Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
XULOSA 
XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angli-
yada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo`la boshladi. Bu yangi iqti-
sodiy g`oyalar V.Petti nomi bilan bog`liq (burjua inqilobi, manufaktura va sav-
doning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlarning chegaralanishi, mustam-
lakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar). 
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g`oya mer-
kantilizmdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi 
muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga keladi 
deb qaralgan bo`lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb 
isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, 
kapitalistlarni himoya qildi, xususiy mulkni "muqaddas" va "dahlsiz" deb bildi. 
U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarni, ya'ni mavhum usullarni qo`llab har bir 
masalaning ichki bog`liqligiga asosiy e'tiborni qaratdi, matematik va statistik 
usullardan keng foydalandi. 
V.Petti "tabiiy baho" (qiymat), "siyosiy baho" tushunchalarini kiritdi, 
tovar qiymatining unga sarflangan mehnat miqdori bilan o`lchanishi g`oyasiga, 
ya'ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. "Mehnat boylikning otasi, yer 
esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati 
(pul) shaklida tushundi. 


119 
Ish haqi ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo`lgan jismoniy minimum, 
ya'ni "yashash, mehnat qilish va ko`payish" uchun kerak darajada to`lansa bas, 
degan g`oyani ilgari surdi. Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirish-
ni, ishchilarning soliq to`lashlarini zarur deb bildi. 
Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to`g`ri 
hal etdi, ya'ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to`g`ri, puln-
ing aylanish oborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning me'yorda 
bo`lishini qo`llab-quvvatladi. 
Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentan-
ing bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to`g`ri hal etmadi). 
Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, aniqrog`i de-
mografik statistika faniga asos soldi. "Aholi - boylik asosi" masalasini to`g`ri 
qo`ydi. Milliy daromad masalasini qo`ydi va uni qisman hal etdi. 
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber 
ham muhim g`oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha 
katta farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o`ziga xoslik seziladi. Agar 
Petti ko`proq sanoat va savdoni qo`llagan bo`lsa, Buagilber asosan qishloq 
xo`jaligi sohasini tadqiq etdi va o`zining muhim xulosalarini chiqardi. Qiymatni 
aynan iste'mol qiymati shaklida tushundi. "Proporsional baholar" tarafdori edi, 
erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholarni qo`lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish 
inqirozini to`g`ri tushuntirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo`ldi, oltin va 
kumushlarni yovuzlik sababi deb bildi. Noto`g`ri ravishda faqat qishloq 
xo`jaligini qo`llab-quvvatladi, sanoat va savdoga kam e'tibor qildi. Buagil-
berning iqtisodiy islohotlari bo`yicha takliflari o`z davri uchun nihoyatda 
ahamiyatlidir. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling