“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Taqsimot nazariyasi. A.Smitning taqsimot nazariyasi ishlab chiqarish nazariyasiga nisbatan unchalik ishonarli chiqmagan. Uni keyinchalik D.Rikardo va J.B.Seylar to’ldiradilar. A.Smitning taqsimot modelining zaifligi uning qiymatni tushunishdagi nuqsonlari, qishloq xo’jaligiga nisbatan fiziokratik bid’atlari, xizmat ko’rsatish sohasiga munosib baho bermasligi, kapital va mehnat evaziga daromadning shakllanishi to’g’risidagi hatosi (u foyda va foiz farqini ajratmadi, keyin unda ish haqi goh yashash vositalari minimumi qiymatiga kelib taqaladi, goh talab va taklif bilan tartiblanib turiladi) bilan bog’liq. A.Smitning taqsimot nazariyasi ko’plab sotsialistik g’oyalar uchun «manba» bo’lib xizmat qildi. A.Smit nazariyasi bo’yicha daromad uch qismga bo’linadi: ish haqi, renta va foydaga. Joriy moddiy sarflar ham pirovard natijada daromadga kelib taqaladi. («Smit dogmasi» atalmish narsa). Masalan, ko’ylakning qiymati yuqorida ko’rsatilgan daromad turlaridan tashqari gazlamaning qiymatini ham o’z ichiga oladi. Lekin gazlama konkret ishlab chiqaruvchidan xarid qilingan va uni sotishdan tushgan tushum ham daromadga va xom ashg’ (ip) to’lovlariga bo’linadi. Ipning qiymati esa o’z navbatida ish haqini, rentani va foydani o’z ichiga oladi. Pirovard natijada hammasi daromadga kelib taqaladi, deb hisoblaydi A.Smit. U uch sinfni ajratib ko’rsatib beradi (daromadlar manbai mezoniga muvofiq): ishchilar, er egalari va kapitalistlar. Bu sinflar vakillarining daromadlari yig’indisi jamiyatning milliy daromadini tashkil etadi. Demak, milliy daromad uchta ishlab chiqarish omili (mehnat, er va kapital) ishtirokida yaratiladi. Daromadning boshqa turlari (xizmat ko’rsatish sohasidan, davlat xizmatidan keladigan) - ikkilamchi, milliy daromadni qayta taqsimlash tufayli vujudga keladi, ya’ni ishchilar, er egalari va kapitalistlar daromadidan to’lanadi. A.Smitning o’zi taqsimot sohasini juda yaxshi (ideal) tashkil etilgan deb hisoblamaydi (ayni chog’da, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi tabiiy tartib uni to’liq qoniqtirgan bo’lsada). Uning tasdiqlashicha, «renta va foyda ish xaqini eb tashlaydi va .yuqori sinflar quyi sinflarga zulm o’tkazadi». Kapitalistlar ishchilar bilan savdolashishda ustunlikka ega, negaki kapitalistlar bir-ikki yil ularsiz yashay oladilar, ishchilar esa doimiy daromad olishga muxtoj. Mehnat bozorida kapitalistlarning ustunlik holati natijasida mehnat xaqi normasi ishchi oilasi uchun zarur bo’lgan yashash minimumi darajasiga intiladi. Mazkur qoida «ish haqi fondi» (g’ki «ish haqining temir qonuni») kontseptsiyasi nomini olgan. Bunda shu narsani hisobga olish zarurki, ya’ni A.Smit qayd qilib o’tgan «mehnatning tabiiy bahosi» nafaqat jismonan yashab ketishini taqozo etadi, balki normal yashash shart-sharoitlarining bo’lishini (ular turli mamlakat va davrlarda har xil bo’ladi) ham ko’zda tutadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling