMONIDAN TAYYORLANGAN “MOLIYAVIY TAHLIL” FANIDAN TAQDIMOT
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIY TAHLIL” KAFEDRASI Ma’ruza: 10 soat Amaliy mashg’ulot: 10 soat Ma’ruzachi: Abdullayev Abror Bozarboyevich REJA 2. Moliyaviy tahlil fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari, prinsiplari. 3. Moliyaviy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 4. Moliyaviy tahlil: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil. 5. Moliyaviy tahlilda qo‘llaniladigan usullar: an’anaviy va iqtisodiy-matematik usullar. 6. Moliyaviy tahlilning maxsus usullari: moliyaviy hisobotni o‘qish, gorizontal, vertikal, trend, qiyosiy, omilli, koeffitsiyentlar tahlili. 7. Moliyaviy tahlilning boshqa fanlar o‘rtasida tutgan o‘rni va o‘ziga xos xususiyatlari. “TAHLIL” - “SINTEZ”
Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi.
Real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklari aniqlanadi.
“Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |