Iqtisodiy tahlil va audit


Download 263.97 Kb.
bet1/5
Sana16.04.2023
Hajmi263.97 Kb.
#1359777
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Uy xo\'jaliklar moliyasi

Uy xo’jaliklar moliyasi

Uy xo’jaliklar moliyasi

  • Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo'jaliklari moliyasi
  • Uy xo'jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o'ziga xos xususiyatlari
  • Uy xo'jaliklari daromadlari
  • Uy xo'jaliklari xarajatlari

Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo'jaliklari moliyasi

  • Uy-xo'jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi.
  • Bir tomondan, uy xo'jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda o'zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi.
  • Boshqa bir tomondan esa, uy xo'jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste'mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozar talabini belgilab (aniqlab) beradi.

Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo'jaliklari moliyasi

  • Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo'jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o'zlarining daromadlari va boyliklarini to'liq yoki qisman o'tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste'mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste'mol qilayotgan kishilarning katta bo'lmagan guruhi, deb ta'riflaydi.

Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo'jaliklari moliyasi

  • Uy xo'jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi.
  • Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo'jaliklarida iste'mol maqsadlari va jamg'arish uchun pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga oid bo'lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir.

Moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga bo'lish mumkin:

  • Ichki
  • Tashqi
  • Individlar - uy xo'jaJigi a'zolarining ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirish maqsadida zaruriy (kerak bo‘lgan) pul fondlarini (joriy iste'mol darajasini, pul rezerviarini, investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va h.k.) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a'zolari) o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar uy xo'jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi.
  • Uy xo'jaliklarining tashqi moIiyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy sub'ektlar biIan bo'lgan o'zaro aloqalari orqali namoyon bo'ladi.

Download 263.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling