Iqtisodiy ta'limotlar


Iqtisodiyotda matematik uslublar (A.O.Kurno, I.G.Tyunen)


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

 
10.2. Iqtisodiyotda matematik uslublar (A.O.Kurno, I.G.Tyunen) 
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko`rinib turibdiki, X1X asrning 
o`rtalarida iqtisodiyot fanida inqiroz holatlari kuzatildi. Mafkuraviy 
yondoshuvni talab qiluvchi g`oyalar tobora kuchayib bordi. Siyosiy 
munozaralarda iqtisodiy ta'limotlardan o`z xohishlaricha foydalanish holatlari 


190 
faollashdi. Iqtisodchi olimlarning obro`yi eng past darajaga tushib qoldi. Shu 
davrda mafkuradan holi bo`lgan tatqiqotlarga ehtiyoj sezildi. Xuddi shu davrda 
iqtisodiyotda matematik uslublarni qullash bo`yicha dastlabki tadqiqotlar paydo 
bo`ldi, bu "marjinalistik inqilob" gacha ro`y bergan iqtisodiyotdagi yangi 
yo`naltirishdir. 
Ko`pgina iqtisodiy xodisa va jarayonlar o`z tabiatiga ko`ra miqdoriy 
xarakterga ega. Odatda iqtisodiy ko`rsatkichlar orasida miqdoriy bog`lanish 
mavjud, masalan, agar ulardan biri o`zgarsa, ma'lum qonun asosida o`zaro 
bog`langan bir yoki bir nechta boshqa ko`rsatkichlar ham o`zgaradi. Agar bir 
tovarga baho oshsa, odatda unga bo`lgan talab ko`pincha pasayadi. Bu 
bog`lanish xarakterini odatda qandaydir funksiya bilan ifodalash mumkin. 
Taxminan xuddi shunga o`xshash g`oyalar XVIII asrdayoq ayrim 
olimlar orasida paydo bo`ldi va iqtisodiyotni, iqtisodiy xodisalarni o`rganish 
uchun matematika fanini qo`llash kerak degan fikr yuzaga keldi, shunday 
tadqiqiy intilishlar boshlandi. Keyinchalik esa nazariy iqtisodning ayrim bosh 
masalalarini hal etishda bu usul keng qo`llanila boshladi. 
Iqtisodiy tadqiqotlarda matematik uslublarni ongli ravishda va muttasil 
qo`llagan dastlabki olim fransiyalik Antuan Oyusten Kurnodir (1801-1877). 
Kurnoga kelgusida shon-sharaf keltirgan "Boylik nazariyasi matematik 
prinsiplarining tadqiqoti" asari 1838 yilda bosilib chiqdi. Uning hayoti davrida 
bu asar olimlar o`rtasida deyarlik qiziqish uygotmadi va uni ishi yurishmagan 
"iqtidorli fan fidoyisi" sifatida eslab qoldilar. Ammo bu unchalik to`g`ri 
bo`lmagan fikrdir, chunki u oliy maktab professori, o`quv yurtlarining ma’muri 
lavozimida tinch-osoyishta va ta'minlangan hayotni boshidan kechirdi. Lekin u 
yaxshi va to`q hayot bilan birga, o`zining asarlari va g`oyalariga bo`lgan sovuq 
munosabatni ham doim sezib turdi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling