“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
2. Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy fikrlar. “Artxashastra”dagi ilgari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
10
2. Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy fikrlar. “Artxashastra”dagi ilgari surilgan g’oyalar. Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy manbai bo’lib «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Qadimgi Xindiston iqtisodiy g’oyalarni ilgari surilgan asar, shubhasiz, «Hammurani qonunlari» to’plamidir. Bu tarixiy manba eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilen)da podsholik qilgan Hammuraniga tegishlidir. Asrdagi iqtisodiy g’oya shundaki, mulkchilik va unga egalik shakllari bayon qilingan, adolatli iqtisodiy munosabatlar qurish lozimligi ko’rsatilgan. 1 Masalan, aholi erlarini tortib olish, sotib olish taqiqlangan, sudxo’rlik cheklanib, ma’lum chegaradan ortib ketmasligi qonunlashtirilgan, qonunlarda qishloq xo’jaligini rivojlantirish rag’batlantirilgan, mehnatsiz daromad topishga ruxsat berilmagan, xususiy mulkchilik e’tirof etilgan va boshqalar mulkiga ko’z olaytirish, unga zarar etkazish qoralangan. Uni podsho Chandraguptining maslaxatchisi Kautilya g’zgan deb taxmin qilinadi. Bu atoqli asar 15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi - foyda, moddiy manfaat, «shastra» - ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsatmalar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga bag’ishlangan, uchinchi va to’rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi sig’sat usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to’g’risida so’z yuritiladi. «Artxashastra»ning eng boshidag’q podsho to’rtta «ilmni» bilishi zarurligi to’g’risida fikr yuritiladi. Uning bittasi iqtisodig’t hisoblanadi. «Iqtisodig’t» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida ko’riladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha davlat yangi mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u erlarga o’rnashtirish ishlarini amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga er soliq to’lash sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, xunarmand mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning sig’sati erni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. «Davlatning kuchi, - deyiladi asarda,- odamlardan tashkil topgan. Odam yashamaydigan er esa, naslsiz sigirga o’xshaydi - undan na sut sog’ib olib bo’ladi». «Artxashastra»da davlatning manfaatini ko’zlagan holda, xo’jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z erini ishlatmasa g’ki g’mon ishlasa uning erini tortib olish va yaxshi ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi. Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini ko’rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan tovar zahirasi bo’lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini ta’minlashga erishiladi. 1 Q.Yo’ldoshev, Q.Muftaydinov. Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan. T., 2000. 21,22 betlar . 11 «Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda tutilgan. «Sug’orish sistemalarini qurish, - deyiladi unda,- hosilning manbai hisoblanadi...» Sug’orish sistemasiga etkazilgan har qanday zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga mahkum etish tavsiya etiladi. «Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini echishga katta ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jaliklari foydasidan, har turli soliq va boj to’lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga mablag’ ajratib kelgan. Davlat xo’jaligi va soliq tizimi bilan bog’liq bo’lgan moliya idoralarining to’g’ri ishlashi uchun, «Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-kitob xujjatlari olib borilish zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi chinovniklarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu erdagi o’g’irlikni aniqlash juda qiyin bo’lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o’g’irlashning 40 xil usulini ko’rsatib beradi va ayg’r chinovnikning xiylasini bilishdan ko’ra, osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib o’tadi. «Suvda suzib yurgan baliq, o’sha suvdan ichayaptimi yo’qmi bilib bo’lmaganidek, ishga berkitilgan chinovnik mulkni o’zlashtirayaptimi yo’qmi aniqlab bo’lmaydi», deyiladi asarda. Shu boisdan suiiste’mol qilishning har xil usullarini o’rganib olmasdan avval, chinovniklarni tez-tez o’zgartirib turish tavsiya etiladi. Iqtisodiy sig’sat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti aktiv balansini saqlashga - «daromadlarni ko’paytirish va xarajatlarni kamaytirishga» dav’at etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko’rsatib berdi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling