Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi fanidan mustaqil ish


SMITNING QIYMATNING MEHNAT NAZARIYASI


Download 157.95 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi157.95 Kb.
#1483671
1   2   3   4
Bog'liq
adam smit

SMITNING QIYMATNING MEHNAT NAZARIYASI

A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g’oya yotadiki, unga ko’ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo’ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq xo’jaligidagina samarali bo’ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo’jaligi va hizmat ko’rsatish sohalari ) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keldi va buni o’z tadqiqotlarining boshlang’ich punkti deb qabul qildi.


A.Smit o’z tadqiqotida nina-to’g’nog’ich manufakturasidagi ko’pchilikka ma’lum bo’lgan mehnat taqsimotini misol qilib keltirdi, u yerdagi ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini ko’p marta oshirish imkonini berdi. Mehnat taqsimoti bo’lmagan holatda har bir ishchi o’rtacha 20 ta to’g’nog’ich yasashi mumkin ekan. O’n kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti o’rnatiladi: biri simni tortadi, 2-si to’g’rilaydi, 3-si kesadi, 4-si uchini o’tkirlaydi va hokozo. Bu kuniga 4800 ta to’g’nog’ich yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan. Mehnat taqsimotining ahamiyati to’g’risidagi bu misol klassik bo’lib ketgan va hamma yerda ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi:
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chaqqonligi va mohirligi oshadi;
2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o’tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi (dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik moslashish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);
3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug’diradi, ya’ni takrorlanadigan jarayonlar mashina qo’llashga qulaylik yaratadi. Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi. SHunday qilib, A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining roli va mashina sanoati sari rivojlanish tendentsiyasini to’g’ri yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste’moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan shug’ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo’lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog’liqdir.
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir xil operatsiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va nodon bo’lib ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi farq odamlarning tabiiy ko’rsatkichlari bilangina aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatiddir. Faylasuf aravakashdan tug’ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha keng bo’lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo’ladi, tor bozorda bu imkoniyatlar cheklangan bo’ladi va mehnat unumdorligining o’sishi ham qiyinlashadi.
A.Smit mehnatning ikkiyoqlama harakterini, ya’ni abstrakt va konkret mehnat borligini tushunmadi, qiymat o’z tabiatiga ko’ra ijtimoiy harakterga ega, tovar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradi va bir tovarning ikkinchisiga munosabati almashuv qiymati orqali aniqlanadi.
Smitning fikricha, qiymatni sotib olinadigan mehnatga qarab aniqlash shu tovarlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlash usuliga qarama-qarshi emas.
Ekvivalentlik tovar almashuvining qonuni: bir hil miqdordagi mehnat aks etgan tovarlar almashadi. SHundan Smit tovar ishlab chiquvchi bir tovarni boshqasiga almashganda keng miqdordagi mehnatni sotib oladi, shu sababli tovar qiymatini sarflangan va sotib olingan mehnat bilan bab-baravar aniqlash mumkin, degan xulosa chiqaradi. Bu holda qiymat o’lchovi deb ish vaqti o’rniga mehnatning almashuv qiymati keltiriladi.
Sotib olinadigan mehnat nazariyasida qiymat tushunchasi ishlab chiqarish faoliyatidan almashuv sohasiga ko’chirilgan (bu esa xato), almashuv qiymati esa o’z hisobiga faqat ma’lum miqdordagi mehnatni olish qobiliyati sifatida izohlagan, holos.
A.Smit kapitalist va ishchi o’rtasidagi munosabatni tahlil etib, bunda ekvivalentlik qonunining bo’zilganligini ko’rdi. Kapitalist ishchiga ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to’laydi. Bu qiymatning ikkinchi qismini esa kapitalist foyda sifatida o’zlashtiradi. Olim kapitalizm davrida qiymat qonuni bo’zilayotir, deb e’lon qildi va qiymatning mehnat nazariyasi kapitalizmgacha bo’lgan sharoitlarda qo’llanilishi mumkin, deb hisoblaydi. Uning fikricha, qiymat faqat «jamiyatning dastlabki holatida», kapitalist va yollanma ishchilar bo’lmagan, ya’ni oddiy tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina mehnat bilan aniqlanadi (ekvivalentlik to’la mavjud).


Download 157.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling