Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans rnetodini tuzish 30-yillarda arnerikalik iqtisodchi V. Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va bu tadqiqotlar «xarajat -chiqarish» modeli nomi bilan rna’lurn


Download 34.25 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2023
Hajmi34.25 Kb.
#1098310
  1   2   3
Bog'liq
iq tarix



1_topshiriq
Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridmenning fikricha, fanni o’rganishda olimlarning «avtobiografiya va biografiyalariga murojaat qilish, shu yo’l bilan olimlarni aforizm va rnisollar yordarnida rag’batlantirish kerak, faqat sillogizm (deduktiv fikrlash) va teoremalar bilan cheklanmaslik zaru!».
Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans rnetodini tuzish 30-yillarda arnerikalik iqtisodchi V.Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va bu tadqiqotlar «xarajat -chiqarish» modeli nomi bilan rna’lurn. 1973yilda Nobel mukofoti laureati bo’lgan VLeontev (1906-1999) rnetodi iqtisodiyotda bir rnahsulotning boshqa turdagi mahsulot bilan to’ldirilishijarayonlarini tadqiq qilishga yo’naltirilgan.
2 topshiriq
Ma’muriy -buyruqbozlik iqtisodiyoti oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati Insoniyat XXI asrga kelib, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va soxta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda o’z aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan: 1. Bir yoqlama rivojlangan, mo’rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat. 2. Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foydalanishga hamda puxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiy tizim. 3. Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy darajadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va butlovchi qismlar, shuningdek, yoqilg’i ta’minotida markazga qaramlik. 4. Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, gO’sht-sut mahsulotlari)va boshqa xalq iste’moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi. 5. Paxta xomashyosi mahsulotlarining tashib ketilishi, oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik aharniyatga ega materiallar, jahon bozorida o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydadan O’zbekiston xazinasiga tushmaslik. 6. Iqtisodiy o’sish sur’atlari samaradorligi ko’rsatkichlarining salbiy darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi. 7. Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning cheklanganligi. 7. Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta’minlash samaradorligining pastligi. 8. Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va xo ‘jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi. Natijada, quyi bo’g’inlarda -xaridor va sotuvchi, iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog’liqlikni ta’minlashga ma’muriy rejalashtirishning salbiy ta’siri. 9. Korxonalararo raqobatning yo’qligi tufayli samaradorlikka moyillikning pastligi. 10. Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning kuchayishi. 11. Sotsialistik xo’jalik yuritishda fondlarning markazlashgan taqsimotiga asoslanganligi tufayli ko’proq resurslar taqchilligi namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida esa sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish qiyinchiligidan muhimroq hisoblanadi. 12. Korxonalarning pul mablag’lari bilan ta’minlashda yagona davlat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mablag’Iari ayianmasidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog’Ianmaganligi. 13. Daviat budjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo’g’indagi xo’jaliklar daromadiga bog’liq bo’lib, uning to’planishi va taqsimlanishi to’liq markazlashtirilgan. Korxonalarning budjetdan moliyalashtirilishi zaxiralardan samarali foydalanishni rag’batlantirmagan. Sobiq tizirn o’z iqtisodiy g’oyalarida ish kuchining qayerlardadir tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o’zidagi inson resurslariga e’tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlami arang qondirish darajasida qolib ketganligini inkor etadi. Keyinroq, I999-yilga kelib, Prezidentimiz I.Karimov bu haqda ta’kidiaganidek: «Shunday ulkan salohiyatga ega bo’igan mamlakatni kamsitadigan og’ir ahvolga solib qo’yib, u qonuniy, haqli ravishda o’ziga qarashli bo’lgan mablag’ni markazdan dotatsiya sifatida so’rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga, noinsoniy g’oya hukmron bo’igan mustabid tizim o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizirnini ishga solib, odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ulaming milliy va diniy tuyg’ularini qo’pol ravishda kamsitar edi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik, ko’plab odamlaming shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Milliy o’zlikni anglashga bo’lgan tabiiy intilishjohilona inkor etilardi.... Biz eski tizim o’z o’mini osonlikcha bo’shatib bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o’z ta’siri iskanjasidan chiqarmasligini yetarli darajada tasavvur qilishirniz va hisobga olishimiz zarur edi». Yuqoridagilarni va boshqalami hisobga olgan holda, O’zbekiston ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga o’tishni zarur deb topdi.

Download 34.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling