“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Takror ishlab chiqarish nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Takror ishlab chiqarish nazariyasi.
Iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» asari juda katta rol o’ynadi. Bu asarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarag’ni birinchi marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi. F.Kene jamiyatdagi uchta sotsial guruhlar-sinflar o’rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish jarag’nini ko’rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarag’nini tahlil qilishda baholarning o’zgarmasligi asos qilib olinadi. (Bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro’y berayapti deb faraz qilinadi). Bu jarag’n tashqi bozor ta’sirisiz, ya’ni faqat ichki bozor sharoitida yuz berayapti deb qaraladi. «Jadvaldagi» takror ishlab chiqarishning boshlang’ich nuqtasi yaratilgan bir yillik mahsulot hisoblanadi. F.Kene statistik hisob-kitoblarga asoslangan holda Frantsiya dehqonchiligidagi yalpi mahsulot qiymatini 5 mlrd. livrga (livr - o’sha paytdagi Frantsiya pul birligi) baholadi (oziq-ovqat 4 mlrd. livrni, xom ashg’ 1 mlrd. livrni tashkil etadi). Bu mahsulotdan tashqari fermerlar o’tgan yilgi hosilni sotishdan olgan 2 mlrd. livrga ega. Bu pulni ular mulkdorlarga ijara haqi sifatida er uchun to’laydilar. Unumsiz g’ki «hosilsiz» sinf 2 mlrd. livrlik sanoat mahsulotiga ega. Jami ijtimoiy mahsulot, F.Kene hisobi bo’yicha, 7 mlrd. livrni tashkil etadi. Mulkdorlar (er egalari) hosilni yig’ishtirib olgandan keyin fermerlardan 2 mlrd. livr ijara haqi olganlar. Bu erda barcha yaratilgan mahsulot realizatsiyasi va aylanish jarag’ni qanday amalga oshadig’ «Iqtisodiy jadval»ning shartlariga ko’ra bu jarag’n besh aktdan iborat bo’lib, uning har birida 1 mlrd. livrga teng mahsulot realizatsiyasi amalaga oshiriladi. 58 1. Mulkdorlar «unumli sinf» dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oladilar. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. Mahsulotning bu qismi muomala sohasidan iste’mol sohasiga (er egalariga) o’tadi. 2. Mulkdorlar «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat mahsulotlarni sotib oladilar. «Unumsiz sinf» shu bilan o’z mahsulotining yarmini realizatsiya qiladi. 3. «Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan iste’mol buyumlarni sotib oladi. Shu bilan qishloq xo’jaligi mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. 4. «Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd. livrga uning o’zidan («unumsiz sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarni oladi (ular asosiy kapitalning eyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida sanoat mahsulotlarining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi. 5. Aylanish jarag’ning beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz sinf» «unumli sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo’jaligi xom ashg’sini xarid qiladi. Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning butun aylanish jarag’ni natijasida sinflar o’rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo’jalik mahsulotlari va 2 mlrd. livrlik sanoat buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf» ixtig’rida qolgan 2 mlrd. livrlik mahsulot barcha sinflar o’rtasidagi umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o’z sinfi doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarag’nida sarflangan urug’lik va oziq-ovqat mahsulotlari o’rnini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan sanoat tovarlari asosiy kapitalning eskirgan qismini koplash uchun ishlatiladi. Naqd pul (2 mlrd.) muomala (aylanish) natijasida «unumli sinf» qo’liga kelib tushadi, ammo keyingi muddat uchun ijara haqi to’lash natijasida bu pul yana er egalari ixtig’riga o’tadi. Shunday qilib, yangi ishlab chiqarish tsiklini boshlash uchun, ya’ni oldingi hajmdagi ishlab chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni davom ettirish uchun zarur shart - sharoitlar yaratiladi. «Iqtisodiy jadval»da takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmaydi, balki juda ko’p bunday yakka muomala aktlari sinflar o’rtasidagi muomalaga mujassamlashtiriladi. Ana shu sinflar o’rtasidagi muomala F.Kene tadqiqotining predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, uning muomalani takror ishlab chiqarish jarag’nining atigi bir shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning faqat aylanish momenti sifatida ko’rsatib berishga qilgan harakati samarali bo’ldi. Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish to’g’risidagi ta’limotida bir qator kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar tushunchasida izchillik, ilmiylik etishmaydi. Sanoatchilarni ishlab chiqarish vositaliridan mahrum etgan holda (ular o’z mahsulotlarining hammasini sotib yuboradi), F.Kene ularni ishlab chiqarish jarag’nini qaytadan boshlash imkoniyatidan mahrum etadi. Mahsulotni realizatsiya qilishda markaziy o’ringa er egalarining o’tib qolishi noto’g’ri bo’lgan. «Iqtisodiy jadval»da ijtimoiy mahsulotning joylashishi ham to’liq 59 ochib berilmagan. Ammo undagi kamchiliklar mazkur asarning qimmatini tushirmaydi. Unda iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta milliy iqtisodig’t makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi va undagi g’oyalar bo’lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo’lib qoldi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling