Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi fanidan mustaqil ish


Download 157.95 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi157.95 Kb.
#1483671
1   2   3   4
Bog'liq
adam smit

Adam Smit (1723-1790) SHotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi, u yerda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy lektsiyalar o’qiy boshladi. Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o’qigan lektsiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Ahloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi. Uning iqtisodchi bo’lishiga Glazgodagi o’ziga xos siyosiy iqtisod klubidagi ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David YUm bilan do’st bo’lganligi ta’sir etdi. Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristokratning oilasiga tarbiyachi bo’lib keldi (gertsog Baklyu). O’z tarbiyalanuvchisi bilan yevropa bo’ylab sayohatga chiqdi, SHveytsariyada Volter, Frantsiyada Didro, fiziokratlar F.Kene va A.Tyurgo, D`Alamber, Gelvetsiy, Golbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta ta’sir qildi.
U 1766 yilda o’z yurtiga qaytdi va o’zining bosh asari - «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy printsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo’lib, birinchisida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg’arilishining shakllanishi davrida yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to’rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning ta’limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib asar A.Smit tirikligidagi davrda to’rt marta, o’limidan keyin asr oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng jamoatchilikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-05 yillarda chop etildi.


Download 157.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling