Iqtisodiy tahlilning turlari reja


Xo‘jalik faoliyatini joriy (retrospektiv), tezkor va istiqbolli tahlili Xo‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili


Download 1.8 Mb.
bet4/7
Sana06.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1081049
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIY TAHLILNING TURLARI

2.Xo‘jalik faoliyatini joriy (retrospektiv), tezkor va istiqbolli tahlili Xo‘jalik faoliyatining joriy (retrospektiv) tahlili.

Korxonalarning amaliy faoliyatida asosan joriy tahlil o’tkazish usuli to’la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda ularning oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi. Joriy tahlilning asosiy vazifasi xo’jalik faoliyatida erishilgan pirovard natijalarga obyektiv baho berish, foydalanilmagan ichki xo’jalik rezervlarini kompleks tarzda aniqlash va ularni kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish hisoblanadi. Joriy tahlilning asosiy vazifalarini quyidagi 5.1-chizmada ko’rish mumkin.













2.1.-chizma. Joriy tahlilning asosiy vazifalari


Iqtisоdchilаr hаmdа buхgаltеriya mutахаssislаri jоriy tаhlilni tаshkil etаdi vа оlib bоrаdilаr. Obyektlаr ko’lаmi kеng bo’lgаni uchun zаrurаt vа ehtiyojgа ko’rа bоshqа mutахаssis hаmdа хоdimlаr tаhlil jаrаyonigа jаlb qilinаdi
Joriy tahlilning keng ko’lamda qo’llanishiga quyidagilar sabab bo’ldi: birinchidan, tahlilning barcha vazifalari biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligi, uning bajarilishini nazorat qilish, xo’jalik faoliyatida erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish, mehnat, moddiy va moliya resurslaridan samarali foydalanish va hokazolar joriy tahlil zimmasiga tushadi; ikkinchidan, joriy tahlilning keng ko’lamda qo’llanilishiga barcha korxonalarning tasdiqlangan yagona hisobot shakllariga asosan yuqori tashkilot, statistika, moliya va soliq organlari, davlat bankiga hisobot topshirish vazifasining zarurligi; uchinchidan, joriy tahlilning bajariladigan tahliliy ishlarda tutgan salmog’i 90 foizni tashkil qiladi, chunki dastlabki va tezkor tahlilni o’tkazish usuli hali to’la ishlab chiqilmagan; to’rtinchidan, joriy tahlilda korxonaning xo’jalik faoliyati chuqur, har tomonlama o’tkaziladi, chunki xodimning ixtiriyorida barcha tahliliy axborotlar manbai muhayyo; beshinchidan, xo’ jalik faoliyatini tahlil qilish tarixan joriy tahlildan boshlangan; oltinchidan, iqtisodiy oliy o’quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash ham joriy tahlil asosida olib boriladi.
Joriy tahlilning dastlabki va tezkor tahlildan ustunligi shundaki, uni o’tkazishda axborotlar tizimi sistemali va kompleks xarakterga ega bo’lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va statistika hisobotlariga asoslanadi. Joriy tahlilning kamchiligi shundan iboratki, tahlil xo’jalik faoliyatida kamchilik va xato ro’y berib bo’lgandan so’ng boshlanadi.
Tezkor tahlil korxonaning xo’jalik faoliyatini boshqarishda shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda qo’llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida ro’y bergan chetga chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko’radi. Tezkor tahlilning asosiy vazifasi topshiriqlarni muntazam nazorat qilish, mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini kunda aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o’z vaqtida aniqlash va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish hisoblanadi (5.2-chizma).













Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling