Iqtisodiy ta'limotlar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
2.3. O`rta asr utopiyalari
Kapitalistik munosabatlarning shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg`arilishi bilan bog`lash mumkin, bu davr XIV-XV asrlarni o`z ichiga oladi, ya'ni yer egaligi susayishi bilan bog`liq. Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi dastlabki kapitalning jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq. Adam Smitning fikricha, ko`p sonli ishlab chiqarish tarmoqlarining o`zaro bog`lanish yo`li bilan rivojida mehnat unumdorligi o`sishining sharti dastlabki kapital jamg`arilishidir. Bu jarayon obyektiv, oddiy bir voqea sifatida ta'riflanadi. To`g`ri, bu jarayon real tarixiy voqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiy kurash, aholining bir qismini iqtisodiy va ijtimoiy ezish, zo`rlik va aldov bilan bog`liq bo`ldi. Bu jarayon davomida obyektiv tarixiy qonuniyat o`ziga yo`l ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o`sdi, sanoat va savdo shaharlari ko`paydi, fan va texnika rivoj topdi. Bu uyg`onish davri bo`lib, ming yillik turg`unlikdan so`ng iqtisodiyot madaniyat va san'atning ravnaqiga olib keldi. Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug`ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo`lmadi. Ayniqsa, dehqonlarning o`z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning 41 shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella (1568-1639) amalga oshirdi. Ideal (fozil) jamiyat to`g`risidagi avvalgi g`oyalar dastlabki sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi. T. Mor "Utopiya" (lot. yo`q joy) (1516) asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg`arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo`lgan (1529-32 yillarda Angliya kansleri). U Uyg`onish davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning do`sti edi. Katolik bo`lgan. qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig`i deb qasamyod qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan (1535). U "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi" iborasining muallifidir. Shu davrda dehqonlarni cheklash, ya'ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog`liq edi. Mato to`qish, jun, ayniqsa qo`y juniga bo`lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o`rab olindi va qo`y boqish uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan mahrum qilindi va ko`chaga haydaldi. Bu o`ziga xos agrar inqilob - sanoat to`ntarilishi uchun sabab bo`ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka mahkum etildi. Shu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan T.Mor qayerdaki xususiy mulk hukmron bo`lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo`liga to`planadi, degan xulosaga keldi. Yana sotsial ofatning asosi puldir, degan edi u. Xayoliy "utopiya" mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk bo`lmagan), umumiy mehnat bo`lgan, qishloq va shahar o`rtasidagi tafovut yo`q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan cheklangan, pul yo`q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari yo`q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o`ylagan. Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko`rgan. U o`zining "Oftob shahri" (1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shohona hayotini tanqid qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak jamiyat to`g`risidagi o`z tasavvurini ham beradi, ular T.Morga o`xshash: ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling