Iqtisodiy ta'limotlar


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/151
Sana16.07.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1660619
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151
Bog'liq
ИҚТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ Ўқув қўлланма

J.B.Sey 


170 
narsalar ham past qiymatga ega bo`lishi mumkin, ayrim narsalarning esa 
umuman qiymati yo`q, bunga havo, buloq boshidagi suv va boshqalarni 
ko`rsatish mumkin. Bu masala bo`yicha turli fikrlar mavjud bo`lib, uni to`laroq 
keyingi boblarda ko`rib chiqamiz (marjinalizm g`oyasining asosi ham shu 
fikrdir). Iqtisodiyotning bu kategoriyasi davrdan, tarixdan tashqari qaraladi va 
abadiy deb hisoblanadi, ekspluatatsiya inkor etiladi. 
Qiymatni foydalilik bilan almashtirish oqibatida daromadlar masalasi 
ham shu asosda yechib beriladi. Ishlab chiqarishda uch omil ishtirok etadi 
(mehnat, kapital, yer) va ularning har biri qiymatni hosil qilishda ma'lum 
xizmatni amalga oshiradi. Uch omil uch hil daromadni yuzaga keltiradi. 
Bunday tushuntirish nihoyatda sodda va yuzaki hisoblanadi. Chunki unda ishlab 
chiqarish omillari to`la huquqli hamkorlik asosida uyg`un - garmonik harakat 
qiladi, hech qanday ekspluatatsiya tan olinmaydi. Seyning izchil izdoshi 
Frederik Bastianing bosh asari ham "Iqtisodiy garmoniyalar" deb atalishi bejiz 
emas. 
Seyning daromadlar nazariyasida foydaning izohlanishi diqqatga 
sazovordir. "Mexnat" omili ishchilar uchun ish haqini "kapital" omili sohib 
uchun foydani "er" omili esa yer egasi uchun renta daromatlarini yuzaga 
keltiradi Biz bilamizki, foyda ssuda foizi va tadbirkorlik daromadidan iborat, 
uning birinchisi kapital egasi sifatida kapitalist tomonidan (kapital yaratadi), 
ikkinchisi korxona boshlig`i sifatida kapitalist tomonidan o`zlashtiriladi. 
Seyning fikricha tadbirkorlik foydasini yollanma boshqaruvchi ham olishi 
mumkin bo`lgan ish haqi turigina emas. Bu maxsus va muhim jamoat 
funksiyasini bajarganlik, ya'ni mohiyat - e'tiboriga ko`ra ishlab chiqarish 
omillarini ratsional birlashtirganligi uchun beriladigan mukofotdir. Shunday 
qilib, tadbirkor va ishchi o`rtasidagi farq ish haqi darajasida deb ko`rsatiladi. 
Tadbirkor, ishbilarmon maoshining yuqori bo`lishi esa ularning yuqori 
vazifalari, talanti, faoliyati, tartib va boshqarish ruhi tufaylidir. 
Sey ishchilarning ekspluatatsiyasini inkor etibgina qolmasdan, balki 
ularning kelajagi porloq degan g`oyani ilgari suradi. U kapital o`sishi bilan 
"quyi sinflar"ning ahvoli yaxshilanadi va ular "yuqori sinflar" safini to`ldirib 
boradi, deb o`ylagan. Sey sanoat to`ntarilishi bilan vujudga kelgan salbiy 
xodisalarni yumshatib ko`rsatishga urindi, o`zining "kompensatsiyalar 
nazariyasi"ni ilgari surdi. Uning tasdiqlashicha, mashinalar birinchi paytda 
ishchilarni ishdan siqib chiqaradi, keyinchalik ular ishchilarning ish bilan 
bandligini oshiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishni arzonlashtirib, ishchilarga 
"eng yuqori foyda" keltiradi. Shunday qilib, Seyning fikricha, kapitalizm 
davrida sanoat to`ntarilishidan hammadan ko`proq ishchilar sinfi manfaatdordir. 
Oqibatda mehnat manfaatlari kapital bilan "garmoniya"da - uyg`unlikda 
bo`lishi "isbotlanadi" (uyg`unlik nazariyasi). 


171 
Takror ishlab chiqarish nazariyasi Seyning eng muhim kashfiyotlaridan 
biri "Sey qonuni", "bozorlar qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi. 
Fiziokratlar merkantilizmni tanqid qilganda shu g`oyadan foydalanganlar. Unda 
shunday fikr keltiriladi: "har bir odam bir vaqtning o`zida ham sotib oluvchi, 
ham sotuvchidir". Kenyening fikricha, hamma sotib olingan narsa sotilgan, 
barcha sotilgan narsa sotib olingan ("Iqtisodiy jadval"ga e'tibor bering) bo`ladi. 
Seyga asoslanib J.M.Keyns esa "taklif shunga mos talabni yaratadi", degan 
fikrni ilgari suradi. Bu fikr Sey g`oyasini chillaka chiqarish uchun o`ylab 
topilgan, chunki u yoki bu tovar alohida-alohida ortiqcha ishlab chiqarishi 
mumkin, vaholanki barcha tovarlar oshiqcha ishlab chiqarishi mumkin emasdir. 
Keyns fikricha, Sey qonunini tan oluvchi barcha mualliflar klassik deb 
atalishi mumkin ekan. Bundan kapitalistik jamiyatning takror ishlab 
chiqarishida "garmoniya" mavjudligi va oqibatda umumiy ortiqcha ishlab 
chiqarish inqirozlari "pritsipda bo`lmasligi" isbotlanadi, ya'ni taklif avtomatik 
ravishda talabni vujudga keltiradi. Bu qonun Maltusning "Nufuz qonuni"ni 
eslatadi (keyinroq ko`rib chiqiladi). Agar barter (mahsulotni mahsulotga 
almashuv - T-T) iqtisodiyoti ko`zda tutilsa, bunda pul faqat hisob birligi 
bo`ladi, unga umumiy talab barcha pulga almashtirilishi kerak bo`lgan tovarlar 
qiymmatiga teng bo`ladi, bunda esa haqiqatan ortiqcha ishlab chiqarish amalda 
mumkin bo`lmay qoladi. M.Blaugning fikricha, "Mahsulotlar mahsulot uchun 
to`lanadi" qoidasi ichki, xuddi shunin-gdek tashqi savdoda qo`llaniladi - bu Sey 
qonuning mohiyatidir. Shunday oddiy bir g`oya iqtisodiyot olamida katta shov-
shuviga sabab bo`ldi. 
Har qanday ishlab chiqarishning o`zi daromadlarni yaratadi va shu 
qiymatga mos ravishda tovarlar sotib olinadi. Iqtisodiyotda umumiy talab 
taklifga teng bo`ladi, faqat ayrim disproporsiyalar vujudga keladi, ya'ni ayrim 
tovarlar ko`proq, boshqalari esa kamroq ishlab chiqariladi. Ammo bu holatdan 
umumiy inqirozlarsiz chiqib ketiladi. Barcha ishlab chiqaruvchilarning asosiy 
manfaati almashuv qimmatida bo`lsa, iste'molchilarda esa bir mahsulotning 
boshqasiga almashuvidir. Pul bu jarayonda vaqtincha faqat vositachilik rolini 
o`ynaydi. Oxir-oqibatda mahsulotlarga mahsulot bilan haq to`lanadi. Bundan 
yana bir xulosa chiqadiki, unda har bir ishlab chiqaruvchi barcha ishlab 
chiqaruvchilar yutug`idan manfaatdordir. 
Agar avvalgi holatda mehnat va kapital o`rtasidagi qarama-qarshiliklar 
yechilgan bo`lsa, endi "manfaatlar garmoniyasi" barcha kapitalistlarga, shahar 
va qishloqlar va hatto butun mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarga ham 
tegishlidir. 
Seyning bu qonunida proteksionalizmga qarshi fikr bildiriladi, chunki 
bu siyosat chet el mahsulotlarini keltirish, ya'ni import va ichki tovarlarni 
sotishga to`siqdir. To`la savdo erkinligi hamda stixiyali tartibga solinuvchi 
kapitalistik ishlab chiqarish Seyning asosiy g`oyasidir. 


172 
Seyning "bozorlar nazariyasi" ko`p munozaralarga sabab bo`ldi, 
haqiqatdan ham ibtidoiy davrda almashuv natural holda olib borilgan, ya'ni 
mahsulot boshqa mahsulotga ma'lum nisbatda almashtirilgan, unda xarid qilish 
va sotish jarayonlari albatta mos kelgan. Ammo eng oddiy tovar muomalasida 
yoki xarid qilish sotishga hamohang bo`lishi shart bo`lmay qoldi, tovarni sotgan 
odam darhol boshqa tovar xarid qilmasligi ham mumkin bo`lib qoldi. Sotish va 
xarid qilish vaqt va makon jihatdan ajralib turadi, shu tufayli inqirozlarga 
abstrakt imkoniyat tug`iladi. Kapitalizm davrida bu imkoniyat haqiqatga 
aylanib qoldi. Dastlabki kuchli iqtisodiy krizis 1825 yilda ro`y berdi va doim 
ma'lum qonuniyatlar asosida takrorlanib turibdi. 
O`z davrida Sismondi, Maltus va J.Mill bu qonun to`g`risida o`z fikr-
mulohazalarini bildirdilar. Bunda kapitalistik xo`jalikda tovarlarning bahosi 
xo`jalik kon'yunkturasiga mos ravishda absolut moslashuv va darhol reaksiya 
qilish xususiyatiga ega deb hisoblanadi. 
Hozirgi davrda ham bu masala bo`yicha iqtisodchilar o`rtasida 
neoklassik yo`nalish bilan keynschilik tarafdorlari orasida munozara davom 
etmoqda (bu haqda quyida gapiriladi). 
"Sey qonuni"ning ijobiy tomoni shundaki, unga ko`ra kapita-lizm o`z 
rivoji davomida o`ziga o`zi bozor yaratadi, kelajagi bor jamiyat deb qaraladi va 
Sismondining kapitalizm rivojiga qarshi fikrini inkor etadi, realizatsiya 
muammosini hal etishda "Uchinchi shaxslar"ga ehtiyoj qolmaydi (bu haqda 
oldingi bobda fikr yuritilgan). Sey argumentlariga asoslanib, burjuaziya 
demokratik davlat apparatini qisqartirish, savdo va sohibkorlik erkinliklari 
to`g`risida progressiv g`oyalar ilgari surildi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling