Iqtisodiy ta'limotlar


Asosiy tushuncha va iboralar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

Asosiy tushuncha va iboralar 
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon); vazirlar vakolati
yer egaligining 5 ko`rinishi; ulufa (oziq-ovqat, maosh); soliqqa tortish tartibi; 
tanho; Ulug`bek islohotlari; "Fulusiy adliya" tashqi savdoga e'tibor; tamg`a 
bojidagi o`zgarishlar; A.Navoiyning "Vaqfiya" (1482), "Mahbub-ul qulub" 
(1500) asarlari; Zahriddin Muhammad Boburning "Mubayyin", "Zakot 
to’g`risida asar" kitoblari; "Hiroj", "Muqassam", "Muvazzar". 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
 
1.Amir Temur davlatining ilmiy qonun qoidalari qaysi asarda 
keltirilgan? 
2.Amir Temur davridagi davlatni boshqarish tartibi qanday bo`lgan? 
3.Amir Temur davridagi soliq tizimi va maoshni belgilashning 
xususiyatlarini so`zlab bering, 
4.Ulug`bek davridagi islohotlar qaysi sohani barqarorlishtirishga 
qaratilgan? 
5.Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyatini gapirib 
bering, 
6.Alisher Navoiyning "Vaqfiya" asarida qanday iqtisodiy g`oyalar 
bayon etilgan? 
7.Zahiriddin Muhammad Boburning iqtisodiy g`oyalari qaysi asarlarda 
bayon etilgan? 
8. "Akbarnoma"da qanday iqtisodiy g`oyalar ilgari surilgan?
9. "Fulusi-adliya" deganda nima tushuniladi va u qaysi davrga tegishli? 
10. A.Navoiy boylikni to`plashning qanday yo`llari haqida gapirgan?


85 
Zar qadrini zargar bilar.
Maqol. 
5-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA'LIMOTI 
 
5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari 
 
Avvalgi davrdagi iqtisodiy g`oyalarda natural xo`jalik munosabatlariga 
oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, 
shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo`ldi, bu merkantilizm ta'limotidir. 
"Merkantilizm" iborasi birinchi bo`lib Adam Smitning asarlarida o`z 
ifodasini topdi. Lug’aviy ma'nosiga ko`ra, bu so`z italyancha bo`lib, savdogar 
mazmuniga ega. Bu so`z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o`zida aks 
ettiradi. 
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi 
mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb kelinar edi, 
biz buni yuqorida ko`rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o`zgardi. Bu 
ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo`ldi. 
Avvalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o`sishi, fan 
va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik 
kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo`lishi, ayniqsa savdo-
sotiqning rivojiga turtki bo`ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliya 
koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o`zgarishlarni asoslab beruvchi 
iqtisodiy ta'limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o`rganish 
bilan shug`ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. 
Shu davrga kelib Yevropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. 
Hindistonda nodir metallar ko`p, degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud 
ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab 
topishga otlantirdi. 
Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q), ularning 
ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni o`ylashga, ixtirolar 
qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo`lga 
otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli 
odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog` to`plandi. 
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga 
ko`proq oltin va kumush keltirish, deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida 
qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush 
zahiralarini ko`paytirish borasida ma'lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi. 
1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif 
tufayli Amerika qit'asini ochdi (u o`zini Hindistondaman deb o`ylagan, shuning 
uchun qit'a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, 


86 
tarixning bu xatosini to`g`rilash uchun bu qit'adagi bir davlatga Kolumbiya 
nomi berildi). Ammo Amerika ko`pchilik o`ylaganidek oltin-kumushga 
unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda 
Vasko da Gama tomonidan ko`pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo`l 
ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo`ylab qilgan sayohati 
tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa 
davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari 
ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Yevropaga 
kirishi boshlandi (paxta, makkajo`xori, tamaki, kofe, kakao). Yevropadagi 
davlatlar o`rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va 
Angliya) o`rtasida kurash ham qizidi. 
Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivo-ji uchun 
muhim moddiy turtki paydo bo`ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun 
kapitalning dastlabki jamg`arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay imkoniyat 
yaratildi. Ayniqsa, savdo rivoj topdi, bosib olingan yerlardagi arzon-garov xom 
ashyolar Yevropaga oqib kela boshladi, bu yerda tayyorlangan tayyor 
mahsulotlar esa u yerlarga olib borib sotildi. Savdo kapitalining roli beqiyos 
o`sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning dastlabki shakli bo`lib qoldi. 
Undan esa sanoat kapitali ajralib chiqdi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling