Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Amir Temur 


67 
daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g`oyib bo`lganlar va vafot 
etganlarning mol-mulki bo`lsa, ularni o`z merosxo`rlariga topshirgan. 
To`rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo`lib, u saltanatdagi 
jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, hatto otxona 
va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo`lib borgan. 
Vazirlar Devonbegiga bo`ysungan. 
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: "Amr 
qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-
kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg`ol 
tariqasida berilgan yerlar va vaqflarning ahvolini, ularning vazifalarini qay 
darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... Saltanatning 
har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir 
kitob tayinlansin". 
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko`rinishi bo`lgan: 
1. Suyurg`ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib 
berilib, bir avloddan ikkinchisiga o`tgan. Suyurg`ol egasi markaziy xazinaga 
to`lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, 
yer solig`i - xiroj olganlar. 
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo`lib, ular odamlarga biron-
bir xizmati uchun berilgan. 
3. Ushr yerlar. Sayyid va xo`jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan 
hosilning undan biri davlatga berilgan. 
4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari 
joylarga doir yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-
mulki bilan in'om etilardi. Masalan, Amir Temurning Ahmad Yassaviy uchun 
qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa 
avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdan mablag` ajratilgan. 
5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar. 
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (er osti suvlarini tortib 
chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog` ko`kartirsa yohud birorta 
xarob bo`lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmaganlar. 
Ikkinchi yili raiyat o`z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yildagina soliq 
qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig`ilgan. 
Amir Temur kattayu kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, 
madrasa va xonaqohlar bino qilishni, faqiru miskinlarga langarxona 
(yo`lovchilar qo`nib o`tadigan, kambag`al yetim-yesirlarga ovqat beriladigan 
joy), g`aribxona qurishni, kasallar uchun shifoxona bunyod etishni va ularda 
ishlash uchun tabiblar tayinlashni buyurgan edi. 
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, xalqaro 
savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o`tadigan Buyuk ipak 
yo`lida karvonlarning xavfsizligini ta'minladi. Mashriqdan Mag`ribgacha 


68 
bo`lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib, turli ravotlar, karvonsaroylar, savdo 
rastalari qurdirdi. 
Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida qarshi shahrining atrofini, 1370 
yili Samarqandni devor bilan o`rab, qo`rg`on bunyod ettirgan. 1380 yilda 
Shahrisabzda Oqsaroyni qurishga kirishib, shahar atrofini devor bilan o`ragan. 
Bu misollar aytib turibdiki, devor va qo`rg`onlar bekorga barpo bo`lmagan. 
Ular chegara vazifasini o`tab, shahar aholisini do`st-dushmandan, bordi-
keldidan muhofaza qilgan. Qarshi so`zi ichkari va tashqari degan ma'nolarga 
egadir. Ma'lumki, Amir Temur saltanatining chegarasi harbiy yurishlar vaqtida 
beqaror edi, lekin shunday bo`lishiga qaramay, uning yurtidan biron-bir narsa 
tashqariga so`roqsiz olib chiqib ketilmagan. Jahongir bu haqda: "Mamlakatni 
himoya qilib, dushmanni yo`latmagan navkarni yuqori martabaga ko`tarib, 
hurmatlasinlar. O`g`ri va qaroqchilarni jazolasinlar, fasodchi, buzuqi, nafsi 
yomon kishilarni mamlakatdan haydasinlar. Atrofdan kirgan-chiqqan mol-
mulk, chetdan kirgan va chetga chiqadigan yot kishilar, har mamlakatdan 
kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar qo`shni podsholar, ularning 
gaplari, ishlari uzoq o`lkalardan bo`lib, mening dargohimda yuzlangan ulamo, 
fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) rostlik, to`g`rilik bilan menga 
yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy mening 
arzimga yetkazib tursinlar", degan edi. Mazkur vazifalarni bajarmoq uchun har 
bir shahar va qishloqda qutvol (qal'a boshlig`i) tayinlanib, ular sipoh va raiyatga 
soqchilik qilganlar va yana yo`l ustiga kuzatuvchilar, zobit (idora etuvchi, 
boshqaruvchi, qo`shin boshlig`i)lar tayinlanib, ular yo`llarni qo`riqlab, 
o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini 
manzildan-manzilga yetkazib qo`yganlar. Yo`l ustida bironta odamning biror 
narsasi yo`qolsa, o`zi o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, buning uchun 
javob berish ularning zimmasida bo`lgan. 
Buyuk jahongirning mana bu so`zlari yanada qimmatliroqdir: "Har 
mamlakat va diyor sayohatchilari musofirlarining boshini siladimki, turli 
mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakat va diyorga 
savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qayerga borishmasin: Xitoy, 
Xo`tan, Chinu Mochin, Hindiston, Arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, 
Jazoir, Farangiston (Ovrupa), u yerlarning nafis matolari va munosib 
tuhfalaridan keltirishsin. O`sha mamlakatda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, 
turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar, har bir mamlakat 
hukmdorining o`z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda ekanligini 
aniqlasinlar". 
Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish 
quyidagicha edi. Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o`nboshilar va 
sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o`z vazifasini 
o`rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga teng bo`lgan. 


69 
Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to`rt otgacha tayinlangan. O`nboshilar 
maoshi qo`l ostidagi oddiy sipohiylarnikidan o`n barobar ortiq bo`lgan. 
Yuzboshilar 
maoshi 
o`nboshilarnikiga 
qaraganda 
ikki 
barobar, 
mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda edi. Chorpilchor 
(urush vaqtida) xatoga yo`l qo`ygan sipohiylarning maoshi o`ndan birga 
kamaytirilgan. O`nboshi yuzboshi tasdig`i bilan, yuzboshi mingboshining 
tasdig`i bilan, mingboshi bosh amir tasdig`i bilan ulufa olganlar. Bosh amir - 
amir-ul-umaroning maoshi qo`l ostidagilardan o`n barobar, devonbegi va 
vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o`n barobar ortiq bo`lgan. Yasovul 
(xonlarning kichik xizmatchisi, qo`riqchi), chopovul (chopqunchi, asosan tunda 
o`tkaziladigan bosqin qatnashchisi), kalakchi (aholidan yig`ilgan hosildan xiroj 
miqdorini belgilovchi mansabdor)larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan 
o`n ming tangagacha bo`lgan. Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, 
tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, tarixdonlarning o`z hollariga 
qarab suyurg`ol, vazifa va maosh belgilangan. Xizmatchilar, farrosh (bu yerda 
palos to`shovchi ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha maosh berilardi. 
Umuman, 
davlat 
tomonidan 
beriladigan 
maoshlarning 
to`liq 
ma'lumotlarini Devonbegi va vazirlar Amir Temurga bildirib, so`ngra tanho (bu 
yerda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va askarlar uchun maxsus xazinadan 
beriladigan maosh. Ba'zida alohida xizmat ko`rsatgan beklarga tanho sifatida 
yer-suv berilgan) berganlar. 
Sohibqiron vasiyatiga ko`ra uning to`ng`ich o`g`li Muhammad Jahongir 
Mirzo valiahd va viloyat hokimi bo`lib, o`n ikki ming otliq askarga ulufa olib, 
bir viloyat olgandi. Uchinchi o’g`li Mironshoh mirzo to`qqiz ming otliq askarga 
teng ulufa olgan va bir viloyatni tasarruf qilgan. To`rtinchi o`g`li Shohruh 
Mirzo yetti ming otlik askarga ulufa olgan va bir viloyat egasi bo`lgan. 
Nabiralari ham uch mingdan yetti minggacha otliqqa ulufa va bir viloyat 
oladilar. 
Amir Temur davrida piyodalar, kalakchilar, yasovullar, chopovullarning 
bir yillik maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag`ni devonxonaga keltirib
shu yerda ularga tarqatilgan. Sipohiylar va bahodirlarning yarim yillik 
maoshlari ham hisoblanib, tanho xazinasidan olib berilgan. 
O`nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan soliqlardan 
yig`ilgan xazinadan va podsholiq mulki daromadidan naqd pul hisobida 
olingan. Mingboshilarga viloyat ichidagi yerlardan tiyul (xiroj va soliq yig`ib 
olish haqi bilan in'om etiladigan yer-mulk)lardan berilgan. Amirlar va amir-ul-
umarolarga viloyatlardan biri tiyul etib belgilangan. Temur viloyatlardan 
tushgan daromadlarni taqsimlash haqida shunday degan edi: "Viloyatlar va 
mamlakatlardan olingan jami daromadni taqsimlab, maosh berish yerliklariga 
biriga kam, biriga ortiq qilib yozsinlar. So`ng yerliklar devonxonaga keltirilsin. 
Amirlar, mingboshilar shu yerliklardan birini chiqarib olsin". 


70 
Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mahsulot bilan 
to`lanadigan soliq) yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy (podsho va xonlar 
o`z viloyatlaridan o`tayotganlarida xalqdan talab qilinadigan tortiqlar), 
qo`nalg`a (choparlar va elchilarga qo`noq berish solig`i) va shilon (podshohlar 
va amirlarning ovqati uchun yig`iladigan soliq) talab qilinmagan. Tiyul qilib 
berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlagan. Ularning birinchisi 
viloyatdan yig`ilgan mollarni yozib raiyat ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi 
(jog`irdor) ning fuqarolarga zulm yetkazmasligi uchun ularning holidan 
xabardor bo`lib turgan, yig`ilgan butun mol-mulklarni kirim daftariga yozgan. 
Ikkinchisi daromadning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozib, yig`ilgan 
mollardan sipohiylarning maoshiga taqsim qilingan. 
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: "Qaysi amirga 
tiyul berilar ekan, uni uch yilgacha o`z holiga qo`ysinlar. Uch yil o`tgandan 
so`ng uni tekshirib ko`rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu 
holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga xilof ravishda bo`lsa, ul viloyat holisa 
(davlat ixtiyoridagi barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suv)ga o`tkazilib, uch 
yilgacha o`sha jog`irdorga ulufa berilmasin". 
Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to`plangan mol-
dunyoni, olinadigan boj soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf qilgan: 
"To`plangan xazinadagi naqd pul va qimmatbaho buyumlarni sipohlarga 
taqsimlab berdim. Qo`shinga yetarli darajada ozuqa berdim", degan edi. Piri 
Amir Shamsiddin Kulol haqida: "Ular menga Xorazmga borishimni maslahat 
berdilar. Agar g`alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik xirojini ularga nazr 
qilishga qaror qildim", - deydi. 
Ma'lumki, xiroj yer solig`i uchun va umuman daromad solig`i uchun 
qo`llanilgan. Xiroj ayrim hollarda daromadning uchdan birini tashkil etgan. 
Shuningdek, xirojni "mol" deb ham atashgan. "Raiyatga haq-nohaq jarimalar 
soluvchi vazir saltanatni buzadi",- degan edi sohibqiron. 
Muruvvatli jahongir: "Kimki mening xizmatimni qilgan bo`lsa, xizmat 
haqini ado etdim. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og`aynilar, qo`ni-qo`shnilar 
va men bilan bir vaqtlar do`stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne'mat 
martabasiga erishganimda unutmadim, molu mulk va naqd pul bilan haqlarini 
ado etdim",-deydi. Shuningdek, u amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar, 
zaru zarvarlar bilan xushnud etgan, bazmlarda o`z yonidan joy bergan, xullas, 
ularning jang vaqtidagi qahramonliklarini hech vaqt unutmagan. Sohibqiron 
hayr-ehson ishlari bilan odamlarning ko`nglini olgan. 
Sipoh va raiyatga bir ko`z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga 
maxsus faxriy o`tova (bosh kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan 
bezatilgan ziynatli belgi), kamar va tarkash (sadoq - o`qdon) taqdim etib, 
martabalarini yanada yuqori ko`tartirdi. Har el va har mamlakatning ulug`larini, 
boshliq-oqsoqollarini qadrladi. Ularga sovg`a-salomlar berib, xizmatlaridan 


71 
foydalandi. Sipohiylarni hamisha jangda tayyor turishlari uchun oylik haqlarini 
so`rattirmay, vaqtida bergan. Sarmoyasi qo`lidan chiqib ketgan savdogarga o`z 
sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin 
berilgan. 
U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig`i zimmasiga 
yuklangan. Soliq olish Qur'oni Karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va 
"Hidoya" kitoblarida bu to`g`rida to`la ma'lumotlar berilgan. Hech bir shahar va 
qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan olinadigan soliq) va 
xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olinmagan. Raiyatdan mol-
xiroj yig`ishda ularni og`ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka 
tushirib qo`yishdan saqlanilgan. Negaki, Amir Temur "Raiyatni xonavayron 
qilish davlat xazinasining kambag`allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib 
qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo`ladi. Sipohning tarqoqligi esa, 
o`z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan yerlik 
fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo`lsa, ularning roziligi 
bilan ish ko`rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga 
qarab yig`sinlar. Fatx etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini 
talon-tarojdan saqlasinlar. O`sha mamlakatdan tushgan o`lja mollarni hisob-
kitob qilsinlar", - degan edi. 
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo`lgan. Davlat 
xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, taftish yo`lga qo`yilgan 
edi. Buning uchun ma'lum mas'ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib 
borganlar. 
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari "Temur 
tuzuklari"da to`la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar 
oralig`idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi 
qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo`shni (27) yurt 
va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo`lsa, ikkinchi qismda 
sohibqiron nomidan aytilgan o`ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, 
shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. 
A.Temur mamlakatda gadolar bo`lmasligi kerak, degan qoidaga amal 
qilgan va uning yo`lini ham belgilab bergan. Gadolarning barchasi to`plangan 
va ularga bir yillik kerakli yemish, kiyim-kechak berilgan, ularni biror foydali 
ish bilan shug`ullanishga jalb etilgan. Odatda, ko`pchilik gadoylikni tark etib, 
biror faoliyat bilan kun ko`rgan. Gadoychilikni tark etmaganlar qul qilib 
sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan. 


72 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling