“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
A.Navoiyning iqtisodiy g’oyalari. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida iqtisodiy g’oyalar muhim o’rin egallaydi. Unda asosan tijorat, savdo muammolari ancha mukammal g’ritilgan. Navoiy asarlarida savdo faoliyati ma’qullanadi, ammo tovlamachi va chayqovchilik qattiq tanqid qilinadi. U mehnatning inson va jamiyatdagi o’rniga, do’stlikka yuksak baho bergan. Alisher Navoiy (1441-1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o’z davrining sig’siy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini 32 barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik xis tuyg’usini uyg’otish zarurligini yaxshi tushingan. Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari «Hiloliya» hisoblanadi. U shaxsning tarixdagi roliga katta e’tibor berib, mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat xukmdorining akl-idroki va qobiliyatiga bog’liq deb aytib beradi. Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa iqtisodig’t, tarix, falsafa va sig’siy fanlarni mukammal bilsa, o’zi boshqarag’tgan mamlakat obod va badavlat bo’ladi, agar teskari bo’lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo’ladi, deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining roli katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o’tadi. Navoiy mamlakat iqtisodig’tini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga alohida e’tibor berdi. Milliy daromadning asosiy qismini qishloq xo’jaligida etishtirilar edi. Uning fikricha Markaziy Osig’ sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois juda ko’p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan erni kengaytirishga uning unumdorligini oshirishga katta e’tibor berildi. Navoiy boylikni ikki yo’l bilan topish mumkin deydi. Birinchi yo’l - bu o’z mehnati bilan boylik to’plash, yig’ish va o’ziga to’q yashash. Bunday boylikni u qo’llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo’lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtig’jlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy ko’pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko’prik va boshqalarni o’z hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo’li - bu o’g’irlik, ta’magarlik va zo’rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirishga keskin qarshi chiqdi, qoraladi. Alisher Navoiy o’zining «Mahbub-ul-qulub» (1500 y.) asarida jamiyatning boyishida savdo-sotiq, tijorat ishlari muhim rol o’ynashi haqidagi iqtisodiy g’oyani merkantilistlardan bir asr ilgariroq asoslab bergan ekan “Savdogar, -deb yozadi buyuk allomamiz, - yolg’iz foydani niyat qilmasligi”, “savdo qilib foyda topaman, deb ortiqcha kema surmasligi”, “mol va pul ko’paytiraman, deb jonsarak bo’lmasligi kerak”, “savdogar boj-xirmi berish o’rniga o’z molini yashirib, o’z obro’sini to’kmasa yoki topgan-tutganini merosxo’rlari sotib sovurishi uchun to’plab qo’ymasa yoki biror yomon hodisa qo’zg’ash uchun sarflamasa, jamg’armasi yaxshi bo’ladi”. Allomaning savdogarlar to’g’risidagi ushbu fikrlari xuddi bugun bizning savdogarlar va tijoratchilar uchun aytilayotgandek tuyuladi. Mamlakatdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Uning fikricha dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko’paytirishda muhim o’rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to’g’risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon erni g’rish bilan rizq yo’lini ochuvchidir». U yozadi, “Olamning obodonligi dehqondan, mehnat ahli shodon, ular shodon”. “Dehqon qanday ekin ekishga qilsa harakat – elga ham oziq-ovqat etkazar, 33 ham barakat”. Shu bilan birga u dehqon mehnatini ulug’lab, uning moddiy boylik yaratishdagi hatti harakatini quyidagicha tasvirlab berdi: «Har ne qilsalar harakat, Xalqqa ham etar ovqat ham barakat». Navoiy ijtimoiy hag’tga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida qaraydi. Uning fikriga ko’ra, kishi yakka holda hech narsa ishlab chiqara olmaydi. U biron narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda bo’lishi kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo’lsa, hunarmandlarga non kerak, dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulollari zarur. Dehqon mehnatini mahsulini novvoy, unfurush, qo’shchi va o’roqchi, mashshoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga muxtoj. Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha, dehqon mehnati bilan o’z ehtig’ji uchun zarur bo’lgan mahsulot miqdoridan ko’ra ko’proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy ne’matlar bilan ta’minlaydi. Uning mana shu fikri fiziokratlarning qo’shimcha mahsulot faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi degan fikriga mos tushadi. Navoiy qishloq xo’jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi, degan ilg’or fikrini ilgari suradi. Bu fikr o’sha davr, ya’ni feodalizm rivojlangan, uning negizini dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to’g’ri fikr bo’lib qolmaygina, balki tarixiy haqiqat hamdir. Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritag’tgan savdogarlar, ya’ni olib sotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan. Uning fikricha, olib sotarlar «o’ziga foyda va boshqalarga qaxat istovchi ... arzon olib qimmat sotish», ya’ni xalqni zarari hisobiga foyda ko’ruvchilardir. Navoiy intelektual mehnatni, ya’ni olimlar va boshqa shu kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko’rsatib berdi va ularni o’z mas’uliyat va burchlarini sezishga chaqirdi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling