Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi fanidan mustaqil ish
Download 157.95 Kb.
|
adam smit
A. SMIT VA HOZIRGI ZAMON
A.Smit erkin raqobat davridagi Buyuk Britaniyadagi iqtisodiy siyosatni asoslashga katta e’tibor berdi. U ishlab chiqaruvchilarga iqtisodiy erkinlik ta’minlashni, davlatning iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari iqtisodiyotdan ustun ham bo’lishi mumkin degan fikri ham bor, ya’ni bu ba’zi paytlarda davlatning iqtisodga aralashuvi zarur deganidir. Smit iqtisodiyotda davlat sektorining samarasizligini ko’rsatib, «xukumat har doim va istiznosiz buyuk isrofgarchidir» deydi. SHu sababli davlatning faqat uch funktsiyasi tan olinadi: 1) huquq -tartibot; 2) mamlakat havfsizligini ta’minlash; 3) jamiyatga zarur bo’lgan (ammo xususiy sektor tomonidan to’zilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalarni ta’minlash. Umuman to’g’ri bo’lgan bu fikrlar, ya’ni davlatning iqtisodiyotga aralishish chegaralari keyingi paytda qayta ko’rib chiqilmoqda. Smit zamonaviy davlatning soliq siyosatining nazariy asoslarini yaratdi. Soliqlar fuqarolarning kuchi va imkoniyatiga mos kelishi, ishga yaroqli har bir kishiga alohida belgilanishi kerak, soliq imkoni boricha arzon, uning shakli va olinish vaqti esa to’lovchi manfaatiga mos kelishi zarur (shu g’oyalarga to’la amal qilayotgan davlatlar rivoj topayotir). Sanoatchilar manfaatlarini himoya qilgan olim lendlordlar, ya’ni yirik yer egalariga belgilangan soliq immunitetiga (imtiyozga) qarshi chiqdi. yer rentasi davlat solig’i qo’yiladigan eng qulay ob’ektdir. Smit foydadan olinadigan soliq samarasiz degan xulosa chiqardi. Korxona egasi foydani saqlash uchun o’z mahsulotiga yuqori baho quyish bilan soliq og’irligini iste’molchi ustiga yuklaydi. U ish haqidan olinadigan soliq ham mahsulotga loyiq emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to’laydi, chunki tirikchilik minimumini ta’minlashi kerak. Download 157.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling