“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
2. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
52
2. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti. Frantsiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646-1714) hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi professional iqtisodchi-olim bo’lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga o’xshab huquqshunoslikdan ta’lim oldi. 31 g’shida Normandiyada sudyalik lavozimini egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining oxirigacha ishladi, faqat o’limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o’g’liga topshirib ketdi. Sinchkov aql, jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P.Buagilberda mamlakatning iqtisodiy muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri XVIII asrning boshidagi Frantsiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga bo’lgan qiziqish o’yg’otdi. U o’zining birinchi islohotlar to’g’risidagi mulohazalarini (merkantilistlarga qarshi) 50 g’shida g’zgan «Frantsiyadagi vaziyatning mufassal tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy usullari...» asarida e’lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantilizm iqtisodiy sig’satini qattiq tanqid qildi. Bu sig’satning boshida o’sha davrdagi Lyudovik XIV qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U Frantsiya tovarlari eksportini rag’batlantirishni, Frantsiyaga keladigan import tovarlarni esa cheklashni, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda bir butun milliy iqtisodig’tga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Iqtisodig’tdagi salbiy holatlarni bartaraf etish yo’llarini aniqlash P.Buagilberning keyingi, XVIII asrning boshida chop etilgan asarlarining ham asosiy vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkantilizmni tanqid qilishni davom ettirdi, islohotlar zarurligini asoslab berdi, iqtisodiy o’sishning va davlat boyligining asosi deb bilgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida e’tibor qaratdi. Bunday ko’z karash Frantsiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asrning yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o’sha davrda sotsial-iqtisodiy rivojlanishdagi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi rolini targ’ibot qiluvchi fiziokratizm ancha kuchaygan edi. 1707 yili P.Buagilberning «Frantsiyani qoralash» asari chop etildi. Unda Frantsiyaning kambag’allik holati ko’rsatildi, merkantilistik sig’sat qoralandi. Iqtisodiy islohotlar o’tkazish to’g’risida yangi g’oyalar ilgari surildi. Biroq ular o’zi ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e’tiborga olinmadi, qo’llab quvvatlanmadi. Frantsiyaning XVII asr oxiri – XVIII asr boshidagi sotsial-iqtisodiy axvoli klassik iqtisodiyotining Frantsiyadagi asoschilaridan biri bo’lgan Per Buagilberning iqtisodiy qarshilariga katta ta’sir ko’rsatdi. Per Lepezon-iqtisodchining asl familiyasi bo’lib, de Buagilber – bu oila pomestesining nomi edi. Per Lepezon de Buagilber dvoryan permandlik oilasidan chiqqan, u yaxshi ma’lumot olgach, adabiyot bilan shug’ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudya lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; o’z ko’zi bilan ularning nochor 53 axvoliga guvoh bo’ldi; o’zini «qishloq xo’jaligining advokati-himoyachisi» deb atadi. Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Frantsiyada bozor munosabatlarining shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo’ldi. Aynan uning asarlari merkantilistik g’oyalarning batamom obro’sizlanishi va Frantsuz klassik iqtisodiy maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo’lib xizmat kildi. U Pettidan qat’i nazar, mamlaktning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi degan kontseptsiyani ilgari surdi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling