Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xo'jaliklari moliyasi - davlat uy xo'jaliklariga tegishli bo'lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste'molning o'lchamiga (ko'lamiga) ta'sir etishi mumkin. Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
- soliq orqali tartibga solish (tartiblash);
- mehnat haqini to'lash stavkalarini o'matish (belgilash);
- birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish;
- imtiyozlar tizimi;
- sog'liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali
- ijtimoiy ta'minotni rivojlantirish;
Uy xo'jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning o'ziga xos xususiyatlari - Uy xo'jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan normalar va qoidalar tashqi omillar ta'siri natijasida shakllanadi. Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
- ijtimoiy munosabatlami me'yoriy-huquqiy tartibga solish;
- umumiy iqtisodiy vaziyat;
- tarkibiy o'zgarishlar;
- inflyasion kutilishlar;
- investitsion muhit;
- davlatning ijtimoiy siyosati;
Uy xo'jaJigining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta'minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: - dastlabki (boshlang'ich) manbalar;
- jamg'ariladigan manbalar;
- joriy manbalar.
- Resurslar dastlabki (boshlang'ich) manbalarining tarkibi meros bo'yicha yoki ko'chmas mulk, naqd pullar , moliyaviy aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat.
- Uy xo'jaliklarining jamg'armalari va investitsion quyilmalari resurslarning jamg'ariladigan manbasini tashkil etadi.
- Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, ijtimoiy transfertlar) va nodoimiy pulli daromadlar (masalan, iste'mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.
Funksional mo'ljallanganligiga ko'ra uy xo'jaliklarining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo'lishi mumkin: - joriy xarajatlar uchun mo'ljallangan pul mablag'lari-oziqovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatiari, davriy ravishda iste'mol qilinadigan xizmatlarning haqi va h.k.;
- kapital xarajatlar uchun mo'ljallangan pul mablag'lari-uzoq davr foydalanishga mo'ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo'jaligi a'zolari tomonidan iste'mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko'rsatish, sayyohlik yo'llanmalari) haqini to'lash;
- pul jamg'armalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |