“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
23
3. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar va allomalarning ta’limoti tarixi. (Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, A.Temur, A.Navoiy). O’rta Osig’ mustaqil davlatlarining tashkil topishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va madaniyatining yana ham rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. X²² asrdan boshlab arab manbalari Ovrupoda, Ispaniyada lotin tiliga tarjima etila boshladi. Natijada Evropa mamlakatlari ham bu yutuqlardan baxramand bo’ldilar. Bu davrda O’rta Osiyo, butun musulmon dunyosi madaniyatiga qadimgi yunon ilm-fani, madaniyatining ta’siri ham kuchaydi. Ma’lumki, eradan oldin IV asrlarda Makedoniyalik Ispander (Aleksandr Makedonskiy) tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi natijasida bu erda deyarli bir yarim asr davomida Selevkitlar boshchiligida grek-makedoniya davlati xukmron bo’lgan edi. Bu O’rta osiyo xalqlarining qadimgi yunon madaniyati bilan birinchi bor tanishuvchiga sabab bo’ldi. Lekin IX asr oxiri – X asr boshlaridagi arab xalifalaridagi madaniy yuksalish qadimgi yunon madaniyati boyliklarining butun musulmon mamlakatlari, jumladan, O’rta Osiyoda ham keng tarqalishiga olib keldi. Xorun ar-Rashidning o’g’li ma’mun xalifalik o’rnini egallashdan oldin, ma’lum vaqtgacha Marv shahrida yashab Xurosni va O’rta Osiyoda xukmronlik qildi. U ilm-ma’rifat ahliga katta e’tibor berib, sariyiga olimu fozillarni, qo’lyozma asarlarni to’pladi, maxsus tarjimonlar qadimgi xind, yaxudiy, fors, ayniqsa yunon tilidagi ko’p asarlarni arab tiliga tarjima qildilar, ularni keng o’rganish, sharhlash ishlari yo’lga qo’yildi. Saroy qoshida “Donilik uyi” – “Baytul hikma” (o’z davrining akademiyasi) tashkil etilib, boshqa tillardagi ayniqsa yunon tilidagi ilmiy tatqiqotlarni o’rganish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Bu tarjimalar tufayli qadimgi yunoning mashhur mutaffakkir olimlari Ploton Aristotel Evklid Plotin Argimed Galen Gipokrat Porfiriy Sokrat kabilarning falsafa riyoziyot falaqiyot tabobat she’riyat mantiq ilmi va ruxshunoslikka oid asarlari musulmon olamida keng tarqaladi. Musulmon olimlari bu boy merosning asosiy merosxo’ri bo’ldilar. Shunday qilib VIII-XII asrlarda o’rta asr musulmon madaniyatining shakllantirishni rivojlanishi va yuksak guruhlarga ko’tarilishda madaniyatlarning o’zaro ta’siri qolishuvchi muxim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu davrda moddiy madaniyat iqtisodiy aloqalarning rivojlanishini asosida turli sohalar yuksaldi. O’rta Osig’ X-XIV asrlarda Sharqda ilg’or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir markazga aylandi. Bu davrda dung’ga mashhur bo’lgan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib va boshqa ko’plab olim va shoirlar etishib chiqdi. Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar ham o’z aksini topgan. Biz ularni quyida ko’rib chiqamiz. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling