Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

T.Maltus yashagan davr Angliyada sanoat inqilobi 
amalga 
oshayotgan 
yillar 
bo`lib, 
qayta 
ishlab 
chiqaruvchilar ommaviy qashshoqlashdi, ishsizlar 
armiyasi ko`paydi, ishchilarning iqtisodiy ahvoli tobora 
yomonlashdi. Xuddi shu holatlarga baho berish, uni 
izohlash, bu ahvolning sababi nimada ekanligini 
tushuntirish Maltusga nasib etdi. Uning asosiy asarlari 
quyidagilar: "Aholi nufuzi qonuni to`g`risidagi tajriba" 
(1798), "Yer rentasining tabiati va o`sishi to`g`risidagi 
tajriba" (1815), "Siyosiy iqtisod prinsiplari" (1820 yilda 
yozilgan va avvalgi kitobni qayta ishlab, ikki jildli 
asarga 
aylantirilgan). 
Bu 
asar 
uning 
do`sti 
D.Rikardoning "Siyosiy iqtisodning boshlanishi" asa-
ridan uch yil keyin chiqqan bo`lib, nazariy metodologik jihatdan undan keskin 
farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini himoya qiladi, ammo 
yer egalari va kapitalist-fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa va ishchilarga 
qarshi qo`yilsa, ularning ikkalasini qo`llab-quvvatladi, hukmron sinflarni 
oqladi, ommaning ochyalang`ochligi va og`ir ahvolida ularning hech qanday 
aybi yo`qligini isbotlamoqchi bo`ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish keraklig-
ini u xayoliga ham keltirmadi, buni o`ziga xos utopiya deb hisobladi. 
Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiy-gina 
tushuntirishga harakat qilinadi. 
Tadqiqot predmeti sifatida avvalo ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish 
yo`li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko`paytirish masalasi qaraladi. 
Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o`sish muammosini aholining o`sishi 
bilan bog`lashga harakat qilingan. Avvalgi tadqiqotlarda aholi o`sishi o`z-
o`zidan milliy xo`jalik rivojiga olib kelishi (va aksincha) masalasi qo`yilgan 
bo`lsa, bu olim muammoga o`ziga xos ravishda yondoshadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling