Bitiruv malakaviy ishi ishining ilmiy yangilik elementlari quyidagilardan
iborat:
- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimizni asosi ekanligini
nazariy jihatdan o’rganish;
- xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash holatiga
baho berish;
- mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish holatini
tahlil etish asosida istiqboldagi ko’rsatkichlarini o’rganish bo’yicha ilmiy
xulosa va amaliy takliflarni ishlab chiqildi.
BMI kirish, uchta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
Birinchi bob “Aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishning nazariy asoslari”
deb nomlangan bo’lib, unda aholi daromadlari turlari, tarkibi va shkllanish
manbalarini, aholi turmush darajasini yuksaltirish. O’zbekistonning ijtimoiy
siyosatning asosiy yo’nalishlarini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish asosida aholi daromadlari shakllanishiga ta’siri to’liq yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |