Uy xo'jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog'langan quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi: - uy xo'jaligining darornadlarini shakllantirish;
- iste'mol xarajatlarining hajrni va tarkibiy tuzilmasi (uy xo'jaligining iste'mol fondi);
- jamg'ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zaruriigi.
Uy xo'jaligining har qanday jamg'ariladigan strategiyasi mustaqil bo'lgan uch komponetdan tarkib topadi: - jamg'arish normasi (me'yori), ya'ni uy xo'jaligi jami daromadiningjamg'arishga yo'naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida jamg'arishning amalga oshirilishi;
- risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish o'lchamlarini (parametrlarini) hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;
- pul mablag'Iarini joylashtirish muddatlari.
- Ma'lum bir davrda uy xo'jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag'lari summalari ularning daromadlari deyiladi.
- Eng umumiy ko'rinishda, uy xo Jaliklariningjami daromadlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
- uy xo'jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
- uy xo'jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
- Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o'z-o'zini ta'minlashga mo'ljallangan uy xo'jaligi a'zolari mehnatining natijasidan iborat bo'ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
- shaxsiy yordamchi xo'jalikdan olingan mahsulotlar;
- uy xo'jaliklarida iste'mol qilinadigan va qishloq xo'jaligi korxonalaridan olingan natural to'lovlar.
Uy xo'jaliklari daromadlari - Uy xo'jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisoblanadi va ular quyidagi kO'rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o'lchanadi):
- nominal daromadlar;
- ega bo'lingan daromadlar;
- real daromadlar.
Uy xo'jaliklari daromadlari - Uy xo'jaligi a'zolarining ma'lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari to'plamining puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi.
- Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langanidan so’ng uy xo'jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xo'jaligining ega bo'lingan daromadi deyiladi.
- Baholar darajasiga ega bo'lingan nisbatan o'zgartirilgan (korrektirovka qilingan) daromad uy xo'jaliklarining real ega bo 'lingan daromadi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |