Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari


Download 20.26 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1744192
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari


Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari
1. Iqtisodiy tahlil metodi va uning xususiyatlari
2. Mutlaq, o’rtacha va nisbiy kattaliklardan foydalanish usuli
3. Taqqoslash usuli va uning qo’llanilishi
Xo’jalik hayotiga baho berishda iqtisodiy tahlil ma’lum metoddan foydalanadi. Metod (grekcha “methodos” — tadqiqot o’tkazish yoki o’rganish yo’li, nazariya, ta’limot) - tabiat hamda jamiyatda sodir bo’ladigan hodisalarni, jarayonlarni o’rganish va bilish usuli hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilning metodi - xo’jalik hayotida jarayonlarni yuzaga kelishi, o’zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulidan foydalanib o’rganish hisoblanadi. Ijtimoiy - iqtisodiy samaradorlikni oshirish maqsadida xo’jalik hayotini tavsiflaydigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish va ularning o’zaro bog’liqligi, o’zgarish sabablarini hisob-kitob qilish iqtisodiy tahlil fani metodining o’ziga xos jihati sanaladi.
Bilish metodlarini barcha fanlar uchun umumiy va alohida aniq bir fan uchun qo’llaniladigan turlarga bo’lish mumkin. Barcha fanlar uchun umumiy bo’lgan metodlarga kuzatish, taqqoslash, eksperiment, analiz (tahlil), sintez, modellashtirish kabilarni kiritish mumkin. Bu metodlarni aniq bir fan yoki izlanishda qo’llash o’rganilayotgan ob’ektning maxsus jihatlari, uni bilishning umumiy darajasi, shuningdek, mavjud texnik vositalarga bog’liq. Aniq bir fan uchun qo’llaniladigan metodlar alohida fanlarga xos bo’lib, ular boshqa fanlar tomonidan foydalanilmaydi. Iqtisodiy tahlil metodi ham aniq bir fan uchun qo’llaniladigan metod bo’lib, xo’jalik hayotini bilish usuli sifatida qat’iy ketma-ketlikda amalga oshiriladigan bir qator bosqichlardan iborat: - sub’ektni kuzatish, mutlaq va nisbiy kattaliklarni aniqlash hamda hisoblash, ularni taqqoslanadigan ko’rinishga keltirish; - omillarni bir tizimga keltirish va solishtirish, guruhlashtirish va detallashtirish, ularni xo’jalik hayotiga ta’sirini o’rganish; - tahlil natijalarini umumlashtirish – yakuniy va istiqbolga yo’naltirilgan jadvallarni tuzish, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xulosa va takliflar tayyorlash.
Iqtisodiy tahlil usullarining o’ziga xos xarakterli jihatlari — ko’rsatkichlarning muntazam taqqoslab turilishi, o’rganilayotgan ob’ektning alohida tekshirilmasligi bilan ham izohlanadi. Bunda har bir hodisa va jarayonlarni ichki qarama-qarshiliklari, ijobiy va salbiy tomonlari o’rganib chiqiladi va o’rganilayotgan ob’ekt alohida tekshirilsa u yuzasidan to’g’ri xulosaga ega bo’lmasligi kelib chiqadi. Iqtisodiy tahlilda xo’jalik hayotidagi jarayonlarning umumiyligi, o’ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o’zaro bog’liqligidan kelib chiqib, tizimlashgan turli metodlardan foydalaniladi. Iqtisodiy tahlilga oid ayrim adabiyotlarda uning metodlari shartli ravishda ikki, hususan: oddiy-an’anaviy (odatdagi); iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) guruhga ajratib ko’rsatilgan. Biroq, moliyaviy va boshqaruv tahliliga oid iqtisodiy adabiyotlarda uning metodlarini – vertikal, gorizontal, trendli, moliyaviy koeffitsientlarga ajratilganini ta’kidlash zarur.
Mutlaq, o’rtacha va nisbiy kattaliklardan foydalanish usuli
Mutlaq kattaliklar iqtisodiy tahlil ko’rsatkichlarini dastlabki, birlamchi shaklda ifodalaydi. Ular o’rganilayotgan iqtisodiy jarayonlar va voqelikni mutlaq o’lchamlarini tavsiflaydi (qiymati, xajmi va hokazolarni). Mutlaq kattaliklar doimo o’lchov birligi bilan birga keltiriladi. Iqtisodiy jarayon va hodisalarni mazmuniga ko’ra, mutlaq kattaliklar natural (tonna, kilogramm, litr, dona va hakozo), qiymat (so’mda) va mehnat (kishi – kunlari, kishi-soatlari) o’lchov birliklarida ifodalanadi
aqqoslash usuli va uning qo’llanishi
Xo’jalik hayotiga baho berishda taqqoslash usulidan keng foydalanilib, unda ko’rsatkichlar reja, o’tgan davrlar ma’lumotlari bilan solishtirilishi orqali tegishli xulosalar olinadi. Negaki, bir turdagi ko’rsatkichlar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqlarni aniqlangandan so’nggina ta’sir etuvchi omillar hisob-kitob qilinadi. Taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat bo’ladi. Xususan: - taqqoslanadigan ob’ektlar belgilanadi; - taqqoslash shakli tanlab olinadi (dinamik, makoniy va h.k..); - taqqoslash bazasi belgilab olinadi (o’tgan davr, hisobot davr biznes-reja ma’lumotlari, etalon korxona ma’lumotlari va h.k..); - ob’ektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko’rsatkichlar sonini tanlash.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, iqtisodiy tahlilda taqqoslash usulining quyidagi: gorizontal va vertikal; dinamik va statik; bir va ko’p o’lchovli shakllari mavjud. Gorizontal taqqoslash o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o’tgan yillar, o’rtacha daraja, fan va ilg’or tajriba yutuqlari) mutlaq va nisbiy farqlarini aniqlash uchun foydalaniladi (5-chizma). Vertikal taqqoslash iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog’ini hisoblash yo’li bilan (o’z kapitalining umumiy kapitaldagi ulushi), butun va qism nisbatlari (masalan, o’z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), shuningdek, omillarning natijaviy ko’rsatkichlar darajasiga ta’sirini mos omilning oldingi va keyingi o’zgarishlari miqdorlariga solishtirishni anglatadi.
Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usulini qo’llash shartlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat: 1. Taqqoslanuvchi ko’rsatkichlar bir xil usulda aniqlangan bo’lishi kerak (masalan, amortizatsiya ajratmalari, soliq stavkasi va boshqalar); 2. Taqqoslanuvchi ko’rsatkichlar bir xil o’lchov birligida bo’lishi zarur (masalan, qiymat, kilogramm, litr, dona va boshqalar); 3. Taqqoslanuvchi ob’ektning hajmi bir-biriga mos bo’lishi talab etiladi (masalan, kichik savdo do’koni aylanmasi bilan supermarketning oborotini taqqoslash kerakli natijani bermaydi va h.k.);
Guruhlashtirish usuli va uning ahamiyati
Xo’jalik hayotidagi jarayonlarni aks ettiruvchi ko’rsatkichlarning soni ko’p bo’lgan hollarda tahlil ishlarini engillashtirish maqsadida guruhlashtirish usulidan foydalanish talab etiladi. Xo’jalik hayotining o’rganilayotgan jihatlarining ichki bog’lanishlari va qonuniyatlarini to’liq o’rganish uchun to’plangan ma’lumotlar muhim belgilar asosida guruhlarga bo’lib o’rganiladi. Guruhlashtirish uchun asos qilib olingan belgi guruhlash belgisi deb yoki guruhlashni aynan qaysi belgi asosida amalga oshirilishi tushuniladi. Guruhlashtirish belgisini tanlashda quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish zarur: - iqtisodiy jarayonni to’la tavsiflab beruvchi muhim belgilar guruhlashtirish uchun asos qilib olinishi; - guruhlashtirish belgisini tanlashda hozirgi zamon iqtisodiyotini tavsiflovchi masalalarni yorita oluvchi belgilar ekanligiga e’tibor berish; - xo’jalik hayotining murakkab jarayonlarini o’rganishda guruhlashtirish faqat bitta belgi bo’yicha emas, balki bir necha muhim belgilar bo’yicha amalga oshirilishi kerak.
Xo’jalik hayotini o’rganishda guruhlashtirish usulini qo’llash uchun muayyan talablar e’tiborga olinishi talab etiladi. Xususan, tipologik guruhlar tuzishda iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslangan guruhlar tuzishga e’tibor qaratish zarur. Bunda o’rganilayotgan ma’lumotlarning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotini tarmoqlarga bo’lish, korxonalarlarning qaysi yo’nalishda ixtisoslashganligi yoki qaysi mulkchilik shakliga taaluqli ekanligi tipologik guruhlash asosida tahlil etiladi. Tuzilmaviy guruhlashda sifat jihatidan bir xil bo’lgan guruhlar (birliklar)ning salmog’i o’rganilib, voqealikka tarkibiy jihatdan baho beriladi. Bunga, xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari tarkibida aktiv va passiv (ishlab chiqarishdagi va noishlab chiqarishdagi ...) qismini tutgan salmog’i, investitsiyaning tarkibini mol-mulk, moliyaviy, nomoddiy (davlat – korporativ – xususiy – xorijiy, yangi loyihalarga-kengaytirishga-reinvestitsiyalar ...) kabi qismlarga ajratib iqtisodiy tahli
Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan boshqa metodlar
Integral usuli – bu natija ko’rsatkichlariga alohida omillar ta’sirini aniqlashni anglatib, zanjirli o’rin almashtirish usulining takomillashgan shaklidir. Integral usulning takomillashgan jihati, natija ko’rsatkichiga birlik omillarning analitik jadvallardagi joylashuvi qanday bo’lishidan qat’iy nazar ta’siri bo’lmaydi. Ananaviy (oddiy) metodning zanjirli o’rin almashtirish usulida esa birlik omillarning analitik jadvallardagi ketma-ketligi ilmiy asoslangan bo’lishi zarur. Aks holda, birlik omillarning ta’siri hisob-kitob qilinganda noto’g’ri ma’lumotlar shakllanib, tahlil xulosalarining noto’g’ri bo’lishini ta’minlaydi.
Korrelyatsion va regression usulda ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’liqlik qanchalik jipslikda ekanligini miqdoran ifodalab (r), quyidagicha aniqlanadi
Nazariy o’yin usuli, turli xil shart-sharoitlarda taktika va strategiyalarni belgilab, xo’jalik sub’ektining faoliyati uchun bir me’yorda daromad olishini ta’minlaydigan yo’nalishlarni topishda qo’llaniladi. Bu, ko’proq mavsumiy mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan xo’jalik sub’ektlarining faoliyatida samarali sanaladi
Iqtisodiy tahlilning metodi - xo’jalik hayotida jarayonlarni yuzaga kelishi, o’zgarishi hamda rivojlanishini dialektik yondashuv usulidan foydalanib o’rganish hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilning metodi shartli ravishda ikki, xususan, oddiy-an’anaviy (odatdagi) va iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) guruhlariga bo’lib o’rganiladi. Oddiy-an’anaviy (odatdagi) metodda iqtisodiy tahlil paydo bo’lganidan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo’llanilgan usullar, ya’ni mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish, balansli bog’lanish, zanjirli o’rin almashtirish kabilar jamlangan. Iqtisodiy-matematik metod iqtisodiy axborotlarni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan shakllangan korrelyatsion-regression, integral, nazariy o’yin, matematik dasturlash kabi usullardan tashkil topgan.
Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling