Iqtisodiy tahlil va audit


Uy xo'jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog'langan quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi


Download 263.97 Kb.
bet3/5
Sana16.04.2023
Hajmi263.97 Kb.
#1359777
1   2   3   4   5
Bog'liq
Uy xo\'jaliklar moliyasi

Uy xo'jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog'langan quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi:

  • uy xo'jaligining darornadlarini shakllantirish;
  • iste'mol xarajatlarining hajrni va tarkibiy tuzilmasi (uy xo'jaligining iste'mol fondi);
  • jamg'ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zaruriigi.

Uy xo'jaligining har qanday jamg'ariladigan strategiyasi mustaqil bo'lgan uch komponetdan tarkib topadi:

  • jamg'arish normasi (me'yori), ya'ni uy xo'jaligi jami daromadiningjamg'arishga yo'naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida jamg'arishning amalga oshirilishi;
  • risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish o'lchamlarini (parametrlarini) hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;
  • pul mablag'Iarini joylashtirish muddatlari.

Uy xo'jaliklari daromadlari

  • Ma'lum bir davrda uy xo'jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag'lari summalari ularning daromadlari deyiladi.
  • Eng umumiy ko'rinishda, uy xo Jaliklariningjami daromadlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
  • uy xo'jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
  • uy xo'jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.

Natural daromadlar

  • Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o'z-o'zini ta'minlashga mo'ljallangan uy xo'jaligi a'zolari mehnatining natijasidan iborat bo'ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
  • shaxsiy yordamchi xo'jalikdan olingan mahsulotlar;
  • uy xo'jaliklarida iste'mol qilinadigan va qishloq xo'jaligi korxonalaridan olingan natural to'lovlar.

Uy xo'jaliklari daromadlari

  • Uy xo'jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisoblanadi va ular quyidagi kO'rsatkichlar yordamida hisoblanadi (o'lchanadi):
  • nominal daromadlar;
  • ega bo'lingan daromadlar;
  • real daromadlar.

Uy xo'jaliklari daromadlari

  • Uy xo'jaligi a'zolarining ma'lum davrdagi shaxsiy (individual) daromadlari to'plamining puldagi ifodasiga nominal daromadlar deyiladi.
  • Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langanidan so’ng uy xo'jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasiga uy xo'jaligining ega bo'lingan daromadi deyiladi.
  • Baholar darajasiga ega bo'lingan nisbatan o'zgartirilgan (korrektirovka qilingan) daromad uy xo'jaliklarining real ega bo 'lingan daromadi deyiladi.

Download 263.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling