Iqtisodiy ta'limotlar


Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

3.2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom 
ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarning bayon etilishi 
Muqaddas kitob - Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat 
turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Chunki, 
iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe'l-atvorlari namoyon bo`ladi. 
Qur'oni Karim ahkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha 
insonlarning bir ota-ona Odam alayhissalom va Momo Havo farzandlari, 
binobarin aka-uka, opa-singal ekanligiga asoslanadi. Jumladan, "Hujurot" 
surasining 13-oyatida "Ey insonlar, biz sizlarni bir ota (Odam alayhissalom) va 
bir ona (Momo Havo) dan yaratib yer yuzi bo`ylab har xil xalq qabila va elatlar 
tarzida taratib qo`ydik, toki sizlar bir-birlaringiz bilan tanishib, mehr-muhabbat 
hosil qilgaysizlar. Albatta, sizlaning Olloh nazdida eng hurmatlitrog`ingiz 
taqvodorrog`ingizdir. Albatta, Olloh bilguvchi va hamma narsadan ogoh 
zotdir". Islomda" taqvo" deganda - solih, hayrli ishlarni ado etib, munkar, man 
qilingan, insoniyatni zavolga boshlaydigan ishlarni qilmaslik tushuniladi. 
Demak, taqvo insonlarning bir-biridan afzalligini belgilashdagi asosiy 
o`lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik ma'naviy va ruhiy tarbiyalash bilan 
o`zgalarni yashash va turmush kechirish huquqlarini e'tirof etish bilan 
shakllanadi.
Qur'oni Karimdagi iqtisodiy g`oyalarni bir necha guruhga ajratish 
mumkin. Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, 
hunarmandlar mehnati ulug`lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot 
kechirishga da'vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi.
Ikkinchi guruh g`oyalar - tijorat, ya'ni kengroq ma'noda esa bozor 
munosabatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29-oyat) 
"Mollaringizni o`rtalarinigizga nohaq (ya'ni o`g`rilik, qaroqchilik, sudxo`rlik, 
poraxo`rlik, qimor kabi) yo`llar bilan yemangiz! Balki o`zaro rizolik bilan 
bo`lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz", deyiladi. Biroq sudxo`rlik, 
poraxo`rlik kabi illatlar shar'iy jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta'kidlanadi. 
Uchinchi guruh iqtisodiy g`oyalar esa, mulk va meros masalalariga 
qaratilgan. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa 
omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish 
ham katta gunoh deb hisoblanadi. 


48 
Yerga mulkchilik munosabati to`g`risida ham alohida fikrlar lo`nda 
bayon etilgan. Masalan Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib, 
olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta'kidlangan. 
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo 
halollik va to`g`rilikka buyuriladi, yolg`on ishlatish, o`g`rilik, mehnatsiz 
daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo`l qo`yganligi uchun qattiq jazo 
choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), "ammo kim bunday jabru-
zulmdan keyin tavba qilib, o`zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar" 
(39-oyat). 
Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni 
taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish 
haqidagi oyat karimalaridan kelib chiqadigan g`oyalar hamda soliq turlari va 
miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga xiyonat qilish 
eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o`zaro yordam ham 
zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi. 
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni Karimdan keyingi 
hujjat payg`ambarimiz Muhammad Alayhissalomning Hadisi Shariflari 
hisoblanadi. Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz: 
·Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg`on so`zlash, va'dasining ustidan 
chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish. 
·Amirning sovg`a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqi-
shdir. 
·Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga ber-
gan ne'matlarini pisand qilmagan bo`lasizlar.
·Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir: 1. Xun 
to`lovchiga; 2.Og`ir qarzdorga; 3.Miskin qashshoq kishiga. 
·Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat turgan paytda bexosdan qiyomat 
qoyim bo`lib qolishi aniq bo`lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo`yavering. 
·Kimki hayotda tejamkor bo`lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi. 
·Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do`zahga mahkumdir. 
·Ilmga nisbatan go`yo go`pon kabi posbon bo`linglar, lekin ilmni faqat 
rivoyat qilguvchi bo`lmanglar. 
Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, Markaziy Osiyo donish-
mandlaridan at-Termiziy, al-Buxoriylarning to`plagan Hadisi Shariflari islom 
olamida eng ishonchli hisoblanadi. 
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikh-
ning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg`inoniyning "Hidoya" 
asari shular jumlasidandir. Buyuk olim Burhoniddin al-Marg`inoniyning to`liq 
ismi Ali Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg`oniy ar-Rishtoniy al-Marg`iloniy 
bo`lib, ul zot 1123 yil 23 sentabrda tug`ulgan. Ul zot Qur'onni, Hadis ilmlarini 
mukammal egallab fikh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur 


49 
bilimga ega bo`lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, 
Burhoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg`inoniy 
nomlari bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta'limni Marg`ilonda olib keyinchalik 
Movaraunnahrning o`sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo`lgan Samar-
qandga ko`chib borgan va umrining ohirigacha o`sha yerda yashagan. O`z as-
arlarini yaratishda Islom dinidagi sun'iylarning to`rt mashabi asoschilarning as-
arlarini o`rgangan. Bizgacha uning o`nga yaqin asari yetib kelgan. "Al-Hidoya" 
asari esa 1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Xanafiya mashabining fikh 
masalalari bo`yicha asosiy qo`llanmaga aylangan. Keyinchalik esa butun 
musulmon olamiga mashhur bo`lib, musulmon huquqi fikh bo`yicha eng aniq 
izchil mukammal asar sifatida tan olingan. Asarda keltirilgan jumlalarning har 
biri puxta, sermazmun va qisqa so`zlar tarkibidan iborat. "Al-Hidoya"ning bi-
rinchi kitobi to`rt jildan iborat bo`lib, har biri alohida muammolarni tahlil etadi. 
Bu kitob 1994 yildan professor A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. 
Kitobning tarkibi quyidagicha:
1-jild - tahorat, namoz, ro`za, zakot va haj kabi farz amallarning ibodat 
masalalariga bag`ishlangan. 
2-jild - oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki kabi 
masalalarni yoritgan.
3-jild - oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, 
guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo`lish, sulh, bir 
ishda pul bilan sherik bo`lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg`a, ijara, 
muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qi-
lish, homiyliy, bosqinchilik hususidagi masalalar yoritilgan;
4-jild - shafe'lik, meros taqsimlash, dehqonchilik va bog`dorchilik 
xususida shartnoma, qurbonlik qilish to`g`risida, shariatga zid yomon narsalar 
haqida, tashlandiq va qo`riq yerlarni o`zlashtirish xususida, ovchilik, garovga 
qo`yish, jinoyatlar xususida, xun haqi to`lash, vasiyat kabi masalalarga 
bag`ishlangan. 
Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko`rinadiki, u juda boy tar-
ixiy tajribani o`zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o`rtasidagi 
munosabatlarda insonparvarlik, adolat barqaror bo`lishida katta ahamiyat kasb 
etadi. Ayniqsa, tijorat ishlarida adolat, to`g`rilik, halollik, insonparvarlik qoida-
lariga rioya qilish nihoyatda zarur ekanligi qayd qilinadi. Birovning haqiga xiy-
onat qilish, kishilarni aldash gunohi kabr sifatida ta'riflanadi. Demak, "Al-
Hidoya" sakkiz asrdan buyon Islom dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli 
manbalardan biri sifatida mo`'tabar qo`llanma vazifasini o`tab kelmoqda.
Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma'naviy, insoniy 
fazilatlarni shakllanishida muhim omil bo`lib hisoblanadi. 
Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo`lgan taffakkur taraqqiyo-
tining muhim yo`nalishlaridan biri tasavvuf, ya'ni so`fiylik ta'limoti hisobla-


50 
nadi. Bu ta'limotlar VIII-IX asrlarda arab dunyosida vujudga kelib, X-XI 
asrlarda Movaraunnaxr tuprog`iga yetib keldi. Bu ta'limot insoniyatni 
ma'rifatga, insof va adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlashni 
targ`ib qiladi. Nafs, xirs, boylik barcha yomon xislatlarga qarshi kurash tasav-
vufning mag`zi hisoblanadi. Uning maqsadi esa komil insonni tarbiyalashdan 
iborat. So`'fiylik ta'limoti nafs deganda, inson fe'l-atvorida uning sha'nini 
bulg`aydigan illatlarni, jumladan, johillik, manmanlik, dunyoparstlik, 
poraxo`rlik, o`g`rilik, ta'magirlik, xasislik, baxillik kabilarni tushunadi. Nafsni 
yengish uchun inson imtihon qilinadi, buning uchun u o`zlikni anglashi kerak 
bo`ladi. Insondagi o`zlik ruhiy va jismoniy o`zlikdan iborat bo`ladi. Ruhiy 
o`zlik ilohiy makonda yaratilgan bo`lib, bu dunyoga imtihon va poklanish 
uchun yuborilgan. Mana shu ruhiy o`zlik nafs orqali imtihon qilinadi va ishq 
orqali poklanadi. Mana shu ikkita qarama-qarshi kuch doimo o`zaro kurashadi. 
Inson o`z nafsiga tobe bo`lgan sari ezgulikdan uzoqlashadi, ruhiy ifloslanib, 
o`zi esa tubanlashadi. Bu ta'limot vakillari jumlasiga Ahmad Yassaviy, 
Sulaymon Baqirg`oniy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshbandlar kiradi. 
Ularning boy merosi bugungi kunda vatan, millat va komil inson 
tushunchalarini to`liq anglab yetishda katta xizmat qiladi. 
Burxoniddin Al-Marg`inoniy. Mustaqillik sharofati ila allomaning boy 
ma'naviy merosi xalqqa qaytarildi. O`zining o`lmas asarlari bilan islom 
qonunchiligiga asos solgan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujamil 
Farg`ona viloyatining Rishton qishlog`ida tavallud topib, u hijriy 511-593 
(milodiy 1115-1197) yillari yashab ijod etdi. Bo`lajak olim ilk ta'limni Rishton, 
Marg`ilonda 
olgan 
bo`lsa, 
keyinchalik 
Samarqand, 
Buxoro 
va 
Movarounnahrning yirik shaharlarida bilimini oshirdi. U fikhga oid "Bidoyat al-
mubtait", "Nashr al-Mashad", "Kitob at-tajnis", "Al-madad" kabi noyob asarlar 
yaratdi. Eng mashhur asari " Hidoya fi furi' al-fiqh" ("Fiqh sohalari bo`yicha 
qo`llanma"). Bu asar islomda sunniylikning hanafiylar mashabida keng 
tarqalgan shariat qo`llanmasi, ya'ni kodeksi hisoblanadi. 
Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari ham bo`lgan. 1048 yilda 
vafot etgan Abul Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk qo`llanmani 
yozgan, ammo Burxoniddin al- Marg`inoniy yaratgan "Hidoya" o`z davrida 
hanafiylar mazhabi tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Markaziy Osiyo, 
Shimoliy Kavkaz va Volga bo`yi musulmonlari orasida asosiy qo`llanma 
sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 56 bobdan iborat. Unda Qur'oni Karim 
oyatlaridan kelib chiqib, shariat masalalarida muallifning fikr va xulosalari 
beriladi. Hanafiylar mazhabining barcha imom ismlari, shuningdek, boshqa 
mazhab vakillarining mulohazalari ham asarda keng talqin etilgan. Kitobda 
oila-nikoh masalalari bilan bog`liq nomalar (nikoh, ajralish) batafsil yoritiladi, 
ularni bajarish bilan bog`liq huquqiy qonun-qoida va jazo choralari belgilangan. 


51 
Agarda islom nuqtayi nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy 
masalalar: mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo`lish 
yo`llari, jinoyat va jazo, fuqorolik huquqlari ham ko`rsatib berilgan. 
Shuningdek, faqat islomga xos bo`lgan bir qancha masalalar , xususan, jihod, 
o`lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, ijozatlar 
qayd etilgan. 
Burxoniddin al-Marg`inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo`lish bilan 
birga haqsevar, adolatli qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri 
edi. U Qur'onni yoddan bilgan, uni izohlay olgan, shoir, adabiyotchi bo`lgan. 
Tarixiy qo`lyozmalarda qayd etilishicha, olim avlod-ajdodi ham musulmonlar 
qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo`lishgan. 
"Hidoya" asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o`z ichiga 
oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbayi bo`lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, 
zakot masalasiga katta e'tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva 
mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan to`lovlar yuzasidan aytilgan 
fikrlar bag`oyat muhimdir. 
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum 
masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik 
tomonlari ikir-chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan 
bo`lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to`la-to`kis sharhga o`xshaydi. Kitobda 
kimlar va qancha zakot to`lashi kerakligi haqida qiziq ma'lumotlar keltiriladi. 
Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to`lanishi 
kerak. Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam 
bo`lsa, olinmaydi. Zakot to`lashda bir yoshdan kichik qo`zilar hisobga 
kiritilmaydi. 
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya'ni har otdan bir dinor 
yoki ot bahosining 9 foizi miqdorida zakot to`lanishi kerak. Ammo eshak
xachir va boshqa ishchi hayvonlar (ho`kiz, tuya) dan to`lov olinmaydi. Agar 
ular oldi-sotdi muomalasida bo`lsa, ahvol o`zgaradi va zakot beriladi. Bir 
yoshga to`lmagan echki, buzoq va bo`taloqlar ham umumiy hisobga 
kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan 
ortig`idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu yerda muhim bir fikr 
borki, agar mol egasi shu molning (natura) o`rniga uning bahosiga teng zakotni 
pul shaklida to`lashi ham mumkin, deyiladi. 
Yana muhim bir ko`rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig`uvchi eng 
yaxshi (sara) molni emas, o`rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan 
tashqari, zakotni oldindan ham to`lash mumkinligi ko`rsatiladi. 
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o`rtacha nisob (soliq olinishi 
mumkin bo`lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya'ni 5 
dirham) zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo`lsa, har 
qo`shimcha 40 dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo. 


52 
Oltindan olinadigan zakot miqdori o`ziga xosdir. 20 misqolgacha zakot 
olinmaydi (bir misqol o`rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim misqol(2,5 
foiz) zakot to`lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya'ni 12 dan 
1 unsiya) zakot berish kerak. 
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab 
belgilanadi. Hatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga 
keltirilishi mumkin. 
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz)zakot olinishi lozim. 
Masalan, biror yerdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan 
foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to`lanmaydi, chunki toshlar 
zakotdan mustasnodir. 
Tabiiy (yomg`ir, qor suvi bilan) sug`oriladigan yerlardagi hosilning 
o`ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o`rmon, yaylov, 
chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun'iy sug`oriladigan yerlar hisobidan 
ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to`lanadi. 
Burhoniddin al-Marg`inoniy o`z asarida zakotni taqsimlash qonun-
qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, 
zakot yig`uvchilar, qarzdorlar yig`ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari 
egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan. 
O`ylaymizki, bobokolonimizning bu asari nihoyatda boy va qimmatli 
manba sifatida oliy o`quv yurtlarida o`qitilishi zarur. Hozircha bu asarning 
ruscha tarjimasi mavjud. Asarning birinchi va qolgan jildlarini o`zbek tiliga 
o`girish kerak.Shunday qilinsa, ayni muddao bo`lur edi. Chunki u yoshlarimiz 
qalbida insof va diyonat, adolat va haqiqat tuyg`ularini uyg`otishda bebaho 
xazina bo`lib xizmat qilishi shubhasizdir. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling