“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Ko’xna Vavilioniya iqtisodiy fikrlari
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Ko’xna Vavilioniya iqtisodiy fikrlari.
Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Vavilioniya bo’lgan. Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. 6 Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko’proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning ba’zilari sudxo’rlar to’riga ilinib, xonavayron bo’ldi va qullarga aylandi. To’la huquqli bo’lmagan (qaram) kishilar qatlamining ancha ko’payib borishi vujudga kela boshladi. Harbiylar va soliq to’lovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarag’n davlatni zaiflashtirgan. Jamiatdagi erkin kishilarni sudxo’rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarni davlat tartiblashi zarurligi kuchaydi. Davlat bu vazifalarni qonunchilik yo’li bilan hal qilishga uringan. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazardan Eshnunn podshoxi qonunlari (m.o. XX-XIX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.) ancha diqqatga sazovor. Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o’rnatishdan boshlanadi: “1 gur (o’lchov birligi, ba’zi ma’lumotlarda 300, ba’zilarda esa – 252,6 l. teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g) kumushga … 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog’ (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba’zi ma’lumotlarda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut yog’i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga …” va boshqalar ko’rsatilgan. Birinchi paragrafda arpa, yog’, teri, tuz, mis va boshqalarning kumushdagi narxi o’rnatilgan (mahsulotlar shunday miqdorda olinishi kerakkki, ularning qiymati 1 siklga teng bo’lsin); ikkinchi paragrafda har xil turdagi yog’ning arpadagi narxi ko’rsatilgan. Demak, asosiy umumekvivalent sifatida arpa bo’lgan. Buning ustiga ushbu ekvivalentlar o’rtasida qat’iy muvofiqlik o’rnatilgan. Birinchi navbatda arpaning kumushda ifodalangan narxining ko’rsatilishi tasodifiy emas. Qat’iy narxning o’rnatilishi qonun tuzuvchilarga g’llanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdorini, foiz normasini, tarbiya uchun to’lov va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik foiz normasi kumushda 20 % va donda 33 1/3 % tashkil etgan. Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X-VIII asr m.o.) sudxo’rlik foiz normasi tez-tez 100 %gacha ko’tarilib turgan. Eski Vaviloniyadagi uncha ko’p bo’lmagan foiz normasi davlatning nafaqat mamlakat xo’jaligi hag’tiga aralashuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. Qadimgi Misr iqtisodig’ti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural bo’lgan. Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o’ynagan. Qadimgi Vaviloniyada Xammurapi (m.o. 1792-1750 y.) podsholik qilgan davrda tayg’rlangan qonunlar to’plami ancha obro’ qozongan.U nafaqat bir qator qadimgi huquq normalarini qayta ishlab chiqqan, balki milodiydan avvalgi XVIII asrga qadar Qadimgi Mesopotamiyada tarkib topgan sotsial-iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga solishga harakat qilgan. Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo’yicha 282 moddani o’z ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda xo’jalik hag’tiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Vavilon fuqarolarining mulkini himoya qilish, ijara, sudxo’rlik va ishga g’llash savollari ko’rib chiqilgan. Qonundagi asosiy narsa Vavilon fuqarolarining mulkini himoya qilish g’ki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda «kuchlilar kuchsizlarni surib 7 chiqarmasinlar«. Bunda asosiy e’tibor saroy, ibodatxona mulkini hamda vavilonlik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda harbiylarning mulkini himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlariida ularning ulushi (erlari) sotilishi man etiladi. «Sipoh g’ki soliq to’lovchiga tegishli bo’lgan dala, uy, bog’, - deyiladi qonunda, - kumushga sotilishi mumkin emas,». Bundan tashqari, qonunda aytilishicha, o’z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan vavilonlik fuqarolar o’z vataniga qaytgach erkinlikka erishadi. Qonunda sudxo’rlar zo’ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham mavjud. Hosil kam bo’lgan paytlarda qarzlarni to’lash muddatini bir yilga cho’zishga ruxsat berilgan (qo’shimcha foiz to’lovisiz). Xammurapi qonunlarida sudxo’rlar o’z xolicha, qarzdorlarning ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular qat’iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33 1/3 %) foiz normasini aniq belgilab bergan. Xammurapi kodeksida tutqunlarga nisbatan g’mon munosabatda bo’lgani uchun sudxo’rlarni hatto jazolash (shu jumladan qonuniy yo’l bilan ham) ko’zda tutilgan. Sudxo’rlikning keng rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muxlatining uch yil bilan cheklanishidir (to’rtinchi yili unga erkinlik berilishi lozim bo’lgan). Biroq sudxo’rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo’lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish g’ki yashash vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi bo’lmagach, ozod qilingan qarzdor yana qaytib sudxo’rga murojaat qilishga majbur bo’lgan. Xammurapi qonunlarida g’llanma munosabatlarni tartibga solishga katta e’tibor berilgan. Uning juda ko’p turdagi shakllari ko’rib chiqilgan bo’lib, hatto g’llanma mehnat uchun to’lov miqdori ham aniq qilib ko’rsatib berilgan. Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashish bo’lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan erga bo’lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Shunday qilib, eski Vavilon podsholigi qonunlarida davlat tartiblashining va aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning turli shakllari ko’zda tutilgan. Ular real iqtisodiy jarag’nlarga, tovar-pul munosabatlarini rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar Osig’dagi boshqa mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol o’ynaydi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling