Moliyaviy nazorat Moliyaviy nazorat - 1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob'ekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari.
- 2. Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob'ekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari. - Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob'ektiv xos bo'lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo'lishidir.
- Moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo'nalishda qaraladi:
- barcha iqtisodiy sub'ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat'iy tartibga solingan faoliyati;
- moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta'minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas qismi.
MoIiyaviy nazoratning predmeti quyidagi moIiyaviy ko'rsatkichlardan iborat: - turIi darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
- soliq to'lovlarining hajmlari;
- xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning daromadlari;
- xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning muomala xarajatlari;
- tannarx va foyda;
- uy xo'jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
- va boshqalar.
Nazorat, o'zaro ta'sirchan hamda mustaqil bo'lgan ikki sohaga bo'linadi - davlat moliyaviy nazorati;
- davlatdan tashqari moIiyaviy nazorat.
- Davlat moliyaviy nazorati - davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda aniq boshqaruv organlari iqtisodiy huquqiy harakatining ma'lum maqsadga yo'naltirilgan tizimidir.
- Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, to'liq va uzliksiz tushib turishi va maqsadli foydalanish bilan bog'liq pul resurslari harakatining barcha tarmoqlari (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi.
Davlat moliyaviy nazorati - Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushirishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatiarini minimallashtirish bo'lsa, bunga qarama-qarshi ravishda davlatdan tashqari moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatiarni minimallashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |