Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

1-jadval 
Ishlab chiqarish 
Xarid 
Ishlab chiqarishning bir yil-
lik hajmi 
I
II 
III 
Fermerlar 




Yer egalari 




Hunarmandlar 




Yakuniy xarid 




Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o`zaro bog`liqligi ko`rsatib beril-
gan. 
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham oddiy 
takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang`ich va oxirgi holat teng). 
Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro`y beradi. F.Kenyening 
asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida saqlab qolish edi. 
Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o`ringa qo`ya olmas edi, chunki bu olimn-
ing dehqonchilikning ustunligi haqidagi fiziokratik konsepsiyasiga qarshi 
chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni sinflarning ishlab chiqarish 
vositalariga munosabatini inkor etadi. 
Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning "sof 
mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'limoti aks 
etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi si-
fatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko`rinib turibdi. F.Kenye takror ishlab chiqarish 
jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning o`zgarmasligini asos qilib 
oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro`y beryapti deb faraz 
qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi (ya'ni bu xodisa faqat 
ichki bozor sharoitida ro`y beryapti deb qarash kerak). 
Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr 
muomala (aylanish) momentining boshlang`ich punkti qilib olingan. 
Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal 
qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1 mlrd 
xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan 1 mlrd sar-
flangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital ("boshlang`ich 
avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga (amortizatsiyaga) 
muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiymatiga nisbatan 10 foiz yeyiladi 
(eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yillik avans") 2 mlrd, "sof 
mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" o`tgan davr mobaynida ishlab chi-
qilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega. 


129 
Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd livrga teng (5 mlrd 2 
mlrd). Undan tashqari fermerlar qo`lida naqd 2 mlrd livr pul ham bor (5 
mlrd + 2 mlrd + 2 mlrd = 9 mlrd), ular bu summani muomala - aylanish bosh-
languncha yer egalariga ijara haqi, ya'ni renta to`lab qo`ygan edilar. 
Xo`sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizatsiya va aylanish ja-
rayoni qanday amalga oshadi? "Iqtisodiy jadval"ning shartlariga ko`ra bu ja-
rayon besh aktdan iborat bo`lib, har biri 1 mlrd livrga tengdir. 
1. Mulkdorlar "unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik oziq-ovqat mahsulotlari 
sotib oladilar. Natijada bu operatsiyada qishloq xo`jaligi mahsulotining 1/5 
qismi realizatsiya qilinadi, yer egalarining mulki muomala sohasidan iste'mol 
sohasiga o`tadi. 
2. Mulkdorlar "unumsiz sinf"dan 1 mlrd livrlik sanoat mahsulotlari sotib 
oladilar. "Unumsiz sinf" shu bilan o`z mahsulotning yarmini realizatsiya qiladi. 
3. "Unumsiz sinf" mulkdorlardan olgan puliga "unumli sinf"dan iste'mol 
uchun kerakli mahsulotni oladi. Shu yo`l bilan qishloq xo`jaligi mahsulotining 
yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi. 
4. "Unumli sinf" "unumsiz sinf"dan olgan 1 mlrd livrga uning o`zidan 
("unumsiz sinf"dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini oladi. Ular aso-
siy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta tiklash uchun 
kerak. Bu operatsiya oqibatida ("unumsiz sinf"ning) sanoat mahsulotining 
ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi. 
5. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida "unumsiz sinf" 
"unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik qishloq xo`jalik xom ashyosi xarid qiladi. 
Umumiy ijtimoiy mahsulotning aylanish natijalariga ko`ra sinflar 
o`rtasida 3 mlrd livrlik qishloq xo`jalik mahsuloti va 2 mlrd livrlik sanoat 
buyumlari realizatsiya qilindi. "Unumli sinf" ixtiyorida qolgan 2 mlrd livrlik 
mahsulot barcha sinflar o`rtasidagi muomalaga kirmaydi, u faqat shu sinf 
doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq 
xo`jaligi ishlab chiqarishi jarayonida sarflangan urug` va oziq-ovqat 
mahsulotlari o`rnini qoplaydi. "Unumli sinf" tomonidan sotib olingan sanoat 
tovarlaridan asosiy kapitalning sarflangan qismini qoplash uchun foydalaniladi. 
Naqd pul 2 mlrd livrlik muomala (aylanish) natijasida "unumli sinf" qo`liga 
qaytishi mumkin, ammo bu pul yana keyingi muddat uchun ijara haqi sifatida 
yer egalari qo`liga kelib tushadi. Shunday qilib, yangi ishlab chiqarish siklini 
boshlash, ishlab chiqarishni joriy etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. 
Ammo, u ilgarigi hajmda, ya'ni oddiy takror ishlab chiqarish uchun mos keladi. 
Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ularni F.Kenye qirol 
mahkamasidan olgan bo`lishi aniq. 
"Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olin-
gan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab 
chiqilmasdan, ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomalaga 


130 
birlashtirilgan. Ana shu sinflar o`rtasidagi muomala F.Kenye tadqiqotining 
predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab chiqarish jarayonining 
shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti sifatidagina 
qarab chiqishga uringan. 
 
Fermerlar 
(unumli sinf) 
5 mlrd 
Mulkdorlar 
(yer egalari) 
2 mlrd 
Sanoatchilar 
(unumsiz sinf) 
2 mlrd 
1 mlrd 
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari 
Sanoat mollari 
1 mlrd 
Qishloq xo`jalik
mahsulotlari 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling