Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Tomas Mor 
T.Kampanella


42 
zarur, mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat 
jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, 
chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug`ullanish shart qilib 
qo`yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy 
arbob bo`lgan, keyinchalik esa (1582) rohib bo`lgan. Ispaniya bosqinchilariga 
qarshi isyon uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil qamoqda yotib, 
falsafa, falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o`nlab asarlar yozgan. Uning "Oftob 
shahri" asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda olim 
kohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo`ladi, xususiy mulk 
va oila bo`lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, fan va maorif 
taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan). 
Faylasuflarning bergan bahosiga ko`ra, bu olimlarning jamiyati "xomaki 
ishlangan" "qo`pol kommunizm"dir. Ular asosan hunarmandchilik va 
dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo, shunisiga 
e'tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta'minlangan, bilimli davlat arbobi 
bo`lganlar, kommunistik jamiyat g`oyasi K.Marks va F.Engelslarninggina 
g`oyasi emasligini ham eslatib o`tish zarur. Xayoliy sotsializm to`g`risidagi 
dastlabki g`oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 2-
muallim), Germaniyada Tomas Munser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari 
surilgan. Injil va qur'oni karimda ham uning elementlari bor. Markaziy 
Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga 
asoslangan (Samarqandda Abu Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy 
va boshqalar). 
Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy 
asarlarida ham bunday g`oyalar bor. 
 
XULOSA 
Feodal yer egaligi davrida natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi 
asosiy edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o`sdi, tovar-pul 
munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish 
usuli bo`lgan krepostnoylikka o`tildi. Avvalgi davrdagi natural xo`jalik ishlab 
chiqarishi (T-T) asta-sekin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar 
yo`nalish hal qiluvchi), iste'mol qiymatlarini yaratish baribir asosiy maqsad 
bo`lgan va shu g`oya himoya etilgan, mehnat qurollari takomillashmagan 
davrda bu tabiiy bir hol edi. 
Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq 
davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom aqidalari faol ijobiy 
ta'sir etdi. Qur'oni Karim va hadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador 
qonun-qoidalar "Hidoya" va shu kabi boshqa fiqh kitoblarida keng o`rganilib, 
amalga oshirildi, natijada muhim iqtisodiy g`oyalar ilgari surildi. Mehnat, 


43 
ayniqsa, qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdo qo`llab-quvvatlandi. 
Isrofgarchilik, mehnatsiz daromad, ayniqsa sudxo`rlik harom deb e'lon qilindi. 
Bu davr uchun Ibn Xaldunning iqtisodiy g`oyalari nihoyatda muhimdir, 
u o`z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mehnat unumdorligi, oddiy va 
murakkab mehnat, zaruriy va qo`shimcha mahsulot, tovarning iste'mol qiymati 
va umuman qiymatning farqini ta'riflab berdi, ayirboshlash tamoyilini 
(sarflangan mehnatning yarmi) to`g`ri talqin etdi, sarflangan mehnat bilan birga 
shu tovarning odamlarga zarurligi ham muhimligini ta'kidladi. Uning asarlarida 
mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlari, savdoning boylik yaratishdagi roli, 
soliq tizimining xalq farovonligiga ta'siri asosan to`g`ri tahlil etib berilgan. 
G’arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan 
bo`lsa ham, uning rivoji tezroq bo`ldi. Dehqonchilik, umuman, qishloq xo`jaligi 
ustun bo`lishiga qaramay, hunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura 
vujudga keldi, mehnat taqsimoti, unumdorlik va sifat masalalari (ayniqsa 
sexlarda), raqobat tamoyillari tarkib topdi. Bu davrda G`arbda natural xo`jalik 
(iste'mol qiymati ishlab chiqarish) qo`llangan, oltin va kumush, zeb-ziynat 
sun'iy boylik deb qaralgan, "adolatli baho" masalasi ko`tarilgan. Bu yerda ham 
din va din ahli tomonidan iqtisodiyotda muhim fikrlar ilgari surilgan. Masalan, 
F.Akvinskiy "adolatli baho" masalasini naf va manfaatlar tengligi asosida hal 
etadi. Protsent (foiz)ni oqlaydi, uni qo`llaydi va tavakkalchilik to`lovi deydi. U 
shuningdek rentani ham qo`llaydi, uning ekspluatatorlik mohiyatini inkor etadi. 
Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarda ham dehqon mehnati 
boylikning asosi ekanligi ko`rsatiladi, natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, 
tovar-pul munosabatlariga, ayniqsa savdoga qarshi g`oyalar ko`p edi. 
XIV-XV asrlarda G’arbiy Yevropada feodalizmning yemirilishi va ilk 
kapitalistik munosabatlar shakllana boshladi. Bu jarayon kapitalning dastlabki 
jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq bo`ldi va ko`p hollarda og`ir shaklda amalga 
oshdi. Ayniqsa, dehqonlarni yerdan mahrum etish og`ir oqibatlarga, 
dehqonlarning katta qismining xonavayron bo`lishiga olib keldi. Yangi 
munosabatlar yangi sinfning - burjuaziyaning manfaatiga mos edi, ammo bu 
jarayon boshqalar hisobiga ro`y berdi. 
Ana shunday sharoitda xayoliy (utopik) sotsializm g`oyalari tarkib 
topdi. Aslida bu g`oyalarning elementlari ilgarigi davrda ham bo`lgan. Yangi 
yo`nalish tarafdorlari barcha ofat xususiy mulk va puldan kelib chiqadi, deb 
o`ylashgan. Ular boylik hammaning mehnati asosida, ijtimoiy mulkchilik 
sharoitida hosil qilinsa, xususiy mulk esa tekis taqsimot yo`li bilan (pulsiz) 
amalga oshirilsa, barchaning farovonligi ta'minlanadi degan fikrda edilar. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling