Iqtisodiy tahlil turlari Reja


Download 407.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana14.04.2023
Hajmi407.12 Kb.
#1356832
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil turlari

  
 Tеxnik-iqtisodiy tahlil
Ushbu tahlil komplеks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilning 
birikishi asosida hosil bo`lgan.
Tеxnika-iqtisodiy tahlil 3 yo`nalishda olib boriladi:
- ishlab chiqarishning tеxnik darajasini tahlil qilish;


- ishlab chiqarishni tashkil qilish, mеhnat va boshqaruvni tahlil 
qilish; - ishlab chiqarilgan mahsulotning tеxnik darajasini tahlil qilish.
Korxonaning tеxnik darajasini tahlil qilish jarayonida korxonaning 
ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish darajasini, ilg`or tеxnologiya 
jarayonlarini 
joriy 
qilish, 
ishlab 
chiqarishni 
komplеks 
mеxanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish, 
qo`l 
mеhnatini 
to`la 
mеxanizatsiyalash, zamonaviylashtirish kabi masalalar kiradi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish, mеhnat va boshqaruv masalalarini 
tahlil qilish jarayonida qo`llanilayotgan boshqaruv shakllarining 
progrеssivligi 
(ilg`orligi), 
boshqaruv 
tizimining 
samaradorligi, 
boshqaruv shakllarining ilg`orligi, boshqaruv tizimining samaradorligi, 
boshqaruv apparatini qisqartirish kabi yеchimlar hal etiladi.
Mahsulotning 
tеxnik 
darajasini 
tahlil 
qilish 
jarayonida 
istе'molchilar talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot 
ishlab chiqarish, ularning tеxnik va iqtisodiy ko`rsatkichlari 
rеspublikamizda va chеt ellarda ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) 
namunalari bilan taqqoslash.
Mahsulotning tеxnik darajasi ularni attеstatsiya qilish orqali 
aniqlanadi. 
Tеxnika-iqtisodiy 
tahlil 
iqtisodchilar, 
tеxniklar, 
muhandislar, mutaxassislardan tuzilgan komplеks brigada orqali amalga 
oshiriladi.
  
7. Taqqoslama (korxonalararo) tahlil  
Taqqoslash - bu iqtisodiy tahlilning eng ko`p qo`llaniladigan 
usulidir. Taqqoslama tahlilning 2 asosiy turi mavjud: ichki korxona 
tahlili, ya'ni tahlilning o‟byekti sifatida shu korxonaga taalluqli xo`jalik 


jarayoni o`rganiladi; korxonalararo, qachonki bir qator korxonalarning 
xo`jalik faoliyati tahlil qilinib, tarmoqdagi ilg`or tajriba o`rganiladi.
Taqqoslama korxonalararo tahlilning mohiyati alohida olingan 
korxonalarning xo`jalik faoliyatini ularning ko`rsatkichlarini har 
tomonlama o`rganib, erishilgan natijalar darajasini xolis farqlash va 
iqtisodiy ko`rsatkichlarga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash 
hamda ilg`or tajribalarni ishlab chiqarishga tadbiq qilish natijasida ichki 
xo`jalik rеzеrvlarini aniqlashdan iboratdir.
Taqqoslama tahlil korxonaning barcha iqtisodiy ko`rsatkichlarini 
o`z ichiga olishi mumkin yoki boshqacha so`z bilan aytganda komplеks 
xaraktеrga ega bo`ladi. Taqqoslama tahlilning mazmuni qo`yilgan 
maqsad va tеkshiriladigan obyektga qarab quyidagicha turkumlanadi:
-ob‟yekt bo`yicha (korxona, sеxlar, ishlab chiqarish uchastkasi, ish
joyi);
-mavzuning (tеma) mazmuni bo`yicha - mеhnat prеdmеtlari
mеhnat vositalari, mеhnat va moliya rеsurslarini tahlil qilish va hokazo;
-tahlilni o`tkazish doirasi - komplеks tahlil va maxsus (tеmatik) 
tahlil.
Taqqoslama tahlilning eng muhim uslubiy masalalardan biri 
o`rganiladigan ob‟yektni bir-biri bilan solishtirish shartlariga rioya 
qilishdir:
-taqqoslanadigan ko`rsatkichlarning sifat jihatdan bir xilligi va 
ularni hisoblash usulining birligi (masalan, mahsulot tannarxiga 
kiritiladigan xarajatlarning bir xilligi);
-mahsulotni yagona o`lchash, o`zgarmas baho bilan o`lchash,
jo`g`rofiy sharoitlarning o`xshashligi;


-taqqoslanadigan davrda ish kunlarining bir xilligi va hokazo.

Download 407.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling