Iqtisodiy ta'limotlar
Asosiy tushuncha va iboralar
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- UCHINCHI QISM KLASSIK MAKTABGA ALTERNATIV TALIMOTLAR “Holva degan bilan og`iz chuchimaydi”. Maqol. 11-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUXOLIF
Asosiy tushuncha va iboralar
J.S.Mill; ishlab chiqarish qonunlari va taqsimot qonunlari; minimum ish haqi va fiziologik minimum; Kurno, Tyunen; iqtisodiyot va matematik; talabning elastikligi. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1.J.Millning iqtisodiy qarashlari qanday? 2.J.Mill ishlab chiqarish qonunlari bilan taqsimot qonunlarini qanday baholaydi? 3.Minimum ish haqi va fiziologik minimum nima? 198 4.J.R.Mak-Kulloxning asosiy g`oyalariga tushuncha bering. 5.Iqtisodiyotda matematik uslub kim tomonidan kiritildi? "Talabning elastikligi" nimani bildiradi? Baho va mahsulot miqdori o`rtasida qanday bog`lanish bor? 6.Tyunenning iqtisodiy modelini izohlab bering. Samarali va samarasiz xo`jalik qanday aniqlanadi? 7.Klassik maktab va hozirgi zamon. 199 UCHINCHI QISM KLASSIK MAKTABGA ALTERNATIV TA'LIMOTLAR “Holva degan bilan og`iz chuchimaydi”. Maqol. 11-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUXOLIF IQTISODIY FOYALARNING VUJUDGA KELISHI 11.1. XIX asrning birinchi yarimida islohotchilik ilmiy konsepsiyalarining shakillanishi XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to`ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta'limotini turlicha tanqid qiluvchi nazariy maktablarni shakillanishiga yetarli zamin tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy maktabga muxolif bo`lib uch asosiy yo`nalishda: iqtisodiy romantizm, xayoliy sotsiolizm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo`nalishida rivojlandi. Bularning asosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan birga ulardan o`zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzilish modelini taklif qildilar. Darslikning shu va keyingi boblarida klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi g`oyalarning ba'zilari bilan yaqindan tanishamiz. Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish ustun bo`lgan sharoitda sanoat to`ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatini nisbatan bergan iqtisodchilarni paydo bo`lishi tabiiy bir hol edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar nazaryotchilar klassik iqtisodiy maktabga ham, xayoliy-sotsialistlarga ham bab-barovar teng qarshi turuvchi iqtisodiy ta'limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik jamiyatning mayda tovar ishlab chiqarishni saqib chiqarish yollanma mehnatni kengaytirish bilan bog`liq bo`lgan ko`pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy mulkchilikni sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar. XIX asrning birinchi choragida iqtisodiy ta'limotlarda shuningdek, ilk bor ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko`rsatila boshlandi. Chunki, aynan mana shu davrdan boshlab sanoat ishchilarga rasman shakllandi va ularga xos muammolar ko`zga tashlana boshlagan edi. Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari "iqtisodiy romantizm" ga xos islohotchilik harakatlarini targ`ib qilib, o`z rivojida bir necha bosqichni bosib o`tdi. Agar birinchi bosqichni vakili hali kapitalizmdan voz kechishni orzu qilgan, uni cheklab qo`yishga intilgan ishchilarning kullafatlari xususida astoydil ko`z yoshi qilgan bo`lsa, ikkinchi bosqich maktabi vakili esa 200 kapitalizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib "kichik kapitalizm" ni saqlab qolish tarafdori edi. Lekin shuni alohida ta'kidlash zarurki, markscha-lenincha ta'limotdan farq qilib, ya'ni "inqilobga qarshi" deb atalgan yo`nalishdan yuz o`girib, "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" alohida yo`nalish hisoblangan islohotchilikka xos bu maktab vakillari ijodini, ta'limotlari o`rganish nithoyatda zarurdir. Chunki, ilmiy maktab vakillari o`z davrlarida klassik iqtisodiy maktab vakillarini tanqid qilib, xayoliy soialistlar g`oyalariga qarshi kurashdilar, marksizm ta'limoti ommalashuviga qarshilik qilishga urindilar. Biz ushbu bobda mana shu maktabning asosiy vakillari S.Sismondi, P.Prudon, K.Rodbertusning iqtisodiy ta'limotlariga xos xususiyatlar ularning uslubiyati bilan yaqindan tanishamiz. Bu olimlar qoldirgan ilmiy meros ma'lum darajada uzoq davr davomida turli mamlakatlardagi iqtisodiy qarashlarning shakllanishiga katta ta'sir o`tkazib keldi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling