Iqtisodiy ta'limotlar


-jadval  T.R.Maltus "Nufuz qonuni"ning matematik ifodasi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

2-jadval 
T.R.Maltus "Nufuz qonuni"ning matematik ifodasi 
Aholini o’sishi 
Geometrik progressiv 
1,2,4,8,16,32,64,128 va 
hokazo 
Tirikchilik vositalarining 
o’sishi 
Arifmetik progressiv 
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 
200 yildan so’ng 
Aholining o’sishi 256 
marta 
Tirikchilik vositalari 9 
marta 
300 yildan so’ng 
Aholining o’sishi 9096 
marta 
Tirikchilik vositalari 13 
marta 
3-jadval 
Avlodni davom 
ettirish instink-
ti 
Aholini o’sish potenciyali 
Aholini o’sishini che-
klovchi omillar 
Oldini olish choralari: 
Real omillar: 
o’lim ortishi 
Axloqiy hu-
susiyatdagi 
cheklashlar 
Sog’liq pastli-
gi 
Noo’rin 
hayot 
Kam-
bag’allik 
Tirikcjilik vositalarini cheklanganligi 
Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy va doimiy sababi, 
boshqarish tarzi yoki mulkning notekis taqsimlanishiga hech ham bog`liq emas; 
bu jarayon "tabiiy qonunlar va insoniy hirs" tabiatning nochorligi va insoniyat-
ning favqulodda tez ko`payishi bilan bog`liqdir. Shu sababli xalq o`z azob-
uqubatlari uchun o`zini o`zi ayblashi kerak". Uni to`g`rilashga hech qanday 
inqilob va sotsial islohotlar yordam bera olmaydi. Bunda faqat bir to`g`ri yo`l 
bor - bu aholi sonini qisqartirish. O`ta ko`payishning oldini olish vositasi, 
chorasi sifatida "axloqiy chidam" (kambag`allar nikohdan o`zlarini tiyishlari, 
kech turmush qurishlari), og`ir mehnat yoki turli baxtsizliklar (ochlik, 
qashshoqlik, kasallik, epidemiya, urush va boshqalar) taklif etiladi. 
Maltusning fikricha, tabiiy biologik instinktga ko`ra insoniyat ko`payish 
imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va o`simliklar 
qarama-qarshi ravishda bu jarayonni chek-lash imkoniga ham ega bo`lib, 
hayvonot dunyosidan ajralib turadi. quyidagi jadvalda ana shu imkoniyatlar aks 
etgan. 
Shunday qilib, Maltus ta'limoti bo`yicha, jamiyat illatlari insoniyatning 
beixtiyor qismatidir. Nazariy jihatdan bu fikrlarda hech qanday ilmiylik va 
yangilik yo`q. Bu "qonun"dagi asosiy g`oyalar ungacha bo`lgan olimlardan 
to`g`ridan-to`g`ri o`g`rilangan (plagiat), chunki o`z davrida Styuart, Uolles, 
Taunsend va boshqalar bu masalani yoritgan edilar. Maltusning bu nihoyatda 


176 
reaksion xulosalari qattiq tanqidga uchradi. Tug`ilishni kamaytirish uchun u 
nikoh yoshini oshirishni, davlat tomonidan bolalarga beriladigan nafaqalarni 
butunlay bekor qilishni taklif etdi. 
Maltus bu tanqidlardan xulosa chiqarib, 1820 yilda o`z asarini qayta 
ishlab chiqdi va unda o`z fikrlarini ancha yumshatishga in-tildi; ayniqsa ustiga 
dam-badam yog`ilib turadigan va aholini o`limga mahkum etadigan balo-
ofatlarni zaruriy deb hisoblashdan voz kechdi va kechirim so`radi, uni noto`g`ri 
tushunganliklarini aytib o`tdi, ammo u o`zining bosh fikrini inkor etmadi. 
Maltus markaziy g`oyasi, ya'ni aholi soni o`sish sur'atlarining jamiyat 
farovonligiga ta'siri prinsipda to`g`ri va dolzarbdir. Ammo olim tomonidan 
berilgan prognoz (istiqbol) lar baxtimizga normal bo`lib chiqdi. Har 20-25 yilda 
aholining ikki marta ko`payishi insoniyatni to`la qashshoqlikka mahkum etishi 
kerak edi. 
Maltus "doktrinasi" avvalo metodologik jihatdan xato edi, chunki hech 
qanday isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat hayotida qo`llaniladi, vaholanki 
insonlar o`simlik va hayvonot dunyosidan farqli o`laroq faqat iste'mol 
qilmaydilar, balki o`zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik vositasini 
ko`paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Shuni eslab o`tish joizki, o`z davrida 
Petti va Smit mamlakat boyligining asosi unumli mehnat bilan shug`ullanuvchi 
aholi ekanligini isbotlab berganlar. Maltus klassiklarning bu fikrini inkor etadi. 
Undan tashqari, Maltus o`zi ochgan qonunni abadiy deb e'lon qiladi. Aslida esa 
kapitalizm davrida ortiqcha ishchi kuchi hisobiga aholining nisbiy ortiqchaligi 
yuzaga keladi, bu yerda aholining nisbiy ortiqchaligi aholining absolut 
ortiqchaligi deb ko`rsatilgan. 
Maltus progressiyalari esa statistik va amaliy (faktik) materiallarni 
ochiqdan-ochiq soxtalashtirishdir (falsifikatsiya). Unda berilgan ma'lumotlar 
AQSHning XVI-XVIII asrlardagi aholi o`sishiga nisbat sifatida keltiriladi, bu 
mamlakat aholisining asosan Yevropa aholisining emmigratsiyasi hisobiga 
ko`payganligi haqidagi "arzimas" fakt esa hisobga olinmagan (tabiiy o`sish bor, 
emmigratsiya bor). 
Maltus o`z fikrini "isbotlash" uchun "tuproq unumdorligining pasayib 
borishi" nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko`ra, yerga sarflangan 
qo`shimcha kapital go`yoki mahsulotni proporsional tarzda ko`paytirishga 
imkon bermas emish, binobarin odamlar o`zlarini oziq-ovqat va boshqa 
tovarlarga bo`lgan ehtiyojlarini qondiradigan mahsulotlarni to`la hajmda 
yetishtira olmaydilar. Shu tariqa mahsulotlarning yetishmasligi tabiatning 
tabiiy-biologik qonunlari bilan izohlab beriladi. Bu "qonun"da jon bor albatta, 
masalan bir gektar yer bilan dunyoni boqib bo`lmaydi, lekin ilmiy-texnika 
taraqqiyoti tufayli ko`pgina davlatlar yerdan nihoyatda unumli foydalanib oziq-
ovqat va boshqa muammolarni hal etmoqdalar. Demak, bu "qonun" ham 


177 
nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi. Bunga "ko`k inqilob"ni misol 
keltirish mumkin. 
"Ko`k inqilob" 1960 yillarning oxirida paydo bo`ldi, u qishloq 
xo`jaligida 
ilmiy-texnika 
taraqqiyotini 
qo`llash 
yo`li 
bilan 
uning 
mahsuldorligini oshirishni anglatadi. Bu jarayon 1950 yillarning o`rtalarida 
donning yuqori hosilli gibrid navlari kashf qilinishi bilan bog`liq. 
Bir qancha mamlakatlar "ko`k inqilob"dan foydalanib ancha katta 
yutuqlarni qo`lga kiritdilar. Masalan, Hindiston 70 yillarning oxiri va 80 
yillarning boshida o`zini o`zi don bilan ta'min-lashga erishdi. Bu yerda 1976 
yilda 120 million tonna don olindi, bu 1950 yilga nisbatan 2.5 marta ko`pdir, 
1989 yilda esa 200 million tonnaga yaqin don olindi, shundan 165 million 
tonnasi guruch va bug`doydir. 
Filippinda 1965-89 yillarda sholi hosildorligi bir necha marta, ya'ni 1.7 
mln tonnadan 9.5 mln tonnaga o`sgan bo`lsa, Indoneziyada bu ko`rsatkich 
gektariga 18.1 sentnerdan 42.3 tsentnerga o`sdi. XXR da yiliga 430-465 mln 
tonna don olinishi natijasida bu yerda 1 mlrd 250 mln kishilik aholi uchun oziq-
ovqat muammosi asosan hal etilgan. 
qiymat va daromad nazariyasi. 
Maltus iqtisodiyotning bir qancha boshqa masalalari bo`yicha ham o`z 
fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, daromad, foyda va realizatsiya bo`yicha 
g`oyalari diqqatga sazovordir. Maltus bu masalalarni hal etishda D.Rikardoning 
g`oyalariga qarshi chiqdi va bunda A.Smitdan foydalandi. Uningcha tovarning 
qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mehnat bilan aniqlanadi. Maltus 
g`oyasining "yangiligi" shu "qimmat o`lchovi"ni izohlashdir. Smitning fikricha, 
tovarni sotib olish uchun sarflangan mehnat, uni ishlab chiqarishga ketgan 
mehnatga tengdir. Maltusning fikricha, tovarlardagi mehnat miqdori uni ishlab 
chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo`lib, bu ko`rsatkich tirik va jonsiz 
mehnat plus avanslangan kapitalga foydadan jamlanadi. Bunda qiymatning 
hosil bo`lishi ishlab chiqarish sohasidan muomala sohasiga ko`chiriladi, 
iste'mol qiymati esa almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboriladi. Maltus 
tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlaridangina iborat deb ko`rsatadi va 
xaridor tovar sotuvchiga ish haqidan tashqari foydani ham to`lashi kerak, deb 
o`ylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal qo`shimcha, deb hisoblanadi. 
Foyda mehnatdan ajratib qo`yiladi, ya'ni kapitalistning foydasi qo`shimcha 
emas, balki tovarni o`z qiymatidan ortiqqa sotish tufayli paydo bo`ladi, 
noekvivalent ayirboshlashning mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida 
merkantilizm g`oyalariga qaytish ro`y beradi, qiymatning hosil bo`lishida 
mehnatning roli ikkinchi darajali qilib ko`rsatiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari konsepsiyasidan realizatsiya nazariyasi 
(takror ishlab chiqarish) ham kelib chiqadi va unda jamiyatda yer egaligi, 
ruhoniy, chinovnik, soldat va boshqa shaxslarning mavjudligi oqlanadi. Aslini 


178 
olganda bunda inqirozlar muammosi izohlanib, "uchinchi shaxslar" nazariyasi 
yuzaga keladi, undan shuni tushunish mumkinki, kapitalist va ishchilar ishlab 
chiqarilgan hamma tovarlarni sotib olishga qodir emaslar, chunki qiymatning 
ta'rifiga ko`ra jami ish haqi ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning qiymatidan 
foyda miqdoriga kamdir. Bu holatdan chiqish yo`li jamiyatda ishlab 
chiqarmaydigan sinflar, ya'ni "uchinchi shaxslar"ning borligidir, ortiqcha 
mahsulotlar ular tomonidan sotib olinadi. Maltus yetarli talabni qondirish uchun 
yer aristokratiyasini ulug`laydi, yuqori renta, soliq va boshqa yig`imlarni 
oqlaydi. 
Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas, deydi 
T.Maltus. ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to`g`risida fikr yuritib, bu 
jarayon umumiy bo`lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida permanent 
(uzluksiz) yoki vaqtincha bo`lishi mumkinligi aytiladi. Oxir-oqibat shuni aytish 
mumkinki, D.Rikardo va boshqa klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, T 
Maltus bo`yicha nafaqat xususiy, balki umumiy inqirozlar bo`lishi bashorat 
qilinadi (bu tarixan isbotlandi). Ammo, barcha inqirozlar vaqtincha bo`lib, ular 
o`tkinchi deb qaraladi. 
Maltus "Nufuz nazariyasi"ga ko`ra, ishchilarning sonini kamaytirishni 
taklif etgan bo`lsa, ishlamay yeydiganlarning sonini oshirishni jamiyat uchun 
foydali deb hisoblaydi. 
Bu g`oyalar aslida Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda 
izohlangan. Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab 
chiqarishni rivojlantirishni taklif etgan bo`lsa, Maltus kapitalizmdan voz 
kechmagan holda, avvalo yirik yer egalari va ruhoniylar manfaatini ta'minlashni 
qo`llaydi. 
Maltus g`oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda bir 
qancha ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan mamlakatlardagi 
og`ir ahvolni tushuntirishda bu olimning qarashlari to`g`ri keladi. Ayniqsa, 
Koreya Respublikasi rivoji xarakterlidir. Agar bu yerda 1950-60 yillarda 
aholining o`sishi yiliga 3 foizni tashkil etgan paytda iqtisodiy rvojlanish past 
bo`lgan bo`lsa, 90 yillarda aholining o`sishi 1 foizga tushgan paytga kelib 
iqtisodiy o`sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham aholining 
o`sishi katta bo`lib, iqtisodiy rivojlanish muammo-larini hal etishda bu 
olimning ba'zi g`oyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. 
Maltusning "Nufuz nazariyasi" XIX asrda juda keng tarqaldi va 
mashhur bo`lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltuschilar 
G.Butul, N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning "ikki progressiya" 
to`g`risidagi dastlabki qarashlarini biroz o`zgartirib, "aholining qarib borishi", 
"aholining eng maqbul miqdori", "qimmatli" va "arzon" kishilar kabi turli-
tuman g`oyalarini ilgari surmoqdalar. Bu konsepsiyalarda ilmiy-texnika 
taraqqiyotining oqibatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish bahonasi bilan, Yer 


179 
kurrasida "ortiqcha" odamlar ko`payib ketdi, deb ularning sonini turli yo`llar 
bilan kamaytirish rejalari taklif qilindi. 
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istikomat qilmoqda 
(1945 yilda aholi soni 2.5 mlrd edi) va bu ko`rsatkich tobora ortib bormoqda. 
Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda 
bu o`sish tez bo`lib, aholining 75 foizi shu davlatlarga to`g`ri keladi. Shuning 
uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda dolzarbdir. Bugungi 
kunda bu muammoni hal qilish maqsadida hatto oilani rejalashtirish chora-
tadbirlari taklif qilinmoqda. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling