Iqtisodiy ta'limotlar


Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

6.3. Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga 
kelishi. P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari 
 
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g`oyalarning boshlanishi V.Petti nomi 
bilan bog`liq bo`lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g`oyalar 


113 
Angliyada Rikardo bilan intihosiga yetgan bo`lsa, Fransiyada Sismondi bilan 
yakunlanadi. 
Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq qilar 
edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo`lib, qirollar ("qirol - 
quyosh - Ludovik XIV") va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya 
qilingan. Kolber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining 
umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori 
edi, ammo bu ish qishloq xo`jaligining ziyoniga o`tkazildi, feodal munosabatlar 
to`la saqlab turildi (eslang, Angliya burjua inqilobi XVII asrda bo`lib o`tdi, 
vaholanki Fransiyada bu inqilob XVIII asr oxirida ro`y berdi), bu esa iqtisodiy 
va ijtimoiy rivojlanishga to`siq edi. Manufakturalar paydo bo`ldi, ammo rivoj 
topmadi. Sex tizimi saqlangan bo`lib, rivojga to`siq edi. 
Yer masalasi to`la hal etilmadi, "Senyorsiz yer yo`q" tamoyili saqlandi, 
mayda yer egaligi, dehqonlarning turli soliq va yig`imlarga mahkum etilganligi 
ularni bu tizimda yerni yaxshilash va ishlab chiqarishni rivojlantirishga 
rag`batlantirmas edi, vaholanki, aholining 3/4 qismi dehqonlar bo`lib, ular bu 
sohada tushkunlikda edi. Shu sababli, bu sohada islohotlar o`tkazish zarur 
bo`lgan, ammo unga shu davrdagi tizim halaqit berardi. Ichki bozor tor bo`lib, 
kapitalistik tadbirkorlikning o`sishiga yo`l bermasdi. Bu sinf asosiy soliq 
to`lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq to`lamagan, shahar 
burjuaziyasi hali nisbatan kam sonli, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. 
Yana bir muhim to`siq - bu urushlar edi. Fransiya olib borgan urushlar 
tufayli mablag`larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. qirol saroyidagi 
bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon keltirar edi. 
Demak, Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida feodal muno-sabatlar 
o`zining cho`qqisiga chiqqan edi (Angliya bilan solishtiring), vaholanki Angli-
yada burjua inqilobi bo`lib, kapitalistik munosabatlar tez shakllana boshladi. 
Fransiyada yuqori tabaqa barcha yerning egasiga aylandi, dehqonlar shaxsan 
ozod bo`lsalar ham, feodal majburiyatlar nihoyatda ko`p edi. Xo`jalikdagi 
kapitalistik uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor hiyla tor edi, xalq 
xo`jaligida natural xo`jalik asosiy bo`lib, sanoat rivoji past bo`lgan. Faqat zeb-
ziynat buyumlari va parfumeriya mahsulotlari tayyorlash bo`yichagina Fransiya 
Yevropada yuqori o`rinda edi. 
Ana shunday sharoit Fransiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi 
sotsial-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Fransiyadagi asoschilaridan biri 
bo`lgan Pyer Buagilber (1646-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta ta'sir 
ko`rsatdi. Pyer Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi bo`lib, de Buagilber - bu 
oila yer pomest'esining nomi edi. Lekin tarixda Pyer Buagilber nomi saqlanib 
qoldi. Pyer Lepezan de Buagilber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi 
ma'lumot olgach, adabiyot bilan shug`ullandi, keyinchalik Ruan okrugida 
oilaviy kasb-hunar sudya (hakam) lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib 


114 
bordi; o`z ko`zi bilan ularning nochor ahvoliga guvoh bo`ldi; u bu lavozimni 
umri oxirigacha saqlab qoldi va katta o`g`liga topshirdi; o`zini "qishloq 
xo`jaligining advokati - himoyachisi" deb atadi. 
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib jamoat boyligi konsepsiya-
sidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik massasi bilan emas, balki 
turli-tuman foydali boylik va buyumlardan, masalan, non, vino, go`sht, kiyim-
kechak va boshqalardan iboratdir. Hatto yerga va pulga egalikning o`zi boylikni 
ta'minlaydi. Agar yer ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolar (masalan, 
oziq-ovqat va kiyim-kechak) aralashtirilmasa bunday "boylik" egasi 
qashshoqlikka mahkum etiladi. 
Shu sababli jamiyatda pulni ko`paytirish emas, balki ishlab chiqarishni 
o`stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak. 
Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar xos: 
·erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo`'tadillik mavjud 
bo`ladi; 
·tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati) ni belgilashda xarajatlar 
qoidasiga amal qilinadi; 
·milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat 
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi; 
·xo`jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga yetarli baho 
berilmaydi va boshqalar. 
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo`li bilan qishloq xo`jaligining 
roli ataylab mutlaqlashtirgan. 
Adam Smitdan ancha oldin shaxsiy manfaat (egoizm)ning jamiyat 
uchun ahamiyatini ko`ra bildi. 
1691 yilda u Fransiyani og`ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif 
etdi. Dastlabki fikrlari bo`yicha turli islohotlar o`tkazib (ular burjua-demokratik 
xarakterga ega bo`lishi kerak edi), 1707 yilda esa uning g`oyalari yetilib, 
quyidagi uch qismdan tarkib topdi: 
1. Soliq tizimini o`tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan 
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga tegishli 
bo`lishi kerak edi. 
2. Ichki savdoni har xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo 
erkinligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining o`sishini 
ta'minlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi; 
3. Donning erkin sotilishiga yo`l berish, donga tabiiy baho ta'sirini che-
klamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sun'iy ravishda baho belgilangan 
bo`lib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi, don yetishtirish o`smay 
qo`ygan edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin raqobat sharoitida 
rivojlanishi va tovarlar bozorida "haqiqiy qiymat"ga ega bo`lishi kerak edi. U 
davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi zarur, deb hisobladi. 


115 
Bu islohotlar mamlakat va xalq farovonligini oshirish va xo`jalikni 
rivojlantirishning boshlang`ich shartlari bo`lishi kerak edi. Buagilber o`z 
g`oyasini reklama qilish maqsadida bu islohot bu oyda qirolga kerak bo`lgan 
summani yetkazib beradi, degan fikrni tarqatdi. Vazirlar esa ikki soat davomida 
kerakli qator qonunlarni tayyorlashi mumkin va xo`jalik "xuddi hamirturu-
shdagi kabi" tez o`sadi, deydi u. U o`z takliflari bilan bir necha bor murojaat 
qildi. Ammo, uning bu harakatlari zoye ketdi. U o`z g`oyalarini kitoblarda 
bayon etdi va bu kitoblarni nashr ettirdi. Uning asosiy iqtisodiy asarlari 
"Fransiyaning to`la tavsifi", "Fransiya to`g`risida varaka", "Boyliklar tabiati 
to`g`risida traktat" va boshqalardir. Uning ayrim asarlari, masalan, 1707 y. 2 
jildda chiqarilgan "Fransiya ayblari" kitobi ta'qiqlangan. Ularda Fransiyaning 
shu davrdagi og`ir iqtisodiy ahvoli to`la yoritib berilgan, ayniqsa qishloq 
xo`jaligining orqada qolish sabablari to`g`ri berilgan. Xalq xo`jaligi orqada qol-
ishining bosh sababi - olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning, Kolber (moliya 
boshlig`i) va boshqalarning merkantilistik qarashlari fosh etilgan. U faqat sano-
at rivojini bir tomonlama qo`llab-quvvatlashga qarshi chiqdi. qishloq xo`jaligi 
manfaatlarini himoya qildi, don eksportini cheklashga qarshi chiqdi, soliq tiz-
imini isloh qilish tarafdori bo`ldi, u ezilgan xalq ommasining ahvolini yaxshi-
lash tarafdori edi (V.Petti bilan solishtiring). Olib borilayotgan iqtisodiy siyosat 
xo`jalik hayotining tabiiy rivojiga teskari edi. Buagilber aytadiki, avvalgi 
davrdagi to`kin-sochinlikni qaytarish uchun mo’jiza qilish shart emas, tabiat us-
tidan bo`layotgan doimiy zo`ravonlikka chek qo`yish yetarlidir. Olimning 
fikricha, shunday soliq va iqtisodiy siyosat tadbirlari kerakki, ular tabiatga 
qarama-qarshi bo`lmasligi kerak. Bu g`oya shundan iboratki, unga ko`ra iqti-
sodiyotda shunday qonunlar borki, ularni bemalol, jazosiz buzish mumkin emas 
(ekologiyada ham shunday). 
Shunga mos ravishda u tabiatning talablari nimadan iborat ekanligini 
ochib berishga uringan, obyektiv qonuniyatlarni o`rganishga kirishib, ilmiy 
tahlil qilish yo`li sari yirik qadam tashlagan. Ammo shu bilan bir vaqtda u 
xo`jalikdagi xodisalarni tabiiy va tabiiy bo`lmaganlarga ajratib, avvalgisini 
himoya qildi va keyingisini qoraladi. Buagilyber o`zi taklif etgan siyosatni 
amalda isbotlovchi nazariyani yaratishga intildi. Uning iqtisodiy qarashlari ko`p 
jihatdan V.Pettiga o`xshab, mamlakatning iqtisodiy o`sishi nima bilan bog`liq 
degan savolga javob topish edi. Buagil-berni ko`proq va asosan Fransiya iqti-
sodining turg`unlik holati va uning orqaga ketishi sabablari qiziqtirardi. Bundan 
u umuman nazariy masalalar, masalan, xalq xo`jaligida qanday qonuniyatlar 
harakat qiladi va uning rivojini ta'minlaydi, degan masalaga o`tdi. 
Buagilber bu muammoga javob berishda bosh e'tiborni "optimal baho 
paydo bo`lishi" masalasiga qaratdi. Uningcha iqtisodiy barqarorlik va tara-
qqiyotning eng muhim sharti proporsional va normal baholar hisoblanadi. 
Xo`sh, bu baholar nimadan iborat? Avvalo, bu baholar o`rtacha har bir sohadagi 


116 
ishlab chiqarish harajatlarini qoplashga yordam berishi va ma'lum kirim, sof 
foyda keltirishi kerak. Aks holda ishlab chiqarish bo`lmaydi, undan so`ng, bu 
shunday baholarki, unda tovarlarni realizatsiya qilish jarayoni bekamu ko`st 
davom etishi va barqaror iste'mol talabi qondirilishi kerak. Va nihoyat, bu 
shunday baholarki, pullarning "o`z o`rni bo`lib", ular to`lov oborotini bajarishi 
va odamlar ustidan hukmronlik, zo`ravonlik qila olmasligi zarur. 
Xalq xo`jaligi proporsionalligi ifodalangan baholar qonunini, aslida esa 
qiymat qonunini tushunish yangi va ilg`or g`oya edi. Olimning asosiy asarlari 
shu g`oyalar bilan bog`liq. Iqtisodiyotda "optimal baholar"ni qanday ta'minlash 
mumkin? Buagilberning fikricha, baholarning bunday strukturasi raqobat 
erkinligi sharoitida stixiyali ravishda tarkib topadi. 
Erkin raqobat sharoitining buzilishi Fransiyada donga maksimal bahol-
arning qo`yilganligidir, deydi u. Uningcha, donga erkin baholar belgilansa, 
baholar birmuncha oshadi, bu dehqonlarning da-romadini oshiradi va ularning 
sanoat tovarlariga talabini ko`taradi, oqibatda bu mahsulotlarni ishlab chiqarish 
ortadi va hokazo. Bunday zanjirli reaksiyalar bir vaqtning o`zida "proporsional 
baholar" o`rnatilishiga va xo`jalikning ravnaqiga olib keladi. 
Demak, Buagilber iqtisodiy erkinlik tarafdori edi va talabga qarshi 
chiqmaslikni taklif etadi. Shu bilan birga, u davlatning iqtisodiy funksiyasini 
inkor etmadi: bu o`sha davr uchun, real hayotni tushungan amaliyotchi olim 
uchun tabiiy edi. Uningcha, davlat to`g`ri soliq tizimi orqali mamlakatda 
iste'mol va talabni yuqori darajada ta'minlashi mumkin. Agar iste'mol sarflari 
oqimi pasaysa, tovarlarni sotish va ishlab chiqarish keskin kamayadi. Agar 
kambag`allar ko`proq ishlab topsalar, soliqlarga kam sarf qilsalar, ular o`z 
daromadlarini tez sarflashga moyildirlar. Boylar esa, aksincha, o`z daromadla-
rini saqlashda va demak, mahsulotni sotishda qiyinchilik tug`dirishiga olib ke-
ladi. 
Buagilberning bu mulohazalari iqtisodiy ta'limotlarning keyingi yuz yil-
likdagi rivojiga katta ta'sir etdi. Jamiyat boyligi va iqtisodiy o`sish bo`yicha 
prinsipial jihatdan ikki xil qarash mavjud. 
Birinchisi bo`yicha ishlab chiqarishning o`sishi jamg`arish hajmi (ya'ni 
jamg`arma va kapital qo`yilmalar)ga bog`liq. Bunda to`lovlarga talab avtomatik 
ravishda (stixiyali) amalga oshadi. Bu konsepsiyaga ko`ra, ortiqcha ishlab 
chiqarish inqirozlari bo`lishi inkor etiladi. 
Ikkinchi pozitsiya bo`yicha iste'mol talabi ishlab chiqarishning yuqori 
sur'atlarda o`sishini qo`llaydigan omil sifatida qaraladi. Buagilber ma'lum 
ma'noda mana shu pozitsiya tarafdori edi va u qonuniy ravishda iqtisodiy inqi-
rozlar muammosini keltirib chiqargan. 
Buagilber inqiroz xodisasini xo`jalikning ichki qonuniyatlari bilan emas, 
balki yomon davlat siyosati bilan bog`laydi. Uningcha, yaxshi siyosat olib bor-
ish yo`li bilan talab kamomadini hal etish va inqirozlarni chetlab o`tish mum-


117 
kin. Bu masala juda murakkab bo`lib, Seyga tegishli (buni keyin qarab 
chiqamiz) "bozorlar qonuni"ga asos bo`lgan deyish mumkin, ya'ni erkin 
mahsulotlar almashuvi tizimida mahsulotlarning ortiqcha ishlab chiqarilishi 
mumkin emas (inqirozlar bo`lmaydi). Aksincha, Shumpeterning fikricha, Bu-
agilber iste'mol talabining yetarli emasligi va jamg`arma ortiqchaligi sababli, 
o`sha davrdagi tizim uchun inqiroz xavfi bo`lib, tizim barqarorligiga shubha 
bildirgan, ya'ni Sey qonunini oldindan tanqid qilgan. 
Buagilber o`zining "Boylik, pul va o`lponlarning tabiati to`g`risida mu-
lohaza" asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro`y berishini yorqin va obrazli 
ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat yetishmovchilikdangina emas, or-
tiqcha boylikdan ham o`lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki, deydi u, 10-12 
odam bir-biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-ovqat ko`p, ammo 
boshqa hech narsa yo`q; ikkinchisida esa kiyim-kechak serob, uchinchisida 
ichimliklar ko`p va hokazo, ammo ular bu mahsulotlarni almasha olmaydilar. 
Zanjirlar bu oddiy insonlarga tushunarsiz inqirozlarni keltirib chiqaruvchi iqti-
sodiy kuchlardir. Buagilber insoniyat tarixida XX asrda bir necha bor ro`y ber-
gan yirik iqtisodiy inqirozlarni oldindan ko`ra bilgandek (ma'lumki, ishsizlik va 
qashshoqlik sharoitida sutlar dengizga to`kilgan, ekin maydonlariga o`t 
qo`yilganligi aniq). 
Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbayi almashuv so-
hasi emas, balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish 
rivojining sharti sifatidagina qaraydi. 
Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazari-
yasiga asos soldi, u bozor bahosi va "haqiqiy baho"ni farqlagan, "haqiqiy baho 
mehnat sarfi bilan belgilanadi", degan. U haqiqiy baho deganda, ishlab 
chiqarishning turli tarmoqlari o`rtasida mehnat taqsimotining to`g`ri pro-
porsiyasini tushungan. Shunday proporsional taqsimotning zaruriy shart-
sharoiti sifatida ishlab chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi. 
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif 
etgan) Buagilber qiymatning pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan, shunday 
zaruratga ehtiyoj yo`q degan. Agar V.Pettining diqqat markazida pullar v 
boshqa tovarlar o`rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo`lsa, Buagil-
berning e'tibori tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni tovarlarning 
to`g`ridan-to`g`ri almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarak-
terli ediki, u pulga keskin qarshi bo`lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning 
manbayi mujassamlangan, tovarlarning "haqiqiy baho" asosida almashuvi 
buzilishining sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik 
deb baholaydi, pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan kurashadi. Pulning 
yagona yaxshi tomoni shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush 
o`rnini qog`oz pul bemalol qoplaydi. Ko`rinib turibdiki, olim pulning barcha 
funksiyalarini tushunib yetmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo`lib, uning rolida 


118 
qiymatga ega bo`lgan tovarlargina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli un-
ingcha, tovar ishlab chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo`q qilish kerak. Shu 
yerda u iqtisodiy munosabatlarning ikki shakli o`rtasidagi chambarchas aloqani 
tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo`q 
qilmoqchi edi. 
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni qondirishda 
deb xato o`ylagan (iste'mol va almashuv uchun). 
Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sar-
flangan ish vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay 
tomonini saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar 
Pettining iqtisodiy ta'limotida almashuv qiymati asosiy bo`lsa, Buagilberda 
iste'mol qiymati bosh rolni o`ynadi. Aslida ularni bir-biridan ajratib bo`lmaydi. 
Buagilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya qi-
lishi, sanoat va savdoni yetarlicha baholamasligi), bizningcha tarixan bo`lib, 
Fransiya kapitalizmi rivojining xususiyatlaridan kelib chiqadi, nazariy jihatdan 
orqaga qarash bor. Agar Angliyada sanoat, savdo va hatto qishloq xo`jaligida 
kapitalistik munosabatlar to`la g`alaba qozongan bo`lsa, uning iqtisodiyoti 
mehnat taqsimoti, raqobat, kapital va ishchi kuchlarining faolligi bilan xarakter-
lanar edi; Fransiyada esa bu munosabatlar endi shakllana boshlagan edi, xolos. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling