“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Nazariy qoidalarning o’ziga xosligi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Nazariy qoidalarning o’ziga xosligi. P.Buagilberning muhim yutug’i, U.Pettiga o’xshab, qiymatning mehnat nazariyasini «asoslab» berishi hisoblanadi. Bunda u bozorda tovarlar o’rtasidagi almashuv nisbatlari mexanizmini sarflangan mehnat miqdori g’ki ish vaqtini hisobga olgan holda tahlil qiladi. Bu kontseptsiya nomukammal bo’lishiga qaramasdan (uning asosida sarfli printsip g’tadi) o’z davri uchun u, albatta, progressiv hisoblanadi, negaki merkantilistlarning bahoning shakllanishida pulning tabiiy roli to’g’risidagi kontseptsiyasidan keskin farq qiladi. P.Buagilber merkantilizmni ko’p jihatdan to’g’ri tanqid qilish bilan birga, pulning iqtisodiyotdagi rolini mensimagan holda, mamlakatning iqtisodiy o’sishida qishloq xo’jaligi rolini mutlaqlashtirdi, boylikni ko’paytirishdagi sanoat va savdoning ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni bekor kilish mumkin va zarur deb hisoblagan yagona iqtisodchi hisoblanadi, uningcha pul tovarlarning «haqiqiy qiymatlari» bo’yicha ayirboshlanishini buzadi. Birinchi Frantsuz klassigining fikri bo’yicha iqtisodig’tdagi asosiy soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq xo’jaligi hisoblanadi. P.Buagilber o’z asarlarida iqtisodig’tning «tabiiy» qonunlari to’g’risida qayd qilib o’tadi. Davlat yuqori soliqlarni joriy etish g’ki protektsionizm sig’satini qo’llash bilan ularga halaqit bermasligini tavsiya etadi. 54 4. Fiziokratizm - F.Kene - fiziokratlar ta’limotining asoschisi. Fiziokratlar (lat. - tabiat, xukmronlik) - bu XVIII asrdagi frantsuz iqtisodchilari, klassik sig’siy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Frantsiyada feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida vujudga keldi. Bu tasodifiy hol emas edi. O’sha davrda Frantsiyada manufaktura ancha rivojlangan bo’lsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo’jaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xo’jaligini iqtisodig’tning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos. Shunga ko’ra fiziokratlar tadqiqotni muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga olib o’tdilar va bu bilan kapitalistik tizimning keyingi tahlili uchun asos yaratdilar. Fransua Kene (1694-1774) - fiziokratlar maktabining asoschisidir. Frantsiyadagi klassik siyosiy iqtisod maktabi – P.Buagilberadan so’ng XVIII asrning o’rtasida fiziokratlar maktabining asoschisidir, bu maktabga katta guruh iqtisodchilaridan tashkil topdi – A.Tyurgo, V.Mirabo, V.Dyupon de Nemur, G. Letron va boshqalar. Fiziokratlar maktabi monetarizmni tanqid qildilar. Boylikni asosiy manbai tilla degan fikrli, uni asosini tashqi savdo orqali erishiladi degan kontseptsiyani noto’g’ri deb aytadilar. F. Kene va uning safdoshlari quydagi tushunchani ilgari so’ratilar. Bular fikriga boylik ist’emol qiymatlaridan tanllanadi. Pulni vazifasi muomilada ettirishdan iborat. Boylikni manbai ishlab chiqarishda, savdoda emas. Fizikratlarni yutug’i., ular qo’shimcha qiymat nazariyasini, to’g’risida to’g’ri ishlab chiqarish bilan bog’ladilar va kattalikda ishlab chiqarishni taxlil qilishlikka zamin yaratishdi. G.F.Kene har tomonlama bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida kambag’al dehqon oilasida dung’ga keldi. U g’shligidan tibbig’tga qiziqdi va bu sohada ta’lim oldi. Keyinchalik tibbig’t amalig’ti unga shuhrat keltirdi. 1752 yilda Kirol Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi. Tibbig’t va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodig’t muammolari bilan oltmish g’shidan boshlab bevosita shug’ullana boshladi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha o’sha erda yashadi va ijod qildi. F.Kenening «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» nomli dastlabki iqtisodiy maqolalari Didro va D.Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus» da e’lon qilindi. 1758 yilda uning asosiy asari «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. F.Kene nafaqat fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va sig’siy dasturini ham shakllantirdi. Uning fiziokratik g’oyalarini keyinchalik A.Tyurgo va boshqa bir qator Frantsuz iqtisodchilari davom ettirdilar va targ’ibot qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi g’ki o’sha davr tili bilan aytganda «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70 yillariga to’g’ri keladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling