“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
5. Fizokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri. Iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratlar o’ziga xos o’rinni egallaydi. A.Smit o’z vaqtida «fiziokratizm tizimi qanchalik nomukammal bo’lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqtisodiy g’oyalar ichida haqiqatga eng yaqini edi» - deb aytgan. Bu ta’limotning merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan er boylikning asosi ekanligini tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklashlarini bekor qilishni taklif etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlarning boylik tezisi, ayniqsa uni yaratishdagi mehnatning roli diqqatga sazovor: boylik - bu jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste’mol qiymatlar yig’indisidir. Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan. Kapital va uning ikki qismga ajratib ko’rsatilishi (asosiy va aylanma), takror ishlab chiqarish jarag’ning tahlil kilinishi, erkin sohibkorlik to’g’risidagi g’oyalar, jamiyatning sinflarga ajratilishi iqtisodiy ta’limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor munosabtlariga o’tish va dehqonchilikdan olinadigan soliqni kamaytirish zarurligi, yagona soliq tizimiga o’tish kerakligi to’g’risidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Chunki soxibkor va tadbirkorlar shaxsiy manfaatdorlik bo’lgan sharoitda ishlab chiqarishni tez rivojlantirishga intiladilar. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarining unsurlarini asosan to’g’ri hal etib berdilar. Xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida muayyan mutanosiblik bo’lgan sharoitda takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarag’nining uzluksiz davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muammoni hal etishda fiziokratlar tomonidan mamlakatdagi uch sektori o’rtasidagi munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda, ayniqsa hozirgi davrda, bunday sektorlar juda ko’p bo’lib ular o’rtasidagi aloqalar Nobel mukofoti soxibi V. Leontevning «xarajatlar - ishlab chiqarish» balansida N ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday balans tarmoqlararo balans deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va umuman iqtisodig’tda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g’oyaning kurtaklari fiziokratlar asarlarida yaratilgan bo’lib, u klassik iqtisodiy maktab ta’limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o’rin egallaydi. Shu bilan birga hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuqtai nazaridan fiziokratizm g’oyalari o’z ahamiyatini tezda yo’qotdi va o’tkinchi xarakterga ega bo’ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqtisodiy hag’tidagi o’zgarishlar nisbatan mukammal 62 g’oyalarning ishlab chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro’y berdi. Ayniqsa boylikni faqat dehqonchilik bilan bog’lab tushuntiruvchi fiziokratizm g’oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o’zgarishlar tufayli tez unitilag’zdi. Bu holat iqtisodig’t osmonidagi g’rqin yulduzning so’nishini eslatadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling