Iqtisodiy tahlilning turlari reja
Download 1.8 Mb.
|
IQTISODIY TAHLILNING TURLARI
Texnik-iqtisodiy tahlil. Ushbu tahlil kompleks iqtisodiy tahlil va muhandislik tahlilning birikishi asosida hosil bo’lgan. Texnik-iqtisodiy tahlil 3 yo’nalishda olib boriladi: a) ishlab chiqarishning texnik darajasini tahlil qilish; b) ishlab chiqarishni
tashkil qilish, mehnat va boshqaruvni tahlil qilish; v) ishlab chiqarilgan mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish. Korxonaning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish darajasi, ilg’or texnologiya jarayonlarini joriy qilish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, qo’l mehnatini to’ la mexanizasiyalash, zamonaviylashtirish kabi masalalar kiradi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat va boshqaruv masalalarini tahlil qilish jarayonida qo’llanilayotgan boshqaruv shakllarining progressivligi (ilg’orligi), boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv shakllarining ilg’ orligi, boshqaruv tizimining samaradorligi, boshqaruv apparatini qisqartirish kabi yechimlar hal etiladi. Mahsulotning texnik darajasini tahlil qilish jarayonida iste‘molchilar talablarini hisobga olgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, ularning texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlari respublikamizda va chet ellarda ishlab chiqarilgan eng yaxshi (yuqori) namunalari bilan taqqoslash. Mahsulotning texnik darajasi ularni attestatsiya qilish orqali aniqlanadi. Texnik-iqtisodiy tahlil iqtisodchilar, texniklar, muhandislar, mutaxassislardan tuzilgan kompleks brigada orqali amalga oshiriladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling