“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
«Avesto» iqtisodiy fikrlari.
«Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi». Islom Karimov 8 Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari (ajdodlarimiz) miloddan ancha ilgari rivoj topgan. Buni dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri - Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan «Avesto» ham isbotlaydi. Olingan ma’lumotlarda «Avesto» kitobining muallifi Zardusht (m. o. 589-512 y.) bo’lganligi qayd etiladi. U Markaziy Osiyo hududida faoliyat ko’rsatgan ilohiyatchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo’lgan. “Avesto”ni tadqiq etgan ko’pchilik olimlar uni O’rta Osiyoda paydo bo’lgan xulosaga keladilar. Xususan, zardo’shtiylik to’g’risida mukammal asar yaratgan ingliz olimi Meri Bays “Avesto”ni Amudaryo sohilida paydo bo’lgan deb hisoblaydi. Nemis olimi F.Al’txayn ham shunday fikrda bo’lgan. “Avesto” turkizamin xududlarida, aniqrog’i Xorazm vohasida vujudga kelgan eng qadimiy din, zardo’shtiylikning muqaddas kitobidir. Unda O’rta Osiyo, Erkin, Ozarbayjon, Afg’oniston, Shimoliy Xindiston xalqlari ajdodlarining iqtisodiy va qadimiy ilohiy tasavvurlari, falsafiy-ahloqiy qarashlari o’z aksini topgan. Bu asarga ko’ra, diniy e’tiqodning etakchi tushunchalari tarixiy shaxs Zaratushtra nomi bilan bog’liq ravishda berilgan. «Avesto»da Zaratushtra urug’ining nomi, ota va onasining ismlari, oilasi va farzandlari haqida ham ma’lumotlar bor. U kohinlar oilasida tug’ilgan va o’rta hol xayot kechirgan. U Spitama avlodidan kelib chiqqan, uylangan, farzandlari bo’lgan. Abu Rayxon Beruniy hisobiga ko’ra Zaratushtra milloddan avval 592 yilda tug’ilgan va u 77 yoshda vafot etgan. «Avesto»ning hozirgi bizga ma’lum bo’lgan qadimiy nusxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, Kopengachenda (Daniya) saqlanmoqda. 1 «Avesto» boshidan oxirgacha er yuzida adolat qaror topishi uchun kishilarning rangidan, tilidagi va urf-odatlaridagi farqlaridan qat’iy nazar ularning ro’shnoli hayoti uchun kurashuvchi jasur, halol, pok insonlarni shakllantirish va tarbiyalash g’oyasi bilan sug’orilgan. Unda xalqlarning qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to’g’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o’z aksini topgan. «Avesto»da Er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o’ralganligi haqida yozilgan. Unda 16 mamlakatning nomi ko’rsatilgan bo’lib, ulardan to’qqiztasi (masalan, Sug’diyona, Marg’iyona, Nisoya, Gurgon, Varana va boshqalar) Markaziy Osiyo hududiga joylashgan. «Avesto» shakllanishi davrida kishilik jamiyati ilgarilab rivojlana bordi. Ko’chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o’rnini o’troq yashash egallay boshladi, sug’oriladigan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik borgan sari taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo’lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko’rsata bordi. Ana shu o’troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar keltirayotgan ko’chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ko’rsatib berishda «Avesto»ning ahamiyati kattadir. «Avesto»da «… erga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q…» deb, xalq xo’jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko’rsatib beriladi. «Olam go’zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, kimki erga urug’ 1 «Avesto» - ulkan ma’naviy meros. T., 2001 y. 4 bet. 9 qadabdiki, u odamiylikka iymon keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir», deyiladi unda. Qo’riq va bo’z erlarni o’zlashtirish, uni jamoa o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Asarda oziq-ovqat tayyorlash, uy xayvonlarini va chorva mollarini ko’paytirishga ham alohida e’tibor berilgan. «Avesto»da er, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish og’ir gunoh hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga, atrof muhitga vaxshiyona munosabatda bo’lmaslikka chorlaydi. Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda shunday deyiladi: «g’mon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat bolalarga ega bo’ladi… g’mon ovqatlanishdan odob-ahloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bu erda biz sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritilganligini ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar, ajdodlarimiz Qadimgi Dunyo madaniyatida yuqori yutiqlarga erishganligidan dalolat beradi. Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning tugatilishi davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» miloddan avvalgi IX-VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayot haqida g’oyat muhim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy boyligidir. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling