“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
 
 
Taqrizchilar: TDIU "Iqtisodiy tarix" kafedrasi mudiri:
i.f.d., prof. A.Razzoqov. 
 
 
TMI, 2003



KIRISH 
 
 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi iqtisodiy fanlar tizimida alohida o’rin tutadi. U 
iqtisodiy nazariyani to’ldirib borgach, mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni 
tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o’ynaydi. 
Adabiyotlarda fanga quyidagicha ta’rif beriladi: iqtisodiy ta’limotlar tarixi turli 
tarixiy davrlarda olimlarning asosiy iqtisodiy qarashlari tizimining paydo bo’lishi va 
rivojlanishining tarixiy jarayonini o’rganadi. Bu shu narsani bildiradiki, iqtisodiy 
ta’limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro etilgan quldorlik 
davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini, barcha tarixiy 
davrlarni o’z ichiga oladi. 
Mustaqillikka erishgan jumhuriyatimiz milliy madaniyatining tezkorlik bilan 
rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo’lish madaniy merosimizni keng 
va chuqur hamda ilmiy asosda izchil o’rganishimizni taqozo etadi. Ma’lumki, uzoq 
o’tmishga ega bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari tarixi o’z boshidan turli voqealarni, 
ko’tarilish va susayish davrlarini kechirgan. Bu darvlar tarixda shubhasiz ma’lum iz 
qoldirgan. Xususan, madaniyatimiz taraqqiyotida IX-XII asrlar katta rol o’ynaydi. Bu 
davr O’rta Osiyo xalqlarini dunyo madaniyatida mashhur qildi. Chunki O’rta Osiyo 
xalqlarining bu davrda qo’lga kiritgan madaniy yutuqlari, ilm-fan sohasidagi 
yangiliklari dunyo madaniyati ilm-fan rivojining ajralmas halqasini tashkil etadi.
1
XII-XIV asarlarda Italiyada Muxammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, 
Marvoziy, Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd kabi mashhur Sharq olimlarining asarlari 
lotin tiliga tarjima etildi, arab ilmiy yutuqlarini o’rganishga intilish tugaydi. Bu 
asarlar Evropaga keng tarqaldi. 
O’rta Osiyo ilm-fan, ma’naviyat, tarixda misli qurilmagan namunalar yaratdi. 
Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Firdavsiy, Rudakiy, Buxoriy, Ahmad 
Yugnakiy, Maxmud Qashg’ariy, Zamaxshariy kabilar shu darv madaniy 
yuksalishning qoyalari, cho’qqilaridir. Xattoki arab xalifasi Ma’mun O’rta Osiyo 
1
M.M.Xayrullaev. O’rta Osiyoda IX – XII asrlarda madaniy taraqqiyot. T., «Fan» 1994. 9-10 betlar. 



olimlarini xalifalikning markaziga olib ketgani va ular Bag’dod akademiyasining 
ko’rki bo’lib, ilm uchun xizmat qilganliklari tarixdan ma’lum. 
Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog’liq. Jamiyatning 
rivojlanishida uning roli juda katta. Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiyotda sodir 
bo’ladigan jarayonlarni passiv aks ettirmaydi, balki ularga muayyan ta’sir ko’rsatish 
yo’li bilan ijtimoiy rivojlanishning tezlashishiga yoki sekinlashishiga olib keladi. 
Hammaga ma’lumki, ko’pchilik kontseptsiyalar (masalan, yangi klassik yoki 
keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi. 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o’rganiladi. 
Shu bilan birga shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi 
zamonaviylikka yo’naltirilgan. Bu ko’rilayotgan muammolarning hozirgi kundagi 
faolligi bilan ifodalanadi. O’tgan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlarni to’la 
qondira olmaydi, qolaversa bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlarni o’rganish uchun 
amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to’la hal 
etishda o’tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o’tgan 
donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to’g’risida to’g’ri xulosa 
chiqarish va yangi g’oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Tarixiy tajriba shunisi 
bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq 
tushunishga yordam beradi. 
Davlatimiz rahbarining ko’rsatmasi ilm-fanning hamma sohalarida buyuk 
ajdodlarimiz qoldirgan mo’’tabar ma’naviy ne’matlar va ilmiy qadriyatlarni tadqiq 
qilib, o’zbek xalqining bugungi avlodiga etkazib berishga da’vat etadi. Tabiiyki, buni 
milliy qadriyatlaridan biri - tarixiy-iqtisodiy g’oyalar, ta’limotlar, qarashlardir. Buyuk 
ajdodlarimizning tarixiy-iqtisodiy ta’limotlarini o’rganish, tadqiq etish, ularni 
bugungi iqtisodiy islohatlarga xizmat qildirish, yosh avlodning iqtisodiy tafakkurini 
allomalarimiz iqtisodiy merosi ruxida tarbiyalashimiz har qachongidan dolzarbroq 
bo’lib qoldi. Ma’lumki, zamonaviy iqtisodiy tafakkur, uning tarkibiy qismi bo’lgan 
bozor iqtisodiyoti ilmni o’rganishda, ayniqsa, davrimiz ruxi talablariga mos keluvchi 



iqtisodchi kadrlar tayyorlashda “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani o’rni va ahamiyati 
beqiyos.
1
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha mazkur ma’ruza matnida iqtisodiy 
fikrlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, o’rta asr davridagi iqtisodiy fikrlar, ayniqsa 
Sharq musulmon dunyosidagi iqtisodiy fikrlar ko’proq ko’rib chiqildi. Shuningdek, 
ma’ruza matnida klassik iqtisodiy maktab tahlili va §arbiy Evropa iqtisodiy fikrlari 
keng o’rin oldi. 
O’rganilayotgan mavzularning mohiyatini yaxshiroq tushunish va olgan 
bilimlarni mustahkamlash maqsadida har bir matndan keyin tayanch iboralari va 
qo’llanma oxirida test savollari berildi.
1
Q. Yo’ldoshev, Q. Muftaydinov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan. T.,2000, 3-4 betlar


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling