“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
U.Pettining iqtisodiy ta’limoti
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
48
U.Pettining iqtisodiy ta’limoti. Uilyam Petti (1623-1687) - Angliya klassik sig’siy iqtisodining asoschisidir. K.Marks so’zi bilan aytganda U.Petti «Sig’siy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak bilimli odam bo’lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida xunarmand-matochi oilasida tug’ildi. O’n to’rt g’shida ota kasbini egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada g’llanma moryak (yunga) bo’lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o’tgach taqdir taqozosi bilan og’g’i sinib qolgan U.Petti Frantsiya hududidagi bir qirg’oqqa qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o’lkalarda lotin tilini bilganligi tufayli, u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida moddiy jihatdan ta’minlandi. Kollej unga frantsuz va grek tillarini, matematika, astronomiyani o’rganishga imkoniyat yaratib berdi. 1640 yili kollejni bitirib, U.Petti Londonga qaytib keldi. Keyinchalik Oksford universitetida tibbig’t sohasida taxsil oldi. 1650 yili 27 g’shida U.Petti fizika bo’yicha doktorlik darajasini oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo’lib ishladi. U.Petti iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan «Soliqlar va yig’imlar to’g’risida traktat» (1662y), «Donishmandlarga so’z» (1665y), «Irlandiyaning sig’siy anatomiyasi» (1672y), «Sig’siy arifmetika» (1683y) va boshqa asarlarni g’zdi. U.Petti dastlab o’z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g’oyasini va sanoatni rag’batlantirish maqsadida davlatning iqtisodig’tga faol aralashuvini qo’llab quvvatladi. U iqtisodiyotni o’rganishda yangi usulni qo’lladi, ko’rinib turgan voqealarni sharxlashdan ularning mohiyatini tahlil etishga o’tdi. Uning tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish muammolarini tahlil etishga ahamiyat berdi. Uning fikricha, boylikni vujudga kelishi va ko’payishi ishlab chiqarish faqat moddiy ne’matlar yaratish sohasida ro’y beradi – bu savdo kapitalini ishtiroksiz vujudga keladi. U.Pettining izlanish tadqiqot usulida empirizm elementlari bo’lishiga qaramasdan (bu masalan, er bahosini talqin etishda ko’rinadi), davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvini qisman qo’llaydi. (mamlakatdagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin iqtisodiyot tamoyillarini qo’llaydi va merkantilistlardan farqli ravishda pul muomalasi hamda savdoni erkinlashtirish tarafdori bo’lgan. Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot ob’ektini o’zgartirdi va asosiy e’tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling